2022: yil yakunlari
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#261Yanvar 2023

2022: yil yakunlari

tarkibga qaytish

O’tgan yili O’zbekistonda davlatdagi birinchi AES qurilishiga tayyorlanib, milliy yadroviy infratuzilmani takomillashtirish bilan shug’ullanishgan. Xususan, Xalqaro yadroviy energiya agentligi (MAGATE) bilan faol ishlar olib borilgan. 2022 yilning asosiy voqealarini eslaymiz.

MAGATE

O’tgan yilda O’zbekiston MAGATE bilan ko’p va samarali hamkorlik qilgan. May oxirida Vena shahridagi MAGATE bosh ofisiga O’zbekiston delegatsiyasi tashrif buyurgan. Delegatsiya a’zolari MAGATE vakillari bilan 2022-2024 yillarda O’zbekiston yadrofiy infratuzilmasini rivojlantirish sohasida Majmuiy hamkorlik rejasini amalga oshirishni muhokama qilganlar. 2021 yilda bo’lib o’tgan INIR-missiya tavsiyalarini bajarish uchun, 2022-2024 yilda O’zbekistonda bir qator tadbirlar o’tkaziladi, ularni amalga oshirish uchun MAGATE 250 ming yevrodan ortiq mablag’larni ajratadi.

Iyun oyining oxirida Toshkentda besh kun davomida «AES ni barpo etish maydonchasida xavfsizlikni baholash va O’zbekistonda yangi yadroviy qurilmani joylashtirish dasturini ko’rib chiqish» nomli SEED missiyasiga tayyorlov amaliy seminari bo’lib o’tdi. SEED — MAGATE ning a’zo davlatlariga yordam ko’rsatish uchun mo’ljallangan, mustaqil ekspertiza o’tkazish bo’yicha majmuiy xizmatlardir.

Sentyabr oyida O’zbekiston delegatsiyasi Vena shahrida MAGATE Bosh konferentsiyasining 66-sessiyasi ishida ishtirok etgan. «O’zatom» Agentligining Bosh direktori Jurabek Mirzamaxmudov MAGATE rahbari Rafael Grossi bilan uchrashdi. Grossi Agentlik O’zbekistonga yadroviy infratuzilmani rivojlantirishda va yadroviy texnologiyalarni turli sohalarga joriy qilishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini qayd etdi. Shuningdek, MAGATE rahbari, Agentlik yadroviy tibbiyotda ishlatiladigan spetsifik jihoz-uskunani ishlashi va unga xizmat ko’rsatish uchun tibbiy mutaxassislarning malakasini oshirishda, O’zbekiston bilan strategik hamkorlikka erishishini aytdi.

Ishbilarmonlik faolligi

Aprel oyining oxirida Toshkentda «Innoprom.Markaziy Osiyo» Xalqaro sanoat ko’rgazmasi bo’lib o’tdi, unda 700 dan ortiq kompaniyalar va biznes-delegatsiyalar ishtirok etgan. Rosatom ham ishbilarmonlik, ham ekspozitsiya dasturida faol ishtirok etib, turli sohalarda – agrosanoat kompleksi va tibbiyotdan to energiya yig’uvchilari sohasidagi samarali yechimlargacha – istiqbolli texnologiyalarni va mahsulotlarni namoyish qilgan. Msalan, Rosatom stendining mehmonlari Ko’p maqsadli Nurlantirish markazining (MTsO) loyihasi bilan tanishganlar, bu loyiha O’zbekistondagi GATTER GROUP kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Bu qishloq xo’jalik mahsulotlarini va tibbiy buyumlarni ionlashtiruvchi nurlanish bilan ishlov berish tizimidir. Markazning ishlab chiqarish quvvatlari yiliga 70 ming tonnadan ortiq sabzavot-meva mahsulotiga va 7 ming tonna tibbiy buyumlarga ishlov berishga mo’ljallangan.

Iyun oyida Toshkentda O’zbekistonning I Energetika forumi (UEF 2022) bo’lib o’tdi, unda Rossiya, O’zbekiston va boshqa davlatlarda tashrif buyurgan olimlar, ekspertlar va biznesmenlar atom energetikasidagi afzalliklar va yangi texnologiyalar haqida, hamda Rosatom korporatsiyasining bu sohadagi kompetentsiyalari haqida suhbat yuritganlar.

Iyul oyining o’rtasida O’zatom» Agentligi, «Kontsern Rosenergoatom» AJ (Rosatom tarkibiga kiradi) va Rosatom Texnikaviy akademiyasi o’rtasida o’zaro bir-birini tushunish haqida Memorandum imzolangan. Tomonlar O’zbekiston o’qituvchilari uchun ta’lim dasturiga, Rossiya AES lariga texnik tur sayohatlarini, hamda Rossiyadagi AES larning o’quv-mashq markazlarida malaka oshirishni tashkil etish va o’tkazishga alohida e’tibor berish haqida kelishib olganlar.

Noyabr oyida O’zbekiston delegatsiyasi «Atomekspo-2022» xalqaro forumida asosiy tadbirlarning ko’pchiligida ishtirok etgan. Bir qator muhim hujjatlar imzolangan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadroviy fizika instituti (YaFI) va Rosatom korporatsiyasining ilmiy divizioni hamkorlik haqidagi bitimni imzoladi: tomonlar birgalikda radiatsion materialshunoslik, ekzotik reaktsiyalarni hisoblash va astrofizika sohasida loyihalarni amalga oshiradi va ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajaradi. Shuningdek, Rosatom va YaFI MBIR reaktori negizida Xalqaro Konsortsiumga qo’shilishning yuridik majburiyat yuklaydigan shartlari to’g’risida bitimni imzoladi. Rosatomning yonilg’i kompaniyasi «TVEL» AJ bilan imzolangan bitim yadroviy ob’ektlarni foydalanishdan chiqarish va chiqindilar bilan muomala qilishga tegishli bo’lgan.

Ijtimoiy faoliyat

Fevral oyida Toshkentda «Russkiy dom» Rosatom va «Uzatom» agentligi bilan birgalikda Pushkin nomidagi 10-maktabning sakkizinchi sinf o’quvchilari uchun ITsAT ga mavzuiy ekskursiyani o’tkazdi. O’quvchilar radiatsiya va atom energetikasi to’g’risida bilim beruvchi videoni ko’rib, musobaqalarda va viktorinalarda ishtirok etganlar, O’zbekistonda quriladigan atom stantsiyasining maketini ko’rib chiqishdi. Shuningdek, markazning xodimlari bolalarga yadroviy texnologiyalarning qishloq xo’jaligida, tibbiyotda va energetikadagi imkoniyatlari to’g’risida gapirib berdi.

May oyining oxirida Toshkentda Rossiyaning Atom energiyasi axborot markazlari tarmog’i (ITsAE), hamda O’zbekiston va Qozog’istonning Atom texnologiyalari axborot markazlari (ITsAT) xodimlari uchun Strategik sessiya bo’lib o’tdi. Tadbir davomida uning ishtirokchilari eng yaxshi tajriba va amaliyotni almashib, axborot markazlari rivojlanishining strategiyasini va birgalikdagi tadbirlarni o’tkazish imkoniyatini muhokama qildi.

Rosatom tomonidan tashkil etilgan baliq ovlash bo’yicha xalqaro chempionatda ishtirok etgan O’zbekiston vakillari, atom stantsiyasi atrof muhitga hech qanday zarar yetkazmasligiga  ishonch hosil qila olganlar. Chempionat Finskiy bo’g’ozida, Rossiyaning eng yirik atom stantsiyalaridan biri – Leningrad AES yaqinida o’tkazildi. O’zbekistonlik havaskor sportchilar bunday musobaqalarda birinchi marta ishtirok etib, «G’alabaga intilish irodasi uchun» nominatsiyasida g’alaba qozonganlar.

Dekabr oyida O’zbekistonda «O’zatom» agentligi va Rosatom ishtirokida tashkil etilgan to’rtinchi yillik «Ilm-fan va atom festivali» bo’lib o’tdi. Uch kun davomida unda 550 ga yaqin maktab o’quvchilari va talabalar ishtirok etgan. Festival uchta maydonchada: NIYaU MIFI Toshkent filialida, Atom texnologiyalari axborot markazida (ITsAT) va Jizzax viloyatining Forish tumani, Uchquloch qishlog’ining 10-son maktabida bo’lib o’tdi. Kvest, «ilmiy jang» g’oliblari, hamda eng faol ishtirokchilar qimmatli sovrinlar bilan taqdirlandi.