Beshovlon Rosatomga qarshi
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#266Iyun 2023

Beshovlon Rosatomga qarshi

tarkibga qaytish

Yaponiyaning Sapporo shahrida G7 doirasida atom energetikasi bo’yicha bo’lib o’tgan forumda beshta mamlakat atom sanoatida Rossiyaga qarshi turishga kelishib oldilar. Ittifoq beqaror ko’rinadi, chunki yadro yoqilg’isi yetkazib berish zanjiri turli mamlakatlarda joylashgan. Kelishuv tomonlarining sa`y-harakatlari esa ularga va ularning ixtiyoriy yoki majburiy tarafdorlariga ta`sir qiladi, chunki raqobatni cheklash narxlarning oshishiga olib keladi.

Atom sanoatida Rossiyaga qarshi kurashish tendensiyasi davom yetmoqda. “Kanada, Fransiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh yadro yoqilg’isi sohasidagi hamkorlikning potensial yo’nalishlarini aniqlab oldilar, bu mavjud reaktorlar uchun barqaror yoqilg’i ta`minotini saqlashga, kelajakdagi reaktorlar uchun yoqilg’ini ishlab chiqish va joriy etishni ta`minlashga va Rossiya ta`minotiga qaramlikni kamaytirishga yordam beradi”, – deb aytiladi kelishuvda ishtirok etgan mamlakatlar bayonotida.

Ta`minotning beqarorligi

Nima uchun ishtirokchilarning aynan bunday tarkibi? “Ushbu ko’p tomonlama sa`y-harakatlar yadro yoqilg’isining jahon tijorat bozorini yaratish uchun  har bir mamlakatning yadro sohasida mavjud bo’lgan  noyob zaxiralari va imkoniyatlarini aniqlash va ulardan foydalanishga qaratilgan”, –  deyiladi bayonotda.

Bu aslida nimani anglatadi? Bu shuni anglatadiki, ishtirokchi mamlakatlarning hech biri, Rosatomdan farqli o’laroq, yadro yoqilg’isini yaratishning texnologik zanjiridagi barcha xalqalarga ega emas. Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiyada uran qazib olinmaydi, AQShda uni ishlab chiqarish, hech bo’lmaganda hozir, minimaldir. Yaponiya va AQShda hali konversiya yo’q. Kanadada  boyitish quvvatlari yo’q. Kanadadagi CANDU reaktorlari va buyuk Britaniyadagi GCR uchun yig’ishlar PWR reaktorlari uchun mos emas, chunki  Kanada va Britaniya reaktorlari uchun boyitilgan emas, tabiiy uran ishlatiladi  va ular boshqa geometriyaga ega. Va qat`iy aytganda, AQShda hech qanday ishlab chiqarish yo’q, chunki yig’ishlar Shvesiyadagi zavodda ishlab chiqariladi. Shunday qilib, kelishuvda yadro yoqilg’isi segmentida “Frankenshteyn mahluqini” yig’ishga urinish ko’rinadi. Ko’rinishidan, bu shunday bo’lib qoladi, chunki o’z hududida zanjirdagi xalqani  yaratishni yoki imkoni yo’q (Fransiyada yoki Buyuk Britaniyada tabiiy uran qazib olinishi ehtimoli juda kami ) yoki qimmat (masalan, AQShda boyitish quvvatlarining yangisini o’rnatish ).

Ammo, ehtimol, “Frankenshteyn mahluqi”  ifodasi noo’rindir? Axir, ko’plab mamlakatlar o’rtasida taqsimlangan ta’minot zanjiri – bu xalqaro savdo va ishlab chiqarishda odatiy hodisadir.

Tarix shuni ko’rsatadiki, bu “mahluq”da hozirgacha faqat ta`minot zanjirining alohida komponentlari ishlagan. Masalan, Kanadadan AQShga sariq kek yetkazib berish, AQSh va Yaponiya o’rtasida PWR reaktorlari uchun yoqilg’i ishlab chiqarish sohasida hamkorlik (1958 yilda Mitsubishi Metal Corp.  Westinghouse Electric Corp. texnologiyasi bo’yicha sirkalloydan quvurlar ishlab chiqarishni boshladi va h.k.), o’tgan yilning yozida tuzilgan Yaponiya reaktorlaridan sarflangan yadro yoqilg’isini qayta ishlash bo’yicha Fransiya va Yaponiya o’rtasidagi shartnoma va boshqalar. Ammo, agar biz kelishuv tomonlarining har biri kiritiladigan yagona ta’minot zanjiri quriladi deb taxmin qilsak ham, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, u mo’rt bo’ladi, chunki har bir “bo’g’in” nafaqat belgilangan maqsadga intiladi, balki imkon qadar kelishuvning eng yaxshi sharoitlarini o’zi uchun ta’minlaydi.

Zanjir yana bir sababga ko’ra mo’rt bo’ladi – xalqalarning xatti-harakatlari ishonchsizligi va oldindan aytib bo’lmaydiganligi uchun. 1959 yilda AQSh Kanada bilan uran sotib olish bo’yicha shartnomalarni uzaytirmadi. Buyuk Britaniya ham, kamroq uran kerak deb hisoblab ta’minotdan voz kechdi. Va 1974 yilgacha Kanada hukumati uranni davlat zaxirasiga sotib olishga majbur bo’ldi – xaridlar qisqartirilishidan oldin yiliga o’rtacha 500 tonna yiliga 12 ming tonnaga qarshi. Yaqin misol: yomon boshqaruv tufayli Westinghouse bankrot bo’ldi – shunday darajadaki, o’zining majoritar egasini – yapon Toshiba sini g’arq qilishiga oz qoldi, u biznesni qayta qurishga va aktivlarni sotishga majbur bo’ldi. Kontragentlarga nisbatan makkor munosabatning eng so’nggi namunasi – Avstraliyaning Fransiya bilan dizel-elektr suv osti kemalarini qurish bo’yicha shartnomasi bekor qilinishi. Keyin Avstraliya AQSh bilan atom suv osti kemalarini qurish bo’yicha yangi shartnoma imzoladi.

Janubiy Afrikaning Koeberg AES bilanku umuman chigal voqea sodir bo’ldi. Ikkala blok ham  fransuz Framatom reaktor texnologiyalari yordamida qurilgan, yoqilg’ini ham u yetkazib bergan. Biroq, 1990-yillarda  Westinghouse Koeberg ga yoqilg’i yetkazib berishni xohladi. Amerikalik ishlab chiqaruvchining birinchi yoqilg’isi stansiyaga 2000-yilda kelgan. Biroq, 2020-yilda yoqilg’i ta`minoti lisenziyasi muddati tugadi va dekabr oyida JAR va AQSh o’rtasidagi hukumatlararo bitimning amal qilish muddati tugadi. Va uni uzaytirishning iloji bo’lmadi. Lisenziya vaqtincha yangilandi, ammo mavjud vaziyatni barqaror deb atash mumkin emas. Janubiy Afrikalik atomchilar faqat yetkazib berish to’xtamasligiga umid qilishlari mumkin, chunki aks holda stansiya to’xtab qoladi va mamlakatdagi energiya inqirozi elektr uzilishlari bilan yomonlashadi. Bu nafaqat mahalliy aholi, balki mahalliy tog’ – kon korxonalarining g’arblik egalari uchun ham katta muammo. Energiya inqirozi bu yil platina bozorida tanqislikning yomonlashuvi sabablaridan biriga aylandi, chunki JAR uni yetkazib beruvchilardan eng yirigidir.

Narxlar o’sishi

Shartnoma, albatta, ishtirokchi mamlakatlardan yadro yoqilg’isini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchun foydalidir. Ular siyosiy qo’llab-quvvatlash, ehtimol rivojlanish uchun subsidiyalar va yangi shartnomalar olishadi. Ammo bunday shartnomalar yoqilg’i xaridorlari, shu jumladan o’sha ishtirokchi mamlakatlardagi xaridorlar, shuningdek ularning siyosiy izdoshlari uchun foydasiz bo’ladi.

Shunday qilib, joriy yilning birinchi sonida biz Amerika bozorida Rossiya uranining narxi amerikalik ishlab chiqaruvchilarnikidan ikki baravar past va bozor o’rtacha ko’rsatkichidan bir yarim baravar past ekanligini yozgan edik. Rossiya ta’minotidan voz kechish yadroviy yoqilg’ining narxi o’sishini va AQShda atom generatsiyasining raqobatbardoshligi yo’qolishini anglatadi. Albatta, buni AQShda ham tushunadilar, aynan shuning uchun Rosatomning Amerika energetika kompaniyalari bilan pragmatik hamkorligi, ommaviy axborot vositalarida bu boradagi tashvishlarga qaramay, davom etmoqda.

G’arb sotuvchilarining narxi Rossiyanikiga nisbatan ancha balandligi haqida Bolgariyada ham gapirilmoqda. “Belene” AES loyihasining to’xtatilishi va uni potensial rus investorlari ishtirokida davom ettirishning iloji yo’qligi – bu  bolgar soliq to’lovchilarining deyarli 4 milliard yevrosi muzlashi emasmi? Yevropa va Rossiya investorlari yordamida “Belene” AESni qurish narxi qancha bo’lardi? Taxminan 10 milliard yevro. Oldingi parlament ovoz bergan Westinghouse bilan hamkorlikning narxichi, qancha  – taxminan 30 milliard yevro. Farqi aniq… Men necha bora  so’rayapman, biz kimning manfaatini himoya qilyapmiz – Bolgariyaningmi yoki boshqa birovningmi?” – dedi Bolgariya Sosialistik partiyasi Ijroiya byurosi kotibi Borislav Gusanov.

Shunday qilib, narxlarning oshishi bozor va siyosiy mexanizmlarning uyg’unlashuvi bilan bog’liq. Agar jahon bozorining segmentlaridan birida asosiy yetkazib beruvchilardan biriga kirishni cheklab, sun`iy tanqislik yaratilsa, xaridorlar xaridlarni ko’paytiradi va qolgan sotuvchilar raqobatning pasayishi bilan narxlarni ko’taradilar. Va ularni nima ushlab turadi? Butun dunyo 2022 – yilda Rossiyadan yetkazib berishga sanksiyalar kiritilgandan keyin  uglevodorod bozorlarida shunga o’xshash xatti-harakatlarni  kuzatgan. Yadro yoqilg’isi bozorida ham shoshqaloqlik va talabning ortishi kuzatildi. Urenco bosh direktori Boris Shuxtning aytishicha, 2022 yilda buyurtmalar hajmi 24% ga  va 2023 yilning birinchi choragida esa – 10% dan ko’pga oshdi.

Bozorda xatti-harakatlar xususiyatlari

Kelishuvda ishtirok etayotgan davlatlar Rossiyaga qanday qilib halaqit bermoqchi?  “Fuqarolik maqsadlari uchun yadroviy texnologiyalar, uskunalar va materiallarni yetkazib berish milliy qonunlar va qoidalarga, shuningdek xalqaro shartnomalarga bo’ysunadi”, – deya shama qiladi kelishuv mualliflari. Shuningdek, unda  “uchinchi mamlakatlar” ga yetkazib berish ham aytiladi. Va balandparvoz, ammo noaniq bayonotlarsiz ham, bu birinchi navbatda Sharqiy Yevropa mamlakatlari ekanligi tushunarli. Bular Ukraina (fevral oyida Cameco bilan boyitilmagan geksaflorid yetkazib berish bo’yicha o’n yillik shartnoma imzolangan), Bolgariya (aprel oyida Cameco, Urenco va Westinghouse bilan “Kozloduy” AES ga yoqilg’i yetkazib berish bo’yicha shartnomalar imzolangan), Chexiya (mart oyida Westinghouse va ČEZ o’rtasida shartnoma imzolangan).

Biroq, Westinghousening yetkazib berish kelasi yildan boshlanishi haqidagi bayonotlariga qaramay, VVER-440 uchun yoqilg’i segmentida Rosatomga muqobili yo’qligini tushunish kerak. Qolaversa, hatto Amerika kompaniyasi ham uni almashtirish uchun yetti yil kerakligini tan oldi. Shunday qilib, ortiqcha yuklamalar 2030 – yilda  boshlanishi mumkin. Ma`lumot uchun: Amerika kompaniyasiga Ukrainada VVER-1000 uchun TVS sanoat ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun 14 yil kerak bo’ldi (agar biz muqobil yoqilg’i to’g’risida qaror qabul qilishdan birinchi qayta yuklash partiyasini yuklashgacha bo’lgan davrni hisoblasak) yoki 10 yil, agar loyihaning boshidan hisoblasak. TVS xavfsizligiga ta`sir qiluvchi kamchiliklarni tuzatish uchun yana besh yil kerak bo’ldi.

Shuni ham tushunish kerakki, Yevropada VVER-440 reaktorli bloklar 1970-1980- yillarda qurilgan. Bu Rossiya dizaynining juda yaxshi bloklari, ularning resursi uzaytirilgan, ammo u hali ham cheksiz emas. 2030-2045-yillarda bu bloklar ekspluatasiyadan chiqariladi. Shunday qilib, muqobil yoqilg’ini yetkazib berish 5 yildan  15 yilgacha amalga oshirilishi mumkin. Bu vaqt ichida yetkazib beruvchi ishlab chiqarishga qilgan xarajatlarini qoplashi va rejalashtirilgan foydani olishi kerak. Shuning uchun biz faqat siyosiy sabablarga ko’ra yanada jozibali, ishonchli va ishlatish uchun qulay Rossiya yoqilg’isidan voz kechgan iste`molchilarga hamdard bo’lishimiz mumkin.

Eng muhimi, albatta, muqobil yoqilg’ining qanchalik xavfsiz bo’lishi xavotirlantiradi, ayniqsa Rossiyaniki  bilan birgalikda (faol zona qismlar bilan ortiqcha yuklanadi). Ishlab chiqaruvchilar va ekspluatasiyachilar har bir stansiya uchun faol zona parametrlarini qayta hisoblashlari kerak. Bu jarayon oson emas, bunday mutaxassislar kam va xavflar katta. Va avariya sodir bo’lgan taqdirda, ayb muqobil yoqilg’i ishlab chiqaruvchilarda  bo’lishi aniq. Shuning uchun siyosat va bozor raqobati hech qachon yadro xavfsizligidan yuqori bo’lmasligi kerak.

Albatta, Rosatom ittifoqning paydo bo’lishidan yuzaga keladigan xavflarni tushunadi va o’z manfaatlarini himoya qiladi. Shu bilan birga, davlat korporatsiyasi rivojlanmoqda, aloqalar o’rnatmoqda, sheriklik shakllartirmoqda, turli mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirmoqda va kengaytirmoqda, ularga sinovdan o’tgan eng yaxshi yechimlarni taklif qilmoqda, atom energetikasi, noenergetik yadroviy va noyadroviy  segmentlarda “temirda” yangi loyihalar yaratmoqda. Toza va ishonchli AESlar qurmoqda, ular qurilayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga quvvat zaryadi beradi, yadro fanlari markazlarini yaratmoqda va jihozlamoqda, ular asosida tibbiy izotoplar va radiofarpreparatlar ishlab chiqarmoqda, sobiq sanoat obyektlarini zararsizlantirib, atrof-muhit tozaligiga g’amxo’rlik qilmoqda. Bu ushbu sayyora va uning aholisi manfaati uchun normal va to’g’ri ish. Va unga qo’shilishni xohlovchilar ko’p.