Barqarorlik hududi
tarkibga qaytishTurkiyadagi, bir vaqtning o‘zida to‘rtta blok bunyod qilinayotgan, «Akkuyu» AES maydonchasidagi ob’ektlar zilziladan zarar ko‘rmadi. Qurilish davom etmoqda. Loyihada ishtirok etayotgan, kompaniyalar, vayronagarchilikka duchor bo‘lgan, sarhadlardagi xarobalarni ko‘chirib, saranjomlash uchun u yerlarga o‘z odamlari va texnikasini jo‘natdi.
Tabiiy ofat
6 fevral kuni kechasi Turkiyaning janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida, magnitudasi 7,8 ga teng bo‘lgan, bo‘lgan zilzila ro‘y berdi. So‘ngra, Moskva vaqti balan 13:24 da mintaqada, magnitudasi 7,7 ga teng bo‘lgan, ikkkinchi silkinish, bir necha daqiqadan so‘ng esa – magnitudasi 6 ga teng bo‘lgan, uchinchi silkinish qayd qilindi. Mamlakat Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, bu 1939 yildan buyon ro‘y bergan eng qattiq zilzila bo‘lganligini bildirdi.
Zilzila epitsentri, o‘zi ham zilziladan zarar ko‘rgan, Suriya bilan chegaradan 50 km masofada bo‘lgan. 20 fevral ma’lumotlariga ko‘ra Turkiyada 41 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, hamda 100 mingdan ortiq kishi turli tan jarohatlari olgan. Suriyada 5,5 mingdan ortiq kishi halok bo‘lib, 10 mingga yaqin odam jarohatlangan. Turkiyada 7 kunlik motam e’lon qilingan.
Xo‘sh, «Akkuyu»da ahvol qanday?
Qurilish maydonchasida ham MSK-64 ning 12 ballik shkalasi bo‘yicha 3 ball atrofidagi yer osti turkilari sezilib turdi. «Mutaxassislarimiz qurilish konstruksiyalari, kranlar, uskunalarda hech qanday shikastlanishlarni topmadi», – deb ta’kidlaydi «Akkuyu Nuklear» kompaniyasining bosh direktori Anastasiya Zoteeva. Qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.
Seysmik mustahkamlik zaxirasi
Turkiyaning, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Boshqarmasi (AFAD) tomonidan tuzib chiqilgan, zilzilalar bo‘yicha xaritaning ma’lumotlariga ko‘ra «Akkuyu» AES maydonchasi tasniflanishiga ko‘ra eng xavfsiz bo‘lgan – beshinchi darajali seysmik sarhadda joylashgan. Kuzatuvlarning butkul tarixi mobaynida qurilish maydonchasining 50 kilometrlik sarhadida vayronagarchilik keltiruvchi yer qimirlashlari kuzatilmagan. Shunga qaramay, stansiya loyihasida mazkur hududning seysmik xususiyatlari e’tiborga olingan.
«Mintaqadagi zilzilalar va ularga ergashib keladigan ko‘plab aftershoklar va qayta yer qimirlashlarining epitsentrlari eng yirik tektonik tuzilmalar — Sharqiy Anadolu yorig‘i va O‘lik dengiz yorig‘i, ularning tutashuv sohasi bilan bog‘liq. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bosqichi mobaynida seysmik xavfni aniqlashda ushbu hududlar zilzilalar ehtimoliy o‘choqlarining sarhadlari deb qaralgan. Hududlarni seysmiklikka ko‘ra ajratib chiqishning turli modellarida, ular uchun mo‘ljal qilingan maksimal kattalik 8,4, 8,2 va 7,9 deb chamalangan. 6 fevral kuni ro‘y bergan yer qimirlashlarining magnitudalari, seysmik xavflilik bo‘yicha e’tiborga olingan, baholovlar pastroq», – deb xabar beradi «Atomenergoproekt»ning «Akkuyu» AESni loyihalash bo‘yicha direktori Mixail Ivanov.
U yana shuni ham ta’kidlab o‘tdiki, seysmik bardoshlilikning hisobiy asoslovi Rossiyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bo‘lgan – «Vibroseym» MKTI va «Stroitelstvo» ITM tomonidan tekshirib chiqilgan.
AES binolari seysmik ta’sirlarga bardoshli bo‘lishi uchun bu yerdagi g‘ovak tuproqlarni qoyatoshli zamingacha kavlab olib tashlandi va ularning o‘rniga beton to‘shaldi. Maydoncha hududida ikkita, 40 kilometrli yaqin-atrofdagi sarhadda yana 12-ta seysmik stansiyalar joylashgan. Ularda to‘plangan ma’lumotlar Turkiyaning Kandilli Observatoriyasiga va Zilzilalarni tadqiqot qilish institutiga jo‘natib turiladi. «Mabodo monitoring mobaynida ko‘rsatkichlar loyihada ko‘zda tutilganiga nisbatan o‘zgarganligi oshkor bo‘lgan taqdirda, tezkorlik bilan qayta hisob-kitob bajarilib, zarurati bo‘lgan hollarda – u yoki bu konstruksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi», — deb ta’kidlanadi «Akkuyu Nuklear» relizida.
Loyihada qator omillar uyg‘unligining ehtimoli: jahon okeani sathining ko‘tarilishi, shamol ta’sirida to‘lqinlar shakllanishi, suv ko‘tarilib qirg‘oqlarni qoplashi, po‘rtana tomonidan to‘lqin haydalishi, barometrik ta’sirlar va h.k. e’tiborga olingan. Hatto dengiz sathi 8,63 m ko‘tarilgan yoki balandligi 65 m bo‘lgan sunami (bunday sunamining ehtimolligi – 10 ming yilda bir marotabadir) ro‘y bergan taqdirda ham AES muhofazalangan bo‘ladi.
Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 10 ta violoyatda 3 oylik favqulodda holat joriy qildi. Mamlakatga butun dunyodan yordam qo‘lini uzatishmoqda.
«Akkuyu Nuklear» mobilizatsiya bo‘yicha tayyorgarlik, FMvaFH bo‘limi, falokatlarga doir markazlari AFAD bilan hamkorlik qiladi. AES qurilishida mashg‘ul bo‘lgan, kompaniyalar jabr tortganlar uchun issiq kiyim va birinchi navbatda zarur bo‘lgan narsalarni to‘plab, hozirlashni uyushtirishdi. Ushbu kompaniyalarning xodimlari va mahalliy aholi ustki kiyim-bosh, poyabzal, qalin yopinchiqlar, isitgichlar, o‘ranib yotish uchun qopchiqlar va ko‘plab boshqa buyumlar keltirib berishdi. 7 fevralning oqshomidayoq 4 tonnadan ortiq gumanitar yordam olib kelinib, Silifke shahri munitsipalitetiga topshirildi. Shuningdek, AES qurilish maydonchasida hamda «Akkuyu Nuklear»ning Anqara va Moskvadagi ofislarida pul yig‘ish tadbiri ham o‘tkazildi. Silifkedagi Qizil Yarimoy bo‘linmasida va Buyukejelidagi ishchilar shaharchasida donorlik qonini qabul qilish uchun qo‘shimcha nuqtalar ochildi.
«Akkuyu» AES qurilishining pudratchi tashkilotlari xarobalarni kavlash uchun 700 nafardan ortiq odam va 80 ga yaqin texnika: kranlar, totqichlar, ekskavatorlar, o‘zi ag‘dargich mashinalar jo‘natishdi; Adana aeroportiga uchib kelgan shifokorlarni jabrlanganlarning oldiga olib borish uchun 60 dan ortiq avtobus safarbar qilishdi. «Akkuyu» AES yong‘inga qarshi xavfsizlik xizmatining 15 o‘t o‘chiruvchisi Iskenderun bandargohida yong‘inlarni o‘chirishga ko‘mak berdilar.
«Bunday ofatga nisbatan befarq qolishning imkoni yo‘q va biz hamkasabalarimiz hamda qurilishimizning barcha ishchi-xizmatchilari ko‘rsatgan yordamlari uchun ulardan behad minnatdormiz. Har bir soniya o‘ta qadrli bo‘lib turgan sharoitlarda kuch-quvvat va zaxiralar zudlik bilan shaylanadi. Biz, albatta, ko‘rilgan choralar bilangina chegaralanib qolmay, jabr ko‘rganlar uchun imkoni bo‘lgan barcha ko‘makni taxt qilamiz. Biz Turkiya xalqi bilan birga chuqur qayg‘udamiz, hamda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga o‘z ta’ziyamizni bildiramiz, hamda umid qilamizki, xarobalar ostida qolganlarning barchasi tez orada eson-omon qutqarib olinadi», — deydi Anastasiya Zoteeva.