Rossiya uchun Boliviya litiysi
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#267Iyul 2023

Rossiya uchun Boliviya litiysi

tarkibga qaytish

Iyun oyi oxirida “Uranium Uan Grup” (Rosatom tarkibiga kiradi) Boliviyaning Yacimientos de Litio Bolivianos (YBL) davlat kompaniyasi bilan Boliviyaning Potosi departamentida litiy karbonati qazib olish va ishlab chiqarish bo’yicha sanoat majmuasini qurish haqida doiraviy bitim imzoladi.  Litiyli to’plagich segmentiga chiqish bo’yicha keng ko’lamdagi rejalarni amalga oshirayotgan Rosatom uchun bu litiy qazib olish bo’yicha birinchi keng ko’lamli chet el loyihasidir.

Tanlov

Bitim – YLB 2021-yilning 30-aprelida e`lon qilgan litiyni to’g’ridan to’g’ri sorbtsion chiqarish bo’yicha texnologiyalar tanlovi yakuni. Tanlovda turli davlatlardan 20 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdilar. Ular chiqarib olish texnologiyalarini namoyish etish uchun Boliviyaning taniqli gidromineral konlaridan (salarlaridan) – Uyuni, Pastos Grandes, Koypasadan  tuz eritmalari oldilar.  Texnologiyalar tadqiqoti natijalarining texnik hisobotlari rejalashitirilayotgan loyihalarning litiyni turli tarkibli foydali tarkibiy qism va aralashmali tuz eritmalaridan sorbtsion chiqarish texnologiyalarini samaradorligini, moliya va iqtisodiy, yuridik va ekologik parametrlarini baholagan tanlov komissiyasiga topshirildi.

Qatnashchilar texnologiya xususiyatlarini namoyish etdilar: operatsiyalar ketma-ketligi, uskunalar ish tartibi, texnologik jarayon parametrlari va boshqalar. Rossiya texnologiyasi maxsus sorbent tufayli 90% litiyni chiqarishni ko’rsatdi.  Unda agressiv kimyoviy birikmalar ishlatilmaydi, desorbtsiya uchun chuchuk suv qo’llaniladi. Litiy chiqarib olingandan keyin boshqa dastlabki tarkibiy qismlar saqlanib qoladigan tuz eritmasi salarga qaytariladi. Texnologik jarayon suvni davriy ishlatishini ko’zlaydi, shuning uchun uning ishlatilishi minimaldir va salarning va uning yon-atrofidagi hududlarning suv balansiga ta`sir qilmaydi. Nihoyat, texnologik jarayon toliq avtomatlashtirilgan.

2022-yilning iyunida asosiy bosqich tugatilgan edi. Finalga oltita kompaniya chiqdi. YLB ular orasida to’rttasini – Rossiya, Amerika va ikkita Xitoyni kompaniyasini ajratdi. 2023-yilning yanvarida YLB CATL, BRUNP va CMOC kompaniyalari kiruvchi Xitoy CBC konsorsiumi bilan Uyuni va Koypasa salarlarida litiy karbonati ishlab chiqarish bo’yicha sanoat majmuasi qurish bo’yicha doiraviy bitim imzoladi. Tanlov qatnashchilari bilan muzokaralar davom etdi, ularning natijasiga ko’ra YLB “Uranium Uan Grup” va Xitoyning CITIC Guoan kompaniyalari bilan bitim imzolandi.

Biz bugun imzolagan bitim, katta loyiha amalga oshirish uchun eshiklarni ochadi. Rossiyaning zamonaviy texnologiyalarini qo’llash tufayli loyihani amalga oshirish Boliviyaning tabiiy boyliklarini davlat rivojlanishi va Boliviya xalqi manfaati uchun tejab ishlatishni ta`minlaydi”, – dedi marosimda Lithium One Bolivia (Uranium One Boliviya sho`ba korxonasi) kompaniyasi direktori Xorxe Alberto Roka Kauffman.

Bo’lg’usi loyiha

Rossiya kompaniyasi bilan imzolangan bitim dengiz sathidan 4600 metr balandlikda, And tog’larida joylashgan Pastos Grandes salari negizida yiliga 25 ming tonna  karbonat litiysi ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutadi. Loyihaga investitsiyalar hajmi 600 million dollarni tashkil etadi. Geologiya-qidiruv ishlari natijalariga ko’ra korxona quvvati oshirilishi mumkin.

Biz Boliviya tomonining birinchi bosqichni erta joriy etish va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni boshlashdan manfaatdorligini qo’shilamiz. Bundan tashqari, Rosatom malakali kadrlar tayyorlashni ta`minlaydi”, – dedi bosh direktorning birinchi o’rinbosari – davlat korporatsiyasining Rivojlanish va xalqaro biznes bloki direktori Kirill Komarov.

Hamkorlikni davom ettirish

Pastos Grandes salarining o’zlashtirilishi Rosatom va Boliviyaning ikkinchi yirik qo’shma loyihasidir. Birinchisi, El Alto shahridagi yadro tadqiqotlari va texnologiyalari markazi (YTTM). YTTM Boliviya klinikalari uchun birinchi radiofarmpreparatlarni ishlab chiqardi va yetkazib berdi.  Klinikadan oldingi siklotron-radiofarmakologik kompleks yiliga 5000 dan ortiq bemorni ko’rikdan o’tkazish orqali Boliviyani yadroviy tibbiyot uchun radiofarmpreparatlar bilan to’liq ta`minlashga imkon beradi. “Biz ishonchli sheriklarmiz: siyosiy murakkabliklar ham, pandemiya to’siqlari ham bizning kelishuvlarimizga muvofiq Yadro fanlari va texnologiyalari markazi loyihasini amalga oshirishga to’sqinlik qilmadi”, – deya izoh berdi Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachyov.

To’plagichlar uchun litiy

Boliviya litiysi akkumulyator segmentini rivojlantirish uchun kerak. Rosatom bu yo’nalishni metall qazib olishdan tortib elektr transport va elektr energetika ehtiyojlari uchun elektr energiyasini to’plash tizimlarigacha rivojlantiradi. “Rosatomga litiy nega kerak? Biz undan katta ishlab chiqarish zanjirida foydalanishni rejalashtirganmiz va foydalanamiz. Biz sanoat va transport maqsadlari uchun energiya to’plagichlar yig’uvchi ishlab chiqarishni boshlaganmiz. Kaliningradda zavod qurilishi davom etmoqda, to’plagichlar va batareyalar hajmini – birinchi navbatda transport uchun –   ishlab chiqarishni ko’paytirish bo’yicha ko’p rejalar bor”, – dedi Aleksey Lixachyov. Yangi ishlab chiqarish Boliviya uchun ham foydali: davlat “litiylik uchburchak” ka (uni litiyning yirik zahiralariga ega Boliviya, Argentina va Chili tashkil qiladi)  kirsa ham, va uning ulushi dunyo zahirasining 21,4% ni tashkil etsa ham, litiyning sanoat ishlab chiqarilishi u yerda olib borilmaydi.

Litiyning eng yirik ishlab chiqaruvchilari 

Avstraliya (55%)

Chili (26%)

Hitoy (14%)

Argentina (6%).