«Innoprom»: hamkorlikning yangi ufqlari
tarkibga qaytishAprel oyining oxirlarida Toshkentda “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tib, unda 24 mamlakatdan kelgan, 10 mingdan ortiq mehmonlar ishtirok etdi. Rosatom yadro tibbiyoti, raqamlashtirish, shamol energetikasi va energiyani jamlash sohasidagi ilg‘or texnologiyalar va mahsulotlarni taqdim etdi.
Yadro tibbiyoti onkologik, revmatologik, endokrinologik va boshqa kasalliklarga erta bosqichda tashxis qo‘yish va ularni muvaffaqiyatli davolash imkonini beradi. Rosatom -yod-131, lyutesiy-177, molibden-99, samariy-153 singari tibbiy belgilanishga ega bo‘lgan, izotoplarni dunyodagi beshta eng yirik yetkazib beruvchilaridan biridir. Bundan tashqari, Rosatom nurlantirish va braxiterapiya uchun tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradi, shuningdek, yadro tibbiyoti markazlari, hamda tibbiy buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va sterilizatsiya qilish ko‘p funksiyali markazlarini quradi.
Rosatomning “Innoprom”dagi stendida, sog‘liqni saqlash sohasidagi radiatsion texnologiyalariga bag‘ishlangan, blok alohida o‘rin oldi. Jumladan, stendda taqdim etilgan “Braxium” gamma-terapevtik majmuasi ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Braxiterapiya – radiofaol manba vositasida nurlantirish yo‘li bilan kontakli nurlantirib davolash usuli hisoblanadi. “Ushbu uskuna gamma-terapevtik komplekslarni ishlab chiqarish uchun Rosatomda mavjud bo‘lgan vakolatlarning mantiqiy davomidir. Bu ayni kunda jahon bozorida mavjud bo‘lgan, raqobatdosh ustunliklarga moslashtirilgan mutlaqo yangi modeldir”, – deya gapirib berdi «Rusatom Xelskea» (Rosatom tarkibiga kiradi) rahbari Igor Obrubov, Uza nashriyotiga bergan, o‘zining intervyusida.
“Braxium” kichik tos a’zolari, ko‘krak bezi, qizilo‘ngach, burun-halqum va og‘iz bo‘shlig‘idagi onkologik kasalliklarini – ya’ni tabiiy yo‘llar orqali “qo‘l cho‘zib yetib borish” mumkin bo‘lgan barcha organlarni majmuiy davolash uchun mo‘ljallangan.
“Terapiyaning ma’no-mohiyati quyidagidan iborat: ushbu majmuada kobalt-60 va iridiy radioizotoplariga negizidagi ionlashtiruvchi nurlanishning ikkita manbasidan foydalanadi. Qurilma ichida radiofaol moddalarga ega bo‘lgan idish mavjud. Ushbu zaryadni tashuvchi, kapsulali troschalar tizimi va bemorning tanasiga o‘rnatiladigan aplikatorlar yordamida shish o‘rnashgan joyga, saraton hujayralarini bartaraf qiladigan, nurlanish dozasi yuboriladi”, – deya tushuntirdi Igor Obrubov. Bu jarrohlik aralashuvni talab qilmaydigan kam invaziv usul bo‘lib, shu bilan birga yaxshi terapevtik samaraga ega. Braxiterapiyani davolashning mustaqil usuli sifatida ham, shuningdek boshqa usullar, masalan, jarrohlik bilan uyg‘unlikda ham ishlatiladi.
“Braxium”, xatolik ehtimolini minimallashtiradigan, zamonaviy dozimetrik boshqaruv tizimi bilan jihozlangan, hamda vizual diagnostika, KT va MRT tizimlariga mos keladigan aplikatorlarga ega. Nurlantirib davolashni rejalashtirishning uch o‘lchovli tizimi shishni nurlantirib targetlashtirish uchun uning 3D modelini yaratishga imkon beradi.
“Men ushbu asbob-anjomni birinchi marotaba o‘tgan yilning noyabrb oyida Sochida bo‘lib o‘tgan “Atomekspo-2022” anjumanida ko‘rganman va o‘shanda uning imkoniyatlari meni hayratda qoldirgan edi. Asosiy xususiyatlariga ko‘ra xorijiy muqollaridan qolishmaydi, hamda ushbu uskuna uchdan bir qismga arzonroq”, – deb fikr ulashdi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti (YAFI) direktori Ilxom Sodiqov.
Rossiyadagi to‘rtta klinikada “Baxrium” halitdan o‘rnatilib bo‘lgan. 200 nafar inson davolash kursidan o‘tib bo‘lgan, hamda shifokorlar olingan natijalarni yuqori baholamoqdalar. Yil oxirigacha “Baxrium”ni yana oltita klinikada o‘rnatish rejalashtirilmoqda. “O‘zbekistonda hozirda uskunalarni sotib olish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, savdolashuvlar o‘tkazilmoqda, biz ularda ishtirok etishni rejalashtirmoqdamiz”, – deb ta’kidlaydi Igor Obrubov.
Rosatom shuningdek “Tianoks” apparatini taqdimot etdi. Bu kattalar va bolalarni, shu jumladan prekapillyar o‘pka gipertenziyasi bo‘lgan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni azot oksidi bilan davolash uchun Rossiyaning noyob uskunasidir. “Tianoks” kardiojarrohlikda, reanimatsiyada, neonatologiyada, pulmonologiyada, ginekologiyada va reabilitatsiyada ishlatiladi. Apparatning noyobligi shundaki, ko‘p oksidli ingalatsiyalash azotini sintezi bevosita terapiya o‘tkazilayotgan paytda – xona haroratidagi gaz razryadida amalga oshiriladi. Buning uchun asbob-anjom o‘rnatilgan, xonaning havosidan foydaniladi. Bu ballonlardan voz kechish va bunday davolanishning barcha uchun bemalol bo‘lib qolishini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi.
“Biz O‘zbekistonlik sheriklarimiz bilan sog‘liqni saqlash sohasida qo‘shma loyihalarni: radiofarmasevtika dori-darmonlari va Rosatom uskunalaridan foydalangan holda yadroviy tibbiyot markazlarini rivojlantirishni, hamda tibbiyot xodimlarini tayyorlashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz”, – deb ta’kidladi Igor Obrubov.
Energetika va raqamlashtirish
Rosatomning energetika sohasidagi yechimlari: jumladan, kadrlar tayyorlash uchun trenajyor-simulyator va energetika ob’ektlarining raqamli egizaklari, “Innoprom” tashrifchilari orasida katta qiziqishini uyg‘otdi. Trenajyorlar IEM, IES, DTES, GES va SSER reaktoriga ega AES mutaxassislarining birlamchi tayyorgarligini o‘tkazish imkonini beradi.
Rosatom, shuningdek, yangi raqamli mahsulotni – REPEAT (REal-time Platform for Engineering Automated Technologies) modelga yo‘naltirilgan loyihalash va matematik modellashtirish muhitini namoyish qildi. REPEAT energetika sohasidagi murakkab ob’ektlar va jarayonlarning matematik modellarini yaratishga, shu jumladan raqamli egizaklarni yaratishga, shuningdek, loyihalanayotgan dastgoh-uskunalarning virtual sinovlarini o‘tkazishga imkon beradi. REPEAT yordamida energetika ob’ektlarining samaradorligini oshirish, shuningdek ishlab chiqarish jarayonlari xarajatlarini, hamda ishsiz to‘xtab turish va noxush hodisalar miqdorini kamaytirishga erishish mumkin.
Bundan tashqari, Rosatom Markaziy Osiyodagi sanoat korxonalari uchun ishonchli raqamli infratuzilmani yaratish bo‘yicha xizmatlarni taqdimot etdi. Raqamli ekotizimga murakkab IT-tizimlarni, bulutli va infratuzilmaviy yechimlarni ishlab chiquvchilar va ularning integratorlari, aloqa operatorlari, shuningdek Rossiyadagi eng yirik ma’lumotlar markazlari tarmoqlaridan birining operatori va integratori kiradi. Majmuiy servis ilg‘or texnologiyalar va eng murakkab muhandislik ob’ektlaridan foydalanish yuzasidan ko‘p yillik tajribaga asoslangan.
Rosatom stendiga tashrif buyuruvchilar, shuningdek, Rosatomning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yashil energetikaning turli sohalarida hamkorligi haqida ham bilib olishdi: Rosatom atom generatsiyasidan tashqari, shamol energetikasi, energiyani asrash va GES lar qurilishidagi o‘z yechimlarini taklif qilishga shay.
Rosatom O‘zbekiston bilan bir nechta yo‘nalishda hamkorlik qiladi. Chunonchi, ayni paytda mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini nurlantirish bo‘yicha birinchi ko‘p funksiyali markaz qurilmoqda – unda har xil turdagi mahsulotlar ionlashtiruvchi nurlanish yordamida qayta ishlanadi. U zararli mikroorganizmlarning kimyoviy rishtalarini uzadi va hech qanday qoldiq izlar qoldirmaydi. Bu esa mahsulotlarning iste’mol qilinuvchanlik xususiyatlarini yaxshilaydi, saqlash muddatini oshiradi, tashish paytidagi yo‘qotishlarni kamaytiradi. Bunday usul mutlaqo xavfsiz bo‘lib – bu, masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi agentligi (FAO) va IAEA tomonidan tasdiqlangan. “Ushbu markaz uchun zaruriy jihozlar allaqachon xarid qilinib bo‘lgan. Bu yil biz yer tuzish ishlarini yakunlashga umid qilamiz”, – deb urg‘u berdi Igor Obrubov.