O’z-o’zini qoplashga yo’naltirishe
tarkibga qaytish2023 yilda atom bozoridagi moyilliklar haqidagi birinchi suhbatni biz xoteli nachat s obzora «Qizil kitob» – OESR Yadroviy energiya Agentligi Xalqaro yadroviy energiya agentligi (MAGATE) bilan birgalikda har ikki yilda chiqaradigan uran bozori va geologik qidiruv bo’yicha ma’lumotnomadan boshlamoqchi edik. Lekin ma’lumotnoma tayyor bo’lganiga qaramay, uning nashrdan chiqishi kechiktirildi. Shuning uchun, yadroviy yonilg’i bozorining Yevropa va Amerika segmentlarida o’z-o’zini qoplashni tashkil etishga urinishlar qanday amalga oshayotgani haqida gaplashamiz.
Va’dalarni deyarli bir yil kutishadi
Kanada hukumati Rossiyaga nisbatan kiritgan sanktsiyalar tufayli, Kanadaning uran qazib oluvchi kompaniyasi Cameco deyarli o’tgan yil oxirigacha Qozog’istondagi Inkay konidan («Kazatomprom» bilan shu nomdagi qo’shma korxonasida unga 40% ulush tegishli) uranning o’z ulushini olish imkoniga ega bo’lmagan. Kompaniya 2022 yilning 1-choragi yakunidagi relizda yetkazib berishdagi muammolar haqida bildirgan. Sanktsiyalar kiritilguncha Kanadaga sariq kek Sankt-Peterburg orqaloi olib chiqilar edi.
Sentyabr oyidagina sariq kek partiyasi Transkaspiy xalqaro transport yo’nalishi orqali (Ozarbayjon va Gruziya orqali) yuborilgan. 20 dekabrda «Kazatomprom» e’lon qildi: «Kazatompromga tegishli bo’lgan uranni ham, TOO «SP «Inkay» ga tegishli bo’lgan uranni ham o’z ichiga olgan yuk Kanada bandargohiga muvaffaqiyatli yetib keldi».
2022 yil ikkinchi va uchinchi choraklari yakuni bo’yicha relizlarda, Cameco kechiktirish aktsiyadorlik kapitalidan olingan foyda va dividendlarga, hamda «Inkay» dan foydaning ulushiga va muddatlariga ta’sir etishi mumkinligini ogohlantirgan.
Shunday qilib, Kanada hukumatining harakatlari Kanada kompaniyasiga zarar yetkazdi. «Kazatomprom» 2022 yilning uchinchi chorgai yakuni bo’yicha relizda qayd etgan: «Bugungi kunda butun jahon bo’ylab kompaniya mijozlariga tayyor mahsulotni yetkazish bilan bog’liq bo’lgan biror–bir cheklovlar kuzatilmaydi».
Finlyandiyada chiqitlardan olingan uran
Finlyandiyadagi Terrafame davlat kompaniyasi Sotkamo konida nikel-rux ishlab chiqarishning chiqitlaridan uran olish niyati haqida e’lon qildi. Kompaniya o’z harakatlarini asoslab, shunday yozgan: «Bu tiklash boshlanganda Terrafame Finlyandiyada uran ishlab chiqaruvchisi bo’ladi, shunday qilib, biz Yevropaning energetik mustaqilligini barpo etamiz». Uranni olish 2024 yil yoziga kelib boshlanishi, 2026 yilga kelib uni ishlab chiqarish to’liq quvvati – yiliga taxminan 200 tonna uran darajasiga chiqishi ko’zda tutiladi. Taqqoslash uchun, Butunjahon Yadro uyushmasining (WNA) ma’lumotiga ko’ra, AES «Olkiluoto» ning uchinchi bloki ishga tushirilganidan keyin Finlyandiyaning yillik ehtiyojlari 421 tonna uran, Yevropadagi AES larda – yiliga deyarli 49 ming tonna uranni tashkil etadi.
Terrafame kompaniyasining harakatlari – uran ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga ikkinchi urinishdir. Birinchisi 2011 yilda amalga oshirilgan. Shu yilning fevral oyida kompaniya-operator Sotkamo, Talvivaara Mining Company Plc (keyingi o’rinlarda Talvivaara), Cameco bilan yiliga 350 tonna uran quvvatiga ega bo’lgan uranni olish qurilmasi barpo etilishini moliyalashtirish haqida bitimni tuzgan. Cameco kiritilgan mablag’larni uran shaklida qaytarib olishni rejalashtirgan. Ikkinchi bitim 2027 yilning oxirigacha yetkazib berish shartlarini belgilab beradi.
Kanadalik kompaniya, 2012 yilning yakuniga ko’ra hisobotida, bu loyihaga 40 mln. Kanada dollarlarini kiritgan, lekin loyiha yurishmadi. Sotkamo kompaniyada 2012-2013 yillarda chiqitlarni saqlash joyidan (gipsli suv havzasidan) kamida to’rt marta chiqitlar oqib chiqib ketgan, ular yaqindagi ko’llarga tushib, suvning quyi va o’rta qatlamlaridagi uran miqdori ichimlik suv me’yorlaridan olti baravar oshib ketdi. Avariya keltirib chiqargan janjal Talvivaara bankrot bo’lishiga olib keldi. Uning asoschisi va direktori Pekku Peryu yarim million yevro miqdorida jarimaga tortildi, uran loyihasi yopildi, Cameco 2013 yilgi hisobotida Talvivaara kompaniyasidan 70 mln. Kanada dollarini hisobdan chiqarganligini e’lon qildi.
Terrafame kompaniyasi Talvivaara ning vorisi bo’lgan edi. U 2017 yil oktyabr oyida Finlyandiya ro’yxatchisi STUK ga uranni qazib olish uchun ruxsatnoma olish uchun ariza berdi, va uni 2020 yil fevral oyida oldi. Ishlab chiqarishni tiklashga 20 mln yevro talab etiladi. Loyiha quvvati darajasiga chiqqanidan keyin kompaniya uran hisobidan yiliga deyarli 25 mln yevro olishni rejalashtirgan.
Loyihadagi asosiy murakkablik – uran kontsentratini chiqitlarda muqarrar qoladigan rux va nikel aralashmalaridan tozalash zarurligi, bunda ularda uranning miqdori o’ta past bo’ladi. Finlyandiyaning davlat Geologik xizmatining ma’lumotiga ko’ra, Sotkamo qora slanets jinslarida uran miqdori 0,001-0,004% uranni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Inkay koni rudalarida uran miqdori – 0,04%, ya’ni kamida o’n baravar ko’proq bo’ladi.
Shunday qilib, Terrafame biznes-loyihasi mahalliy ahamiyatga ega. Kompaniya «yaqin yillarda Terrafame ning taxminiy aylanmasidan bir necha foizni» topishi mumkin, deydi Terrafame. Ehtimol, yangi ishlab chiqarish Finlyandiya AES lari uchun uranni yetkazib berishning tuzilishini ozgina o’zgartiradi. Lekin bu loyiha Yevropa bozorining uran bilan o’z-o’zini ta’minlashiga ta’sir ko’rsatmaydi, va kompaniya faqat shu mintaqada uranni qazib olish yo’qligi sababligina o’zini «Evropada eng yirik uran ishlab chiqaruvchi» deb atashi mumkin.
Amerikada uran sun’iy boqish darajasida
Bir necha yildan beri AQSh ning uran tarmog’i abgor holatda. «2021 yilda AQSh dagi uran qonlarida 21 000 funt uran oksidi-o’ta oksidi (U3O8 yoki uran kontsentrati) ishlab chiqarilgan. 2020 yil uchun ishlab chiqarish ma’lumot e’lon qilinmagan, 2021 yilda esa 2019 yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 88% ga kamaydi», – AQSh Energetik ma’lumot boshqarmasi (keyingi o’rinlarda EIA) tomonidan e’lon qilingan 2021 yil uchun Uranning ichki ishlab chiqarish hisobotida shunday deb yozilgan. 2022 yilning to’qqiz oyi davomida AQSh da 19233 funt U3O8 ishlab chiqarilgan. Lekin EIA da nima uchundir dastlabki yakuni sifatida faqat birinchi ikkita yil choragi hisoblangan (quyidagi skrinshotga qarang), shuning uchun miqdori undan ham kam bo’ldi.
Oxirgi ma’lumot
AQSh da uran kontsentratini ishlab chiqarish, t U3O8
Chorak/yil | 2022 yil (prognoz) | 2021 yil | 2020 yil | 2019 yil |
1 chorak | 9 946 | yo’q | 8 098 | 58 481 |
2 chorak | 6 042 | yo’q | yo’q | 44 569 |
3 chorak | 3 245 | 5 297 | yo’q | 32 211 |
4 chorak | – | 9 978 | yo’q | 38 614 |
Taqvim yili, jami | 15 988 | 20 633 | yo’q | 173 875 |
Manbai: AQSh Energetik ma’lumot boshqarmasi
Uranni ichki ishlab chiqarish to’g’risida choraklik hisobot
2022 yilning 9 oyi ichida AQSh da uchta konda uran ishlab chiqarilgan: Nichols Ranch ISR Project (101 funt), Ross CPP (367 funt) va Smith Ranch-Highland Operation (2777 funt). Faqat oxirgisi sanoat ko’lamida uran qazib chiqarishi tushunarli holatdir.
2022 yil iyun oyining oxirida AQSh Energetika vazirligining tuzilmasi bo’lgan Milliy yadroviy xavfsizlik boshqarmasi, 1 mln funtgacha uranni xarid qilish to’g’risida e’lonni joylashtirdi. Kongress 1 mln funt o’ta oksid-oksidni zaxiraga xarid qilish uchun 75 mln dollarni 2020 yildayoq ajratgan edi.
Bir marotabalik bitim hajmi – 100 funtdan 500 ming funtgacha. Yetkazib beruvchi uranni ishlab chiqaruvchi bo’lishi kerak, uran 2009 yil 1 yanvardan boshlab istalgan vaqtda ishlab chiqarilgan bo’lishi mumkin. Shunisi qiziqarli: xarid shartlariga ko’ra, barcha taqdim etilgan uran Illinoysdagi Honeywell Metropolis Works uran konversiyasi zavodida saqlanib turgan zaxiralardan olingan bo’lishi kerak.
Buning yakuniga ko’ra, beshta kompaniya tanlab olingan: Energy Fuels Inc., Strata Energy Inc. (Peninsula Energy Limited ning shu’ba kompaniyasi), enCore Energy, Ur Energy va Uranium Energy Corp. Xarid narxi bir funt uchun sal kam 60 dollardan to 70 dollardan sal ko’proq narxigacha o’zgarib turgan. 2021 yilda, Yillik uran bozori haqidagi hisobot ma’lumotiga ko’ra, uranning o’rtacha o’lchangan narxi bir funt o’ta oksid-oksid uchun 33,91 dollarni tashkil qildi. 2022 yilda spot narxi ham, uzoq muddatli narxi ham bir funt uchun 50 dollar atrofida o’zgarib turadi.
1 mln funt o’ta oksid-oksid – deyarli 385 tonna uran bo’ladi. Taqqoslash uchun, WNA ma’lumotiga ko’ra, Amerika AES lariga yiliga 17587 tonna uran talab etiladi. 2021 yil uchun yillik uran bozori haqidagi hisobot ma’lumotiga ko’ra, «2021 yilda AQSh dagi fuqarlik maqsadli energetika yadroviy reaktorlarning egalari va operatorlari Amerikadagi va xorijiy yetkazib beruvchilardan 46,7 mln funt U3O8 ekvivalentida uranni sotib olgan». 46,7 mln funt – deyarli 17963 tonna. Shunday qilib, 1 mln funt davlat xaridlari – zaxira emas, chunki u AQSh dagi reaktorlarning yillik ehtiyojidan 2% dan sal ko’prog’ini ta’minlaydi. Xaridor haqiqiy strategik zaxiralarni o’zi yaratadi: 2021 yil uchun Yillik uran bozori haqidagi hisobotida «2021 yil oxirida AQShda uranning jami tijorat zaxiralari 141,7 mln funt U3O8 ni tashkil etgan, bu 2020 yil oxiridagi hajmidan 8% ga (131 mln funt) ko’proq», – deb qayd etiladi.
Xarid uran kompaniyayalariga ham kam mablag’ beradi. Lekin ularni «uran puli» deb aytish to’g’ri bo’lavermaydi. Masalan, 2021 yilga kelib Energy Fuel Inc. Oxirgi marta 2019 yilda 66 ming dollarlik uranni sotgan, 2019-2021 yillarda asosiy daromadni «muqobil xom ashyoni qayta ishlash va boshqa faoliyat» hisobidan olgan. Kompaniyaning 2021 yil uchun tushumi 3,18 mln dollar, 2020 (kovid) yil uchun – 1,66 mln dollar bo’lgan. Kompaniya 2021 yilda aktivlarni sotish hisobiga tirik qolgan va qarzlarini qoplagan. Kompaniyaning umumiy va ma’muriy xarajatlarigina 2019-2021 yillarda yiliga 14-15 mln dollar bo’lgan. Kompaniya uranni davlat zaxirasiga sotish orqali 18,5 mln dollar topishga umid qiladi.
Raqamlarni solishtirish va kompaniyaning holatini tasavvur qilish qiyin emas. Eksportga tobelik yo’qolmasligini tushunish – xuddi shunday. 2021 yil uchun Yillik uran bozori haqidagi hisobotida «2021 yilda yetkazib berilgan uran, asosan xorijdan olib kelingan edi, bunda yetkazib berishning asosiy hajmi Qozog’istonga to’g’ri kelgan (umumiy miqdoridan 35%). Kanadadan kelib chiqqan xom ashyo ikkinchi o’rinda (etkazib berishning umumiy hajmidan 14,8%), Avstraliyadan olingan xom ashyo uchinchi o’rinda (umumiy hajmidan 14,4%) bo’lgan», – deyilgan. Rossiya bu ro’yxatda 2021 yilda to’rtinchi o’rinda bo’lib, ulushi 13,5% bo’lgan edi. Rossiyaning narxlari xaridorlar uchun eng foydali, ular Amerikadagi ishlab chiqaruvchilardan deyarli ikki baravar kamroq, va bozordagi o’rtacha narxlardan bir yarim baravar kamroq bo’ladi.
Britaniyadagi yangi yonilg’ini izlab
Britaniya huqumati «Buyuk Britaniyada yonilg’ini ishlab chiqarish bo’yicha yangi samarali ishlab chiqarish quvvatlariga investitsiyalarni rag’batlantirish va Rossiyadan keluvchi yadroviy mahsulot va yondosh fuqarolik maqsadidagi mahsulotga tobelikni kamaytirish» uchun Yadroviy yonilg’i Fondini tuzishi haqida ochiq aytgan edi.
Lekin matnlarni oddiygina taqqoslash sarlavhadan tashqari «Rossiyaga tobelikni kamaytirish» haqida gap ketmasligini ko’rsatadi rech ne idet. Bundan tashqari, [fond mablag’laridan] Foydalanish qo’llanmasida aksincha holat ochiqchasiga e’tirof etiladi – Britaniyadagi reaktorlar ishlash uchun barcha kerakli narsalar bilan ta’minlangan: «Buyuk Britaniyaning deyarli barcha, ham ishlatilayotgan, ham foydalanishdan chiqarilgan yadroviy reaktorlar, Britaniyadagi ishlab chiqarish quvvatlarida ishlab chiqarilgan va boyitilgan urandan olingan yonilg’ida ishlagan. Bu holat yadroviy yonilg’ini ishlab chiqish bo’yicha davlatning o’z kompetentsiyalari, hamda zamonaviy, yaxshi moliyalashtirilgan, yuksak malakali kadrlarga tayanadigan tijorat ko’lamidagi boyitish va ishlab chiqarish quvvatlari mavjud bo’lishini ta’minlagan».
Buyuk Britaniya yangi reaktorlarni barpo qilmoqchi – 2050 yilga kelib 24 GVt miqdorida, va ularga yangi yonilg’i zarur bo’ladi. Foydalanish qo’llanmasida, moliyalashtirishni asoslashda shunday deyilgan: «Lekin, hozirgi paytgacha davlatdagi reaktorlar parki asosan bir turdagi dizayni bo’lgan reaktorlardan (Magnox va AGR turdagi gaz bilan sovutiladigan reaktorlar) iborat bo’lgani uchun, kelajakda Buyuk Britaniyaning reaktor parki turli dizayndagi reaktorlar, shu jumladan gigavattli reaktorlar, kichik modulli reaktorlardan va takomillashtirilgan modulli reaktorlardan iborat bo’lishi kutiladi, ulardan ko’plari yonilg’ining yangi va modernizatsiyalangan turlarini talab qiladi. Shuning uchun, kelajakda Buyuk Britaniyada davlatdagi ishlab chiqarish bir qator har xil yonilg’i turlariga bo’lgan talabni qondirishi lozimligi ehtimol bo’ladi». Foydalanish qo’llanmasida «Rossiya» so’zi umuman uchramaydi.
Yadroviy yonilg’i Fondining investitsiyalari 75 mln f. st.gacha tashkil etadi. Lekin 13 mln f. st.gacha mablag’lar yadroviy yonilg’ini ishlab chiqarish korxonasi Springfields ning konversion quvvatlarini rivojlantirishga kiritilgan. Bunda 50 mln f. st. yangi loyihalarga ajratiladi. Yana 12 mln f. st. qayerga sarflanishi hozircha tushunarsiz.
Xulosa qilsak: jahon tabiiy uran bozorining fundamental xususiyati shuki, ishlab chiqarish markazlari iste’mol markazlariga mos kelmaydi. 2022 yilda siyosiy ish tutish mantig’ini belgilab bergan geosiyosiy siljish tufayli yetkazib berish zanjirlari saqlanishi shubha ostida qolgan. Lekin, amaliyot ko’rsatishicha, yonilg’i bozorida faqat birgina shunday zanjir uzilib, biznesga ta’sir ko’rsatdi. G’arbiy media-fazoda to’liq o’z-o’zini qoplash g’oyalari yuradi, lekin AQSh da ham, Yevropada ham hozirgi paytda va kamida besh yil davomida yadroviy yonilg’i bilan to’diq o’z-o’zini qoplash mumkin bo’lmaydi.