Akkumulyatorlar sanoat miqyosida
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#297Yanvar 2026

Akkumulyatorlar sanoat miqyosida

tarkibga qaytish

2025-yilning oxirida «Rosatom» mamlakatdagi birinchi yirik litiy-ion akkumulyator batareyalarini ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirdi. Yangi korxona yordamida davlat korporatsiyasi Rossiyada va xorijda elektromobillikni rivojlantirish imkoniyatlarini keskin kengaytirdi.

Kaliningrad viloyatida dekabr oyida ishga tushirilgan gigafabrika to‘liq siklli korxonadir. Bu yerda elektrod massalari (pasta) ishlab chiqariladi, bu pastalar folgaga surtilib, elektrod lentalari tayyorlanadi, so‘ngra elektrod lentalari kesiladi va ulardan ma’lum shakldagi elektrodlar kesib olinadi, elektrodlar taxlanib, elektrolit yupqa plitalar shaklida pauch-tipidagi polimer yacheykalarga (inglizcha pouch – «sumka,» «qop») quyiladi va ulardan modullar yig‘iladi. Yakuniy bosqich – litiy-ion batareyalarini yig‘ish va ularni termostatlash, nazorat qilish va boshqarish tizimlari bilan jihozlashdir. Zavoddagi jarayonlarning qariyb 90 foizi avtomatik tarzda bajariladi, bu esa sekundiga bitta yacheyka ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yaratilish tarixi

«Rosatom» mutaxassislari gigafabrika uchun maydonchani 30 ta variant orasidan tanlab olishdi. Kaliningrad viloyati biznes yuritish uchun imtiyozli sharoitlar tufayli eng jozibador hudud bo‘lib chiqdi. Qurilish shartnomasi 2021-yil sentyabr oyida imzolandi, qurilish ishlari 2022-yil oktyabr oyida boshlandi, muhandislik tarmoqlarini qurish 2025-yil yozida, ishlab chiqarish liniyalarini o‘rnatish esa kuzda boshlandi.

Hozircha korxona tajriba-sanoat rejimida ishlamoqda. Bu bosqichda texnologik tizimlar va ishlab chiqarish liniyalari sozlanadi. Gigafabrika 2026-yilda sanoat ekspluatatsiyasiga topshirilishi rejalashtirilgan.

«Rosatom» ikkinchi shunday gigafabrikani Moskvada qurmoqda.

O‘zimiz uchun…

«Kaliningrad gigafabrikasining ishga tushirilishi Rossiya uchun sanoat yutug‘i va milliy texnologik suverenitet poydevoriga qo‘shilgan ulkan hissadir. Energiya to‘plovchi akkumulyatorlar»Rosatom»ning yadroviy bo‘lmagan yangi bizneslari portfelidagi to‘liq texnologiya bo‘lib, ishlab chiqarishning to‘liq zanjiri va mahsulot ekotizimlarini shakllantirish imkonini beradi», – dedi «Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachev ochilish marosimida. – «Bu tabiiy xom ashyoni qazib olishdan tortib, ishlatilgan batareyalarni utilizatsiya qilishgacha bo‘lgan litiy mahsulotlarini ishlab chiqarish zanjiri va «Elektromobillik» yangi biznes yo‘nalishi bo‘yicha sanoat kooperatsiyasidir».

Rossiyaning birinchi yirik akkumulyator ishlab chiqaruvchisining paydo bo‘lishi, import bilan bog‘liq xavflarning yo‘qligi tufayli, Rossiya elektromobillarini ishlab chiqarishni yanada barqarorlashtiradi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni o‘zingiz amalga oshirsangiz texnologiyalarni takomillashtirish, innovatsiyalarni joriy etish mumkin. Masalan, Rossiya olimlari va muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan yangi katod va anod materiallari hamda elektrolitlarni sinab ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi.

…va xorijiy hamkorlar uchun

Gigafabrikaning ishga tushirilishi «Rosatom»ning xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Akkumulyator segmentida Belarus bilan eng yaqin aloqaga egamiz. Shunday qilib, 2025-yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Jahon atom haftaligida «Rosatom» Belarusning yer usti shahar elektr transporti ishlab chiqaruvchisi BKM Holding (kompaniya «Belkommunmash» nomi bilan ham tanilgan) bilan tortish akkumulyator batareyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi. Yo‘l xaritasida BKM Holding tomonidan ishlab chiqarilgan elektrobuslar uchun «Rosatom» litiy-ion batareyalarini yetkazib berish rejalashtirilgan. Shuningdek, hujjat Belarusda tortish batareyalarini yig‘ishni tashkil etishni nazarda tutadi.

Yo‘l xaritasi – hamkorlar o‘rtasidagi aloqalar va hamkorligining  ning davomidir. 2022-yilda «Rosatom» BKM Holding tomonidan ishlab chiqarilgan 97 ta trolleybus uchun litiy-ion batareyalarini yetkazib berdi, ular hozirda Sankt-Peterburgda yo‘lovchilarni tashimoqda.

yiliga 4 GVt·soat

gigafabrikaning unumdorligi soat (elektromobillar uchun 50 mingta tortish akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarishga teng)

Tizimli yondashuv

«Rosatom» Rossiyada elektromobillikni izchil va tizimli ravishda rivojlantirmoqda. Davlat korporatsiyasi elektr zaryadlash stansiyalarini (EZS) ishlab chiqaradi va EZS tarmog‘ining operatori hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, ushbu tarmoq yashil sertifikatlar bilan ta’minlangan, yani tarmoqqa Rossiya atom elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan uglerodsiz elektr energiyasi yetkazib beriladi. «Rosatom» EZS tarmog‘i foydalanuvchilari elektromobilni zaryadlaydigan elektr energiyasi «generatordan to‘pponchagacha» uglerodsiz ekanligiga ishonch hosil qilishlari mumkin. Shuningdek, «Rosatom» Lipetsk viloyatida elektr dvigatel, reduktor va invertor tarkibidagi tortish elektr yuritmalarini ishlab chiqarish korxonasini qurish loyihasini amalga oshirmoqda. Nihoyat, «Rosatom» akkumulyator kimyosi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga va yangi batareya texnologiyalarini yaratishga ko‘maklashmoqda.