Myanmadagi jadallashuv
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#263Mart 2023

Myanmadagi jadallashuv

tarkibga qaytish

Fevral oyining boshida Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachev hamda Myanma Bosh vaziri, Davlat ma’muriy kengashi raisi, katta general Min Aung Xlayn Myanmaning eng yirik shahri va sobiq poytaxti Yangonda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni imzoladilar. Bu Myanmada, mamlakat rivojiga hissa qo‘shadigan, yangi sanoatni yaratish yo‘lidagi yana bir qadamdir.

KQAS+

«Mamlakatda sanoatning yangi sohasi yaratilishi, shak-shubhasiz, Myanmaning energetikasi, sanoati va iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Atom texnologiyalari mamlakat uchun barqaror va toza energiyani kafolatlaydi, shuningdek, tabiiy fanlar, ta’lim taraqqiyoti va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni rivojlanishiga kuchli turtki beradi. Biz Myanmaning Rossiya yadro texnologiyalarini afzal ko‘rganini yuqori baholaymiz«, – deb aytdi Aleksey Lixachev marosim davomida.

Kelishuv doirasida Rossiya va Myanma – katta qo‘shma dasturning bir qismi sifatidagi – Myanmada kam quvvatli atom elektr stansiyasini yaratish ustida ish olib boradilar. “Ushbu shartnoma nafaqat kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha hamkorlikning, balki umuman yadro texnologiyalarini turli sohalarda qo‘llashning ham boshlanishidir. Bu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘mak beradi”, – deb ta’kidladi Min Aun Xlayn.

Hamkorlik tarixi

Mamlakatlar aro diplomatik munosabatlar 75 yil muqaddam o‘rnatilib bo‘lgan edi. “Mazkur 75 yil davomida bizning munosabatlarimiz an’naga ko‘ra judayam do‘stona va etimodli bo‘lgan. Shunday bo‘lib kelganki, do‘stligimiz ramzi bo‘lgan, ikki tomonlama hamkorlik ob’ektlarimiz oltmishinchi yillarning boshlarida qurilgan edi, oltmishinchi yillarning ikkinchi yarmida esa bular qatorida – ham texnologiyalar universiteti, ham Yangondagi mehmonxona, ham Taunjidagi kasalxona va Chemautaundagi to‘g‘onlar bo‘lgan”, – deb hikoya qiladi Rossiyaning Myanmadagi elchisi Nikolay Listopadov, o‘zining “Rossiya 24” kanaliga bergan intervyusi davomida qo‘shma loyihalar haqida so‘z yuritar ekan.

Atom – hamkorlikning yangi sohasidir. Myanmaning atom sohasiga bo‘lgan qiziqishi 2010-yillardayoq namoyon bo‘lgan. 2015 yil iyun oyidagi Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ikki mamlakat vakillari atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Asosiy yo‘nalishlar orasida – yadro tibbiyoti, fundamental ilm-fan va radioekologiyaviy tadqiqotlar bor.

2016 yil oktyabr oyida memorandum doirasida tashkil etilgan ishchi guruh o‘zining birinchi uchrashuvini o‘tkazdi. O‘shanda yadro texnologiyalari sohasidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari va mutaxassislarni o‘qitish masalalari muhokama qilingan edi. Ishlar daom etdi va 2022 yilda hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.

2022 yil iyul oyida Moskvada Aleksey Lixachev va Myanma Ilm-fan va texnologiyalar vaziri Mo Teyn Chjo, Min Aun Xlayn ishtirokida, Rosatom hamda Myanma ilm-fan va texnologiyalar vazirligi ikkita o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Hujjatlar atom energetikasi uchun kadrlar tayyorlash va o‘qitish hamda Myanmada atom texnologiyalari haqida jamoatchilikning ijobiy fikrini shakllantirish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Sharqiy iqtisodiy forum davomida Rosatom, Myanma Ilm-fan va texnologiyalar vazirligi hamda Elektrifikatsiya vazirligi atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi 2022-2023 yillar uchun bitimni imzoladilar. Shartnomada kadrlar va imidjga tegishli jihatlardan tashqari, ikki tomonlama me’yoriy-huquqiy bazani kengaytirish va KQAS qurish imkoniyatlari haqida ham so‘z yuritilgan.

Noyabr oyida Myanma bir nechta vazirliklarining vakillari Rossiya universitetlari – Moskva muhandislik fizikasi institutining (MMFI) Milliy tadqiqot yadro universiteti, Moskva eenergetika institutining (MEI) Milliy tadqiqot universiteti imkoniyatlari bilan tanishib chiqdilar, shuningdek, Rosatom Texnika akademiyasiga tashrif buyurishdi. Ma’lum bo‘lishicha, MMFI va MEI bir necha o‘n yillar davomida Myanmalik talabalarga saboq berib, ulardan energetika, mikroelektronika, amaliy matematika va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlab kelar ekanlar.

O‘tgan yili Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan, “Atomekspo” xalqaro forumi arafasida Myanma vakillari Obninskdagi Rosatom korxonalariga tashrif buyurishdi, Sosnoviy bordagi AESda VVER-1200 energiya blokining tahliliy simulyatorini, “G‘or” AES binolarini 3D-namoyishi uchun vizual prototiplash majmuasi va boshqa atom ob’ektlari tomosha qilishdi.

22 noyabr kuni esa, “Atomekspo” forumi mobaynida, “Rusatom Enerdji Prodjekts” hamda Myanma elektrlashtirish vazirligining Elektr-energiyaviy rejalashtirish departamenti Myanmada KQAS qurilishining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslovini yaratish bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladilar.

Yana bir ATAM

2023 yilning 6 fevralida Yangonda atom texnologiyalari axborot markazining (ATAM) ochilishi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Min Aung Xlayn va Aleksey Lixachev, yuqori martabali mehmonlar, shuningdek markazning birinchi mehmonlari – Myanma maktab o‘quvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi. Shu kuni Rossiya va Myanma o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi.

Yangi axborot markazi Myanma aholisini atom texnologiyalari, radiatsiyaviy xavfsizlik va innovatsiyalar sohasida ma’rifatli qilish uchun yaratilgan. Markaz yoshlarning ilmiy mutaxassisliklarga qiziqishini oshirishga ko‘mak beradi va mamlakatda atom sanoatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqishga imkon yaratadi.

Yangondagi markaz axborot markazlari tarmog‘idagi eng zamonaviysi va ilg‘ori bo‘lib qoldi (bu Rosatom uchun 25-markaz va xorijdagi 6-markazdir). Bundagi interaktiv ekspozitsiya noyob eksponatlardan iborat: mehmonlar o‘z bilimlaridan foydalangan holda «kelajak shahri» qurishlari, RITM-200 reaktori qanday ishlashini kuzatishlari, o‘z radioaktivliklarini o‘lchab ko‘rishlari, radiofarm dori-darmonlar va boshqa ko‘p narsalar haqida bilib olishlari mumkin. Markaz zamonaviy videozal bilan jihozlangan. O‘quv filmlarida talabalar va maktab o‘quvchilariga atom qanday tuzilganligi, atom energiyasi qaerdan kelib chiqishi va qay tarzda ajralib chiqishi, AES qanday tuzilganligi va yadro texnologiyalari yana qaerlarda qo‘llanilishi haqida hikoya qilib beriladi.

Axborot markazida yil davomida Myanma ommaviy axborot vositalari va ekspertlar hamjamiyati vakillari uchun seminarlar, Ilm-fan va atom festivali, hamda Myanma universitetlari talabalari uchun rossiyalik MMFI mutaxassislarining ma’ruzalari bo‘lib o‘tadi.