Xitoy bilan aloqalarni mastahkamlash
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#266Iyun 2023

Xitoy bilan aloqalarni mastahkamlash

tarkibga qaytish

Rosatom Xitoy bilan faol biznes muloqotni olib boradi. Aprel oyi oxirida davlat korporatsiyasi CIENPI 2023 XV Xitoy xalqaro atom energetikasi ko’rgazmasida o’z imkoniyatlarini taqdim etdi va bir oy o’tgach, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustinning XXR ga rasmiy tashrifida ishtirok etdi. Ikki mamlakat atomchilari o’rtasidagi hamkorlikning asosiy obyektlari -Xitoyning ikkita AESda Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan to’rtta agregat uchun uskunalar qurish va yaratishdir.

Ko’rgazmada

CIENPI 2023 ko’rgazmasida Rosatom  yirik va kichik quvvatli AESlarni loyihalash va qurish va yadroviy yoqilg’i yaratish sohasidagi o’zining so’nggi ishlanmalarini taqdim etdi. Shunday qilib, TVEL (Rosatomning yoqilg’i divizioni) vakillari “TVS-Kvadrat” (TVS-K) yadro yoqilg’isini ko’rsatdilar. TVS-K jahon bozoridagi yagona yadroviy yoqilg’i bo’lib, u asl PWR reaktor texnologiyasini ishlab chiquvchilardan mutlaqo mustaqildir.

Shuningdek ko’rgazma ishtirokchilari Rosatomning yadroviy va radiasiyaviy xavfli obyektlarni ekspluatasiyadan chiqarish va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash bo’yicha qarorlari bilan tanishdilar. “Rosatom yadro siklining yakuniy bosqichi sohasida o’ziga xos referent texnologik yechimlarga ega bo’lib, unda katta tajriba to’plagan. Xitoy, shuningdek, o’zining atom energetikasi rivojlanishining yuqori dinamikasini hisobga olgan holda ushbu segmentda ilg’or texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi yadro yoqilg’isi siklining yakuniy bosqichidagi strategik hamkorlik jahon atom energetikasi rivojlanishining uzoq muddatli trendlarini belgilaydi”, – dedi TVELning ekspluatasiyadan chiqarish dasturlari direktori Eduard Nikitin.

“Rossiya-Xitoy hamkorligi misli ko’rilmagan yuqori  darajadadir va atom energetikasining barcha sohalarida mustahkamlanishda davom etmoqda. Rossiya – chet elda stansiyalarni qurish bo’yicha jahon yetakchisidir, Xitoy esa – mamlakat ichida AES bloklarini qurish bo’yicha jahon yetakchisidir. Ishonchimiz komilki, Rossiya va Xitoy o’rtasidagi strategik sheriklik jahon atom energetikasini texnologik rivojlanishning tubdan yangi bosqichiga olib chiqadi”, – dedi Boris Arseyev, rivojlanish va xalqaro biznes bo’yicha Blok direktorining o’rinbosari, Rosatomning xalqaro biznes bo’yicha direktori.

Rasmiy tashrif chog’ida

Pekinda Mixail Mishustinning rasmiy tashrifi chog’ida Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachev Chjan Ketszyan bilan uchrashdi. Soha bo’yicha hamkasblar tez neytron reaktorlari va yadro yoqilg’isi sikli tutashuvi sohasida uzoq muddatli hamkorlikning Kompleks dasturi doirasida masalalarni hal qilish yondashuvlarini muhokama qildilar. Eslatib o’tamiz, u joriy yilning 21 mart kuni imzolangan edi. Shuningdek Aleksey Lixachev va Chjan Ketszyan  Rossiya-Xitoy kichik qo’mitasining yadro masalalari bo’yicha navbatdagi yig’ilishini o’tkazishga kelishib oldilar.

Tashrif doirasidagi biznes-forumda Rosatomga tegishli turli korxonalar vakillari ishtirok etdilar. Shunday qilib, “Energetika Rossiya-Xitoy hamkorligining drayveri sifatida” davra suhbatida “Rusatom Oversiz” vodorod energiyasi bo’yicha vise-Prezidenti Anton Moskvin (tijorat vodorod loyihalarini ishlab chiqish bo’yicha Rosatom integratori) Saxalindagi vodorod loyihasi kam uglerodli vodorod ishlab chiqarish va transportirovka kilish sohasida  Rossiya-Xitoy hamkorligi uchun imkoniyatlar ochishini ta’kidladi. TVEL rahbari Natalya Nikipelova Rosatom tomonidan ishlab chiqarilgan “TVS-Kvadrat” yig’ishlarining afzalliklari haqida gapirdi. Va Rosatomning Arktikani rivojlantirish bo’yicha maxsus vakili Vladimir Panov “Rossiya–Xitoy transport hamkorligi: rivojlanish ssenariylari” davra suhbati davomida Rossiya va Xitoy port infratuzilmasi, dengiz logistikasi va kemasozlikni rivojlantirishda hamkorlik qilishi mumkinligini ta`kidladi.

“Tyanvan” va “Syuydapu” da taraqqiyot

“Tyanvan” va “Syuydapu” AESlarida to’rtta blok jadal qurilmoqda va jihozlanmoqda.  May oyining o’rtalarida “Tyanvan” AESning 7-sonli quvvat blokida reaktor binosining ichki himoya qobig’i (VZO) gumbazi germetik qoplamasining  pastki qatlami ko’tarilib,  muntazam joyiga o’rnatildi. Bu diametri 44 metr va og’irligi 391 tonna bo’lgan metall konstruksiyadir. Keyingi bosqich – germetik qoplamaning yuqori qavatini yig’ish va unga umumiy og’irligi 214 tonna bo’lgan uskunalar va quvurlarni o’rnatish.

May oyi oxirida xodimlarni tayyorlash uchun “Tyanvan” AESga trenajyor yuborildi. Trenajyor blok va zaxira boshqaruv pultlarining aniq nusxasidir. Ularda matematik modellashtirish yordamida haqiqiy blokning  normal ekspluatasiyasi turli rejimlarida, shuningdek avariya paytida ish simulyasiya qilinadi.

Mashinasozlik markaziy konstruktorlik byurosi (MMKB, Atomenergomashning bir qismi – Rosatomning mashinasozlik divizioni) uchta aerozolli filtr ishlab chiqardi va “Tyanvan” AESning 7-blokiga  jo’natdi. Ular gazni tozalash tizimida kondensatni yaxshi tozalash uchun kerak. Filtr elementi judayam yupqa shisha tola varaqlaridan qilingan. MMKB  bunday filtrlarni 8-blok uchun ishlab chiqarmoqda. Shuningdek, may oyida MMKB “Syuydapu” AESning 3-bloki uchun to’rtta seolitli filtrlarni (ikkita asosiy va shuncha zaxira filtrlari) ishlab chiqardi va jo’natdi. Ular gaz oqimini chuqur quritish uchun ishlatiladi.

VVER-1200 reaktorlari bilan Rossiya loyihasi bo’yicha quvvat bloklarini qurish aniq jadval bo’yicha davom etmoqda. “Biz atom energetikasi sohasidagi muvaffaqiyatli hamkorligimizni rivojlantirishda davom yetamiz”, – deb izohlaydi Aleksey Bannik,  “ASE” AJning Xitoydagi loyihalar va  istiqbolli loyihalar bo’yicha vise-prezidenti.