Hayotiy muhim loyiha
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#278Iyun 2024

Hayotiy muhim loyiha

tarkibga qaytish

So‘nggi davrning eng muhim yangiligi –  Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolangani bo‘ldi. Batafsil ushbu nashrning yangiliklarida o‘qing. Butun dunyo boʻylab OAV ushbu voqea haqida ko‘p yozdilar. “Rosatom” axborot byulleteni nashrlarni obzor qildi, shuningdek, ikki davlat hamkorligining boshqa yo‘nalishlari haqida gapirib berdi.

Rossiyalik hamkasbi bilan uchrashuvidan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya bilan erishilgan kelishuvlarning muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

“Dunyoning deyarli barcha yetakchi davlatlari atom energetikasi hisobiga oʻz energiya xavfsizligini va barqaror rivojlanishini taʼminlamoqda. Biz o‘zimizning katta uran zaxiralarimizga egamiz hamda uni uchinchi mamlakatlarga eksport qilmoqdamiz, va biz, agar O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqish istiqbollari haqida o‘ylaydigan boʻlsak, bu loyiha biz uchun juda muhimdir”, — ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Shartnoma imzolanishi haqidagi yangilikni ham rossiyalik, ham oʻzbekistonlik ekspertlar faol sharhladilar. Misol uchun, tarix fanlari doktori, Rossiya TIV MDXAI Xalqaro tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi Aleksandr Knyazev “Nezavisimaya  gazeta”ga bergan intervyusida qo‘shma Rossiya-O‘zbekiston tashabbuslaridan ko‘pchiligi barcha Markaziy Osiyo mamlakatlariga loyihalashtirilishga va bundan-da kengroq mintaqaga ta’sir koʻrsatishga qodirligini ta’kidladi. “Bu, masalan, energetika sohasida yuz beradi, “Rosatom” tomonidan Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli ravishda AES qurilgan taqdirda esa, bu tamoman umumiy taraqqiyot boshqaruvchisiga aylanadi”, – deya taʼkidladi ekspert.

Rossiya KQASning ilk loyihalaridan birini qurish uchun O‘zbekistonni tanlash “mantiqan toʻgʻri ko‘rinadi”, dedi Kept elektr energetikasidagi tahlil guruhi direktori Sergey Rojenko“Vedomosti” nashriga bergan intervyusida. Uning soʻzlariga koʻra, respublikada ham elektr energiyasi, ham gaz taqchilligi kutilmoqda. Sergey Rojenkoning fikricha, atom stansiyasi O‘zbekistonda boshqa energiya manbalariga nisbatan qiymati va muddatlari jihatidan samaraliroq qurilishi mumkin.

«MMFI» MTYU TF Yadro fizikasi va issiqlik fizikasi kafedrasi professori Alisher Sanetullayevning aytishicha, O’zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish uchun tanlangan texnologiya yuqori darajadagi xavfsizlikka ega, u kuchli zilzilaga bardosh bera oladi. O’zbekiston tanlagan stansiyaning quvvati mamlakatning energetika ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo’lmasa-da, bu stansiya atom energetikasini rivojlantirishning boshlanishi bo’lib xizmat qiladi, xalqqa atom energetikasining afzalliklarini ko’rsatadi, ilm-fanning yangi tarmoqlarini boshlaydi.

O‘zbekistonda KQAS qurish bo‘yicha bitim  imzolangani haqida turli mamlakatlarning nashrlari yozishdi. Xo‘sh, Belgiyaning NucNet nashri O‘zbekistonda kichik AES qurish bo‘yicha kelishuvlarning tafsilotlarini batafsil bayon qiladi. “33 millionlik aholiga ega boʻlgan O‘zbekiston atom energetikasiga issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish uchun kam uglerodli energiya manbai sifatida qaramoqda”, deb yozadi nashr. Shuningdek NucNet o‘quvchilarga MAGATE dunyoda ishlab chiqishning turli bosqichlarida 50 taga yaqin kichik modulli reaktor (KMR) loyihalariga ega ekanligini, biroq faqat Rossiyagina bunday reaktorlarni barpo etish boʻyicha haqiqiy tajribaga egaligini eslatib o‘tadi.

Indoneziyaning Bisnisupdate nashri ushbu yangilikni yoritib, ta’kidladi: “Garchi uran ishlab chiqaruvchi Oʻzbekiston va qoʻshni Qozogʻiston anchadan buyon oʻzlarining oʻsib borayotgan iqtisodiyotiga atom elektr stansiyalari zarurligini bayon qilsalarda, hozircha Markaziy Osiyodagi beshta sobiq Sovet respublikalaridan birortasida ham atom elektr stansiyalari mavjud emas”.

Vengriyaning Origo nashri O‘zbekiston Rossiyaning kam quvvatli modulli atom elektr stansiyalari texnologiyasidan foydalanish uchun ovoz bergan birinchi mamlakat ekanligini ta’kidlaydi. “O‘zbekiston 2050-yilga borib ushbu Markaziy Osiyo mamlakatida energiyaga bo‘lgan shu kundagi talab ikki baravar ortishi mumkinligini hisobga olib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish maqsadlariga erishish uchun qazilma yonilg‘iga qaramlikni kamaytirish imkoniyatini ta’minlagan holda energiya ta’minotining ishonchliligini kafolatlash niyatida”, — ta’kidlanadi nashrda.

Mustahkam ishbilarmonlik aloqalari

O‘zbekiston va Rossiya atom sohasidagi turli yo‘nalishlar va yadroviy texnologiyalarni noenergetik tarzda qo‘llashda boʻyicha an’anaviy tarzda yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Chunonchi, may oyida “Rosatom” dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan energetika sohasi vakillarini jamlagan har yilgi O‘zbekiston energetika haftaligida (UEW 2024) ishtirok etdi. “Rosatom” delegatsiyasi Rossiya va jahondagi amalda boʻlgan loyihalar asosida xavfsiz va ishonchli energiyaga o‘tish bo‘yicha orttirgan tajribasini taqdim etdi. “Rosatom”ning xalqaro biznes bo‘yicha direktori Boris Arseyev sessiyalardan birida so‘zga chiqib, past uglerodli manbalarga o‘tishda muvozanatli yechimlarni topish muhimligi haqida gapirdi. «Hamkorlar bilan ishlashda biz tizimni maqbullashtirish uchun barcha generatsiya manbalarini qanday qilib birlashtirishga alohida e’tibor qaratamiz «, – deb ta’kidladi Boris Arseyev. U, yana, O‘zbekistonning so‘nggi bir necha o‘n yil ichida atom sohasida orttirgan ijobiy tajribasiga, shuningdek, yadro texnologiyalarining noenergetik tarzda qo‘llanilishini qamrab oluvchi hamkorlikka e’tibor qaratdi.

Forum doirasida Rosatom, shuningdek, Power Uzbekistan 2024 17-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib, ishlashi bilan to‘ldirilgan voqelik texnologiyasidan foydalangan holda tanishish mumkin boʻlgan yuqori quvvatli atom elektr stansiyalari uchun – VVER-1200 reaktor, shuningdek, kam quvvatli AES maketini taqdim etdi.

Aprel oyida esa “Rosatom”, “Innoprom. Markaziy Osiyo” (Toshkent) xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etib, Markaziy Osiyo davlatlarining energetik suverenitetini ta’minlash uchun kompleks yechimlarni taqdim etdi. Bular qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi texnologiyalar, ortiqcha yuklamalarga bardosh bera oladigan energiya to‘plash tizimlari, yadroviy tibbiyot sohasidagi eng yangi ishlanmalar, –60 dan +65 °С gacha bo‘lgan ekstremal haroratlarda ishlashga qodir bo‘lgan metall kompozitli ballonlardir.

Gidroenergetikaga, xususan, kichik GES larga alohida e’tibor qaratildi. “Rosatom” mutaxassislari gidroenergetika ob’yektlarini amalga oshirishda referent texnologiyalarni, jumladan, uskunalarni konstruksiyalash, loyihalash va butun dunyo bo‘ylab yetkazib berishni taklif qilishga tayyordirlar.