Yer ustidagi RITMda
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#268Avgust 2023

Yer ustidagi RITMda

tarkibga qaytish

Rossiyada birinchi kam quvvatli yer usti atom stantsiyasi RITM-200N reaktor qurilmasi bilan jihozlanadi. Uni “OKBM Afrikantov”  ishlab chiqmoqda. U o’zining “ajdodi” – muzyorar RITM-200 dan farq qiladi. Aniq nimada ekanligini tushuntiramiz.

Qisqa xronika

Rossiyada yer yuzidagi birinchi ASMM Yakutiyada qurilmoqda. Rosatom 2018-yilda hudud ma`muriyati bilan o’zaro aloqa va hamkorlik to’g’risidagi bitimni imzoladi. Hujjatga muvofiq,   “OKBM Afrikantov ” va Davlat ixtisoslashtirilgan loyihalashtirish instituti, GSPI (ikkalasi ham Rosatom tarkibiga kiradi) respublika ma`muriyati va mahalliy tashkilotlar yordamida stantsiyani tashkil etish uchun zarur bo’lgan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar kompleksini amalga oshirdi.

2020-yil fevral oyida Yakutiyaning Ust-Yan tumanidagi RITM-200N negizida ASMM qurilishi bo’yicha tajriba loyihasini boshlash to’g’risida farmoyish imzolandi. Loyihaga muvofiq, ASMM tajribasi elektr quvvati 55 MVt bo’lgan bitta energiya blokidan iborat bo’ladi.

2022-yilda “OKBM Afrikantov” RITM-200N reaktor qurilmasi va faol zonaning texnik loyihalarini ishlab chiqishni yakunladi, 2023-yil aprel oyida esa “Rosenergoatom” kontserni ASMMni joylashtirish uchun regulyator (Rostexnadzor) litsenziyasini oldi.

Hozirgi vaqtda “OKBM Afrikantov” va “GSPI” xavfsizlikni asoslash bo’yicha hisobot ishlab chiqmoqdalar va Rostexnadzorning ASMM qurilishi uchun litsenziyasini olish uchun ehtimoliy xavfsizlik tahlillarini amalga oshirmoqdalar. Bundan tashqari, “OKBM Afrikantov” reaktor qurilmasi uchun uskunalar uchun ishchi konstruktorlik hujjatlarini, shuningdek, ishga tushirish va foydalanish hujjatlarini ishlab chiqishni boshladi.

Bunga parallel ravishda me`yoriy bazani takomillashtirish, ASMM bo’yicha standartlashtirilgan hujjatlar ishlab chiqilmoqda, maydonda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Yer usti stansiyasi haqida asosiysi

Yer usti stantsiyasi uchun reaktor qurilmasi prototipi bu – universal atomli muzyorarlari uchun RITM-200 dir. U barcha kerakli hisoblash va tajribaviy asoslarga ega, u ommaviy ishlab chiqariladi va KQAS uchun muhim bo’lgan ixchamlik, yuqori manyovrlik va oz miqdordagi suyuq radioaktiv chiqindilar chiqarish kabi ishlash xususiyatlariga ega. O’rnatishning asosiy xususiyati integral joylashtirishdir.

RITM-200N reaktor qurilmasining sxematik-konstruktiv va tarkibiy yechimlari, iloji boricha, RITM-200 va RITM-200S reaktor qurilmasi bilan bir xil (modernizatsiya qilingan suzuvchi energiya bloklariga o’rnatiladi).

RITM-200N uchun xavfsizlikni ta`minlaydigan tizimlarning ikki kanalli tuzilishi qabul qilingan. Barcha asosiy xavfsizlik funktsiyalari faol tizimlar tomonidan amalga oshiriladi va passiv ishlash printsipi tizimlari tomonidan zaxiralanadi.

Ammo, KQAS yer usti bo’lganligi va Arktikada ishga tushirilishi sababli, RITM-200N ga maxsus texnik yechimlar kiritilmoqda va asoslovchi ITTKI olib borilmoqda. Ularning bir qismi reaktor qurilmasining almashtirilmaydigan uskunasining ishlash muddatini 40 yildan 60 yilgacha oshirishga qaratilgan. Shuningdek, reaktor qurilmasi to’liq quvvatsizlanganda, shu jumladan issiqlik tashuvchisi yo’qotilishi bilan bog’liq avariyalar paytida (Fukusimada bo’lgani kabi) passiv ishlash printsiplari asosida kamida 72 soat davomida xavfsiz holatini ta`minlaydigan xavfsizlik tizimlari yaratilmoqda. Yana bir yechimlar to’plami tashqi tabiiy (zilzila) va texnogen (20 tonna og’irlikdagi samolyotning qulashi) ta`sirlardan himoyani ta`minlaydi.

Birinchi konturda issiqlik tashuvchisi yo’qotilishi bilan bog’liq avariyalarni boshqarish uchun reaktorda signalizatsiya moslamalari o’rnatiladi. Ularning ma`lumotlari avariyalar yuz berganda harakatlarni aniqroq qiladi. Ishga tushirish paytida reaktor korpusining holatini nazorat qilish uchun “namuna-guvohlar” deb nomlangan reaktor korpusi bilan bir xil tarkibdagi po’latdan olingan namunalar –  chiqarib olinishi va yemirilish nazoratidan o’tishi mumkin bo’lgan po’lat namunalari (reaktorning o’zidan farqli o’laroq) qo’llaniladi.

Yer usti RITM-200 da muzyorarga qaraganda bug’ ishlab chiqarish (248 t/s ga qarshi 305 t/s) va quvvat (175 MVt ga qarshi 190 MVt) yuqoriroqdir.

Yoqilg’i haqida

Ritm-200N faol zonasiga faol qismining balandligi 1650 mm bo’lgan 199 ta IAY (issiqlik ajratuvchi yig’ma) yuklanadi. Bu muzyorarlarga nisbatan 45 sm balandroqdir. Yoqilg’i kompozitsiyasi uchun uran bo’yicha boyitish 20% dan kam bo’lgan ko’p uranli metall keramika (muzyorarlarda – intermetallid) dan foydalaniladi. Ushbu xususiyatlar tufayli yer usti KQAS uchun yoqilg’ining energiya manbai muzyorarlarga qaraganda deyarli ikki baravar yuqori (4,5 TVT·s ga qarshi 8 TVT·soat). Yoqilg’i tavsiyanomalarga ega – u allaqachon “Akademik Lomonosov” SEB (suzuvchi energiya bloki) dagi KLT-40S reaktor qurilmasining faol zonasida ishlatiladi. Tvellarning qobiqlari korroziyaga chidamli qotishmadan tayyorlanadi. Tvellarning konstruktsiyasi manyovr sharoitida ishlash uchun mo’ljallangan. KQAS uchun belgilangan yoqilg’ining xizmat qilish muddati muzyorar yoqilg’isiga o’xshab 10 yilni tashkil qiladi.

Rejalar

Rejaga ko’ra, KQAS poydevoriga birinchi beton 2024-yilda quyiladi va foydalanish uchun litsenziya 2027-yilda olinadi. Stansiya 2028-yilda foydalanishga topshirilishi kerak. Yakutiyada KQAS elektr energiyasining asosiy iste`molchilari noyob tuproq va qalay konlarida obyektlarni qazib oluvchi Kyuchus yirik oltin konidagi TKK (tog’- kon kombinati) va quyidagi aholi punktlari – Ust-Kuyga, Deputatskiy, Kazachye va Severniy posyolkalari bo’ladi, deb taxmin qilinadi.