PXIFda imzolangan
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#267Iyul 2023

PXIFda imzolangan

tarkibga qaytish

Iyun oyi o’rtalarida bo’lib o’tgan Peterburg xalqaro iqtisodiyot forumida Rosatom o’zi va Rossiya uchun muhim bo’lgan bir qator bitimlar imzoladi. Ularning xilma-xilligi va miqdori Rossiya atom tarmog’ining texnologiyalari va amaliyotlariga bo’lgan xalqaro qiziqishni tasdiqlaydi.

ShDYo (Shimoliy dengiz yoli) uchun

Eng muhim narsalardan biri – bu DP World global kompaniyasi bilan yuk tashish va Yevroosiyo transport logistikasini rivojlantirish haqidagi bitim. Hujjat 2021-yil 23-iyulda “Arktika kunlari” xalqaro forumida imzolangan bitimni mustahkamlaydi va takomillashtiradi.

Mana o’sha – bir o’q bilan, ya`ni bir byudjetli investitsiya bilan ikki quyonni, aslida esa ikki yirik ayiqni o’ldirish mumkin bo’lgan hodisa. Ya`ni “sharqni yoymoq” (sharqqa yo’nalish-“SR”) va shu bilan birga xalqaro tranzit uchun qulay, ko’rkam sharoitlar yaratish – kompaniyalarimizning manfaatidir”, – dedi Rosatom direktori Aleksey Lixachyov “Rossiya-24” telekenelidagi intervyusida.

DP World rahbari Sulton Ahmad bin Sulayemning aytishicha, Birlashgan Arab Amirliklarining transport kompaniyalari davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikdan manfaatdordirlar. Sabablar tushunarli: bir tomondan G’arb va Sharq orasidagi logistik zanjirlarning uzilishi kuzatilmoqda, shuning uchun Suvaysh kanali ishidagi hatto kichik kechikishlar ham yetkazishlarning global darajadagi uzilishlariga olib keladi. Boshqa tomondan, oxirgi 60 yil ichida ShDYodan boshqa yangi yo’nalishlar paydo bo’lmadi. Va u London – Tokio yo’nalishida yuklarni yetkazish vaqtini va tannarxini qisqartirishga imkon berganligi sababli muhim ustunluklarga egadir.

Bundan tashqari, Rosatom Rossiyaning “TSS Grup” kompaniyasi bilan xorijiy bozorlar uchun kamida 100 MVt quvvatga ega va 60 yilgacha xizmat qiladigan bir qator suzuvchi energiya bloklarini qurishni ta`minlaydigan qo’shma korxona tashkil etishga kelishib oldi. Maqsaddagi bozorlar – yaqin Sharq, Janubi – Sharqiy Osiyo va Afrika mamlakatlari. Shartnoma doiraviydir, qonuniy va moliyaviy jihatdan majburiy hujjatlar keyinchalik imzolanadi. Bloklar 2029-2036- yillarda foydalanishga topshirilishi taxmin qilinmoqda.

Toza energetika

“NovaVind”  (Rosatomning shamol energetikasi divizioni) Myanma elektrifikatsiya vazirligi va Myanmaning Primus Advanced Technologies Ltd kompaniyasi bilan umumiy quvvati 172 MVt bo’lgan shamol parklarini qurishga qaratilgan loyihadan oldingi texnikaviy va iqtisodiy izlanishlarni boshlash to’g’risida memorandum imzoladi. Izlanishlar shamol o’lchovlarini o’tkazish va Minxla okrugida 116 MVt va Mindon okrugida 56 MVt quvvatga ega bo’lgan ShES uchun loyiha hujjatlarini tayyorlashni o’z ichiga oladi.  “Biz Rosatom bilan shamol parklaridan elektr energiyasini milliy elektr tarmog’iga yetkazib berish va Myanma xalqiga ikki kompaniyaning qo’shma investitsiyalaridan foyda keltirish uchun hamkorlik qilamiz”, – dedi Primus Advanced Technologies boshqaruvchi direktori U Kyau Xla Vin.

Shunga o’xshash memorandumni “NovaVind” Myanma elektrifikatsiya vazirligi va Myanmaning Zeya & Associates kompaniyasi bilan imzoladi. U Markaziy Myanmaning Mandalay mintaqasidagi Kyaukpadaunge va Nyaung-U posyolkalarida 200 MVt quvvatga ega shamol parkini qurishga tegishli. “Bugun biz shamol energetikasi doirasidagi loyihalarni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatni ochishga birinchi qadam bo’lib xizmat qiladigan ikkita memorandumni imzoladik. Myanma elektrifikatsiya vazirligining qo’llab-quvvatlashini juda qadrlayman. Shu tufayli mamlakat toza energiya manbaiga va shu bilan birga ish joylari va kasblari bo’lgan butun sanoat klasteriga ega bo’ladi”, – dedi “NovaVind” bosh direktori Grigoriy Nazarov imzolash jarayonida.

Shuningdek, “Rusatom Xalqaro tarmoq” va Mo’g’ulistonning Dayan Deerkh Energy kompaniyasi atom, gidro va shamol energetikasi sohasida hamkorlik to’g’risida strategik bitim imzoladilar. Shartnomada yadroviy tibbiyot, kompozit materiallar va shahar infratuzilmasi uchun raqamli yechimlar sohasidagi energetik bo’lmagan loyihalar ham eslatib o’tilgan. Dayan Deerkh Energy bosh direktori Byambaa Munxbaatar ta`kidlaganidek, jahon yetakchisi vakolatiga ega bo’lgan Rossiyalik hamkorlar bilan keng ko’lamli hamkorlik Mo’g’ulistonning “Yangi Tiklanish Siyosati” ga muvofiq milliy rivojlanish masalalarini kompleks hal qilishga yordam beradi.

Zeya & Associates bilan sog’liqni saqlashdagi loyihalar bo’yicha batafsil ma`lumotni “Tibbiy urg’uli Rosatom” da ko’ring.

Umuman olganda, Rosatom Rossiyalik va xorijiy sheriklar bilan PXIFda o’ttizga yaqin turli xil bitimlarni imzoladi. “Xalqaro munosabatlar hech qachon oson bo’lmagan, ammo bu atom energetikasining oldinga siljishiga to’sqinlik qilmagan. Endi bosim kuchayib, haddan tashqari shakllarga o’tdi, bizning sheriklarimizga kamroq samarali va qimmatroq yechimlar majburiy tarzda yuklanmoqda. Ammo qarang: Xitoy va Hindistonda atom energetikasi jadal rivojlanmoqda. Atom klubiga yangi mamlakatlar qo’shilmoqda. Myanma, Qirg’iziston, Shri-Lanka bu yil biz bilan energiya quvvatlarini yaratish bo’yicha qonuniy kelishuvlarga erishmoqchi. Biz milliy manfaatlari siyosiy ko’rsatmalardan muhimroq bo’lganlar bilan ishlaymiz,  munosabatlarni mustahkamlaymiz <…> Dunyo atom oilasi birgalikda yashashni va ishlashni, sayyorani toza qiladigan yangi mahsulotlarni taklif qilishni davom ettirmoqda”, – deya yakunladi Rosatom bosh direktori.

Darvoqe

ShDYo bo’yicha yuk tashish – bu nafaqat qog’ozdagi bitim, balki suvdagi muayyan reyslar hamdir. Shunday qilib, 7-iyul kuni NEWNEW POLAR BEAR konteyner tashuvchisi Sankt Peterburgdan birinchi reysga chiqdi.  Bu Hainan Yangpu Newnew Shipping Co dengiz yuk tashuvchisi va Torgmoll yuk agenti tomonlaridan yo’lga qo’yilgan muayyan reyslar seriyasidan birinchisidir. Kuchaytirilgan muz sinfi kemasi NEWNEW POLAR BEARning bortida Rossiyada ishlab chiqarilgan tovarlardir.  Asosan – Rossiyaning Shimoli – G’arbida joylashgan yog’ochni qayta ishlash korxonalariniki. Reysning taxminiy vaqti – 28 kun atrofida, aniq vaqt muz sharoitlariga bog’liqdir. Nima bo’lganda ham, bu Suvaysh kanali orqali 45 – 50 kun ketadigan marshrutdan taxminan bir yarim baravar tezroqdir. “GlavSevmorputi” (Rosatomga kiradi) dengiz operatsiyalari shtabi  tashishlarda information-navigatsion hamrohlikni ta`minlaydi. Bundan tashqari, zarurat tug’ilganda atom muzyorarlari konteyner tashuvchilarga hamrohlik qiladi.