Atom muqobiliga ega emas
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#267Iyul 2023

Atom muqobiliga ega emas

tarkibga qaytish

Mamlakatda birinchi AES loyihasi amalga oshirilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, atom energetikasi O’zbekistonga barqaror va ekologik toza energiya tizimini barpo etish uchun zarur. Bundan tashqari, Toshkent radiatsiya texnologiyalarini qo’llashning boshqa sohalarini ham rivojlantirmoqda.

Iyun oyida Samarqandda “Rusatom Xelskea” AJ ( Rosatom tarkibiga kiradi), Yevroosiyo tegishli amaliyotlar Akademiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi dori vositalari, tibbiyotga oid buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi bo’lib o’tdi.

Tomonlar EOII hududida dori vositalari va farmatsevtika substansiyalarining xavfsizligi, samaradorligi va sifatini ta`minlash sohasida uzoq muddatli, samarali va o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. Xususan, ilmiy, amaliy va ta`limiy loyihalarda birgalikda ishtirok etish rejalashtirilgan.

“Dori vositalari, tibbiyotga oid buyumlar va tibbiy asbob-uskunalarning sifati, xavfsizligi va samaradorligi biz uchun ustuvor vazifadir. Va biz rossiyalik hamkasblar bilan hamkorlikni mustahkamlash, dori xavfsizligini ta`minlash va fuqarolarimizning hayot sifatini oshirishdan juda manfaatdormiz”, – deb ta`kidladi markaz direktori Mirzohid Qodirov.

“Rusatom Xelskea” AJ rahbari Igor Obrubov Rosatom sog’liqni saqlash sohasida keng qamrovli taklif – izotoplar va radiofarmpreparatlar, yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish, tibbiy infratuzilma obyektlarini yaratish, tibbiyotga oid buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlarini ionlashtiruvchi nurlanish bilan qayta ishlashni taqdim etishi haqida gapirdi.

Ko’p maqsadli ishlov berish amalga oshiriladigan bunday ishlov berish markazi (KMIM) loyihasi ham O’zbekistonda Rosatom ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Yaqin kelajakda mamlakatda o’z atom stansiyasi paydo bo’ladi. 2017 yilda Rossiya va O’zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi o’zbek AESi qurilishi to’g’risida bitim imzoladilar. Stantsiya umumiy quvvati 2400 MVt bo’lgan SSER-1200 reaktorli ikkita energiya blokini o’z ichiga oladi. Atom elektr stantsiyasi mamlakatning janubi-sharqida joylashgan bo’ladi. 2019 yilda O’zbekiston maydon tanlash jarayonini boshladi va seysmologik, gidrologik, meteorologik va ekologik parametrlar to’g’risidagi ma`lumotlarni to’plash uchun monitoring stansiyasini tashkil etdi. Joriy yilning yanvar oyida mamlakatda MAGATE ning besh kunlik missiyasi bo’lib o’tdi: birinchi atom elektr stantsiyasi maydonini baholash uchun xavfsizlikni ta`minlash jarayonlari tahlil qilindi.

Mutaxassislar atom energetikasi O’zbekistonga “yashil” tamoyillarga mos keladigan barqaror energiya tizimini yaratish uchun zarurligiga aminlar. “Ma`no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev nuz.uz nashriga bergan intervyusida mamlakatimizda elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiya qilish, elektr energiyasini ishlab chiqarishning asosiy manbai sifatida tabiiy gazga bog’liqlikni kamaytirish va bu borada yangi usullar izlash zarurligini ta`kidladi. Ulardan biri qayta tiklanadigan energiya manbalarini (QTEM) rivojlantirishdir: bitta quyosh elektr stantsiyasi allaqachon ishlamoqda, yana bir nechtasini ishga tushirish rejada bor. Biroq, QTEMlarining kamchiliklari – ularning ob-havo sharoiti va kunning vaqtiga bog’liqligi va elektr energiyasini yetkazib berishning beqarorligi, chunki zamonaviy akkumulyatorlarning quvvati barqarorlikni ta`minlash uchun hali ham etarli emas.

Baxtiyor Ergashev “yashil” tamoyillarni asta-sekin joriy etish kerak, deb hisoblaydi, chunki ular elektr energiyasi narxining oshishiga olib keladi. Dekarbonizatsiya bilan haddan tashqari qiziqish iqtisodiyotning jiddiy energiya iste`moliga bog’liq bo’lgan ko’plab tarmoqlarini elektr energiyasi narxi past bo’lgan boshqa mamlakatlardagi raqobatchilarga nisbatan kamroq raqobatbardosh bo’lishiga olib keladi.

“Eng maqbul variant – atom energetikasini yana bir doimiy va ishonchli kam uglerodli energiya manbai sifatida rivojlantirish. Uning rivojlanishi O’zbekiston energetikasining tabiiy gazga bog’liqligini kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, O’zbekistonning uran qazib olish quvvatiga egaligi, ya`ni bu borada boshqa davlatlarga qaram emasligidan kelib chiqish kerak.”, – deb ta`kidladi ekspert.

Ergashev 2030-yilga kelib sanoat va o’sib borayotgan O’zbekiston aholisi uchun elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyoj kamida 110 mlrd kVt-soat bo’lishini eslatdi. Shu bilan birga, zamonaviy ishlab chiqarish 70-73 mlrd kVt-soatni tahkil etadi. Ekspertning fikricha, O’zbekistonning o’sib borayotgan energiya tanqisligini faqat QTEM quvvati hisobiga qondirish mumkin bo’lmaydi.  “O’zbekistonda “yashil” energetikaning eng muhim elementi atom energetikasi bo’lishi mumkin edi. Mutaxassis sifatida men ushbu variantning muqobili yo’q deb hisoblayman. Atom energetikasiga asoslangan elektr generatsiyani rivojlantirish, mening fikrimcha, O’zbekiston energetika tizimining barqaror faoliyatini ta`minlaydigan yagona yo’ldir», – deya xulosa qildi. Baxtiyor Ergashev.