Litiyga bo‘lgan ruscha yondashuv
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#262Fevral 2023

Litiyga bo‘lgan ruscha yondashuv

tarkibga qaytish

Sanksiyalar kiritilishi oqibatida etkazib berishlarning qisqarishi va hatto avtomobil brendlarining ketib qolishi bilan to‘qnash kelgach, Rossiya o‘zining avtosanoatini rivojlantirish tomon yo‘nalish oldi. Bunda asosiy mo‘ljal elektromobillar tomon yo‘nalgan – ularda detallar kamroq, hamda ularni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish osonroq. Eng asosiy komponent – batareyadir. Uni, allaqachonlardan buyon «batareyabop» deb ataluvchi – nikel, kobalt, marganes, mis, aluminiy va, albatta, litiy singari metallardan yasaladi. Rossiyada o‘zini-o‘zi nikel, kobalt, mis va aluminiy bilan ta’minlashda muammo yo‘q. Marganes esa bir nechta manbaalardan import qilinadi. Eng bosh muammo – litiydir. Rossiya uni qanday qilib hal qilayotgani to‘g‘risida gapirib beramiz.

Hozida Rossiyada litiy qazib olinmaydi, hamda u bian o‘zini-o‘zi ta’minlash – fahmlanayotgan va xal qilinayotgan muammolardandir.

Jahonda

Litiyga bo‘lgan yuqori ehtiyoj – bu umumjahon trendi bo‘lib, elektrotransportning, avvalambor Xitoydagi keskin rivojlanishi bilan shartlangan. Hozircha taklif ehtiyoj ortidan quvib yeta olmayapti. Bundan tashqari, pandemiya tajribasidan kelib chiqib, hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatida etkazib berish zanjiri saqlanib qolishi yuzasidan xavfsirashlar bor. Buning natijasi o‘laroq – 2022 yilda litiyga bo‘lgan narx-navoning keskin ko‘tarilib ketishidir. 2022 yilning noyabri o‘rtalarida litiyga bo‘lgan narx bir tonnasi uchun 84 500 dollarga ko‘tarilib, o‘zining tarixiy maksimumiga yetib bordi. Taqqoslash uchun 2018 yilda litiy o‘rtacha hisobda tonnasi uchun 25 ming dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda esa narx tonnasi uchun 6 ming dollardan pasayib ketgan edi. Spodumen (bu o‘z tarkibida litiy mavjud bo‘lgan, mineral bo‘lib, undan litiyning gidrooksidini va karbonatini ishlab chiqariladi) narx-navosi esa 2021 yildagi tonnasi uchun 589 dollardan 2022 yilda 2730 dollargacha o‘sib ketdi. 2022 yilning sentabri o‘rtalarida narx bir tonna uchun 7800 dollardan ortib ketdi.

Shunday qilib, litiyli mahsulotlar uchun narx-navo 2022 yil davomida bundan bir-ikki yil muqaddam bo‘lgan ko‘rsatkichlarga nisbatan bir necha marotaba oshib ketdi, deb tan olish mumkin.

Talab qanchalik o‘sganini aytish qiyin, chunki elektromobillar ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha raqamlar judayam keskin farqlanadi. XEA (Xalqaro energetika agentligi) ma’lumotlaria ko‘ra, 2021 yilda butun dunyo bo‘ylab 6,6 mln. – bir yil avvaldagiga nisbatan ikki baravar ko‘proq elektr-transport vositalari sotilgan edi. Ev-volumes.com portalining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning birinchi yarim yilligida 4,3 mln. elektromobil va gibridlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021 yilning xuddi shu davriga nisbatan o‘sish 62 foizni tashkil etgan. 2022 yilning oxirida Morgan Stanley elektr-trasport vositalarini ishlab chiqarishdagi o‘sish 2022 yilda 70 % yoki taxminan 2 mln. donani tashkil etganini e’lon qildi. Bu degani, amerika moliyaviy korporatsiya baholovlariga muvofiq, 2021 yilda ulardan taxminan 2,86 mln. dona ishlab chiqarilgan edi. Faraz qilib aytish mumkinki, raqamlardagi bunday nomutanosiblik tasniflash va hisobga olishdagi farqlanish bilan bog‘liqdir. Masalan, Morgan Stanley faqatgina elektr-transportni e’tiborga olgan bo‘lsa, XEA – yana gibridlarni ham nazarda tutgan.

Darvoqe, talabga javoban taklif ham o‘sib bordi. «2019 yilda litiy bozori qandaydir jiddiy o‘sishni ko‘rsatmadi, ushbu metallni qazib olish chamasi 300 ming tonnani tashkil etdi. Avvalroq bu ko‘rsatkich yiliga 30-50 ming tonnaga o‘sib borgan edi. Endilikda bozor yiliga 200 ming tonnaga o‘sib bormoqda», – deb bildirdi amerika Albemarle Corp. kimyo kompaniyasining litiyga doir operatsiyalar rahbari Erik Norris o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Financial Times’ga bergan o‘z intervyusida.

Litiy ishlab chiqarish
Qazib olish


*0,05 dan kam.
O‘sish sur’atlariga kabisa yillari uchun tuzatish kiritilgan.
Manba: AQSh Geologik xizmati, Buyuk Britaniya Geologikxizmati, Britaniya tadqiqotlar va innovatsiyalar agentligi (UKRI), World Mining Data xisoboti

Avstraliya hukumati 2022 yilning dekabrida e’lon qilingan, choraklik hisobotida, jahondagi litiy ishlab chiqarish hajmi karbonatga o‘tkazib hisoblanganida 2022 yilda 691 ming tonnani tashkil etishini hisoblab chiqdi. 2023 yil uchun bashorat – 915 tonna, 2024 yilda – 1,087 mln. tonna. 2022 yildagi ehtiyoj esa 745 ming tonna deb baholangan. 2023 yilda u 924 ming tonnani, 2024 yilda esa – 1,091 mln. tonnani tashkil etadi.

Shunday qilib, Avstraliya hukumatining baholovlariga ko‘ra, yaqin ikki yil mobaynida defitsit ortga chekinmaydi, narx-navo esa o‘sib boradi. Benchmark Mineral Intelligence litiy jahon bozoridagi takliflar defitsitini 2022 yilda 80 ming tonna, ishlab chiqarish hajmini esa – taxminan 635 ming tonna deb baholadi. Kompaniya analitiklarining fikriga ko‘ra, 2023 yilda ham defitsit saqlanib qoladi, biroq – 5 ming tonnagacha keskin kamayadi. Buning sababi – 2023 yildagi yetkazib berishlar hajmining o‘tgan yildagiga nisbatan 36 foizga o‘sishi, ularning hajmi 863 ming tonnagcha o‘sib borishi kerak.

Biroq, elektromobillar ishlab chiqaruvchi xitoy kompaniyalaridan biri bo‘lgan, BYD ijroiy vitse-prezidenti Stella Lining fikriga ko‘ra, 2023 yilda bozor profitsit tomon yuz o‘giradi, chunki yangi litiy konlari ishga tushib, narx-navo barqarorlashadi. S&P Global Market Intelligence ham shunga o‘xshash baholovni qo‘llab-quvvatlamoqda. Kompaniya chamalashlariga ko‘ra, 2023 yilda, tarkibida litiy mavjud bo‘lgan, mahsulotlarni yetkazib berish litiy karbonatiga o‘tkazib hisoblanganida 858 ming tonnani – ya’ni ehtiyojdan 2 ming tonna ortiqroq miqdorni tashkil etadi.

Baholovlarni taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, bozorda 2022 yildagi ishlab chiqarish hajmlari va 2023 yildagi talab va yetkazib berish hajmlari yuzasidan hali yakdil fikr yo‘q. Yakdillik faqatgina hamma bozorning sezilarli darajada o‘sishini baralla bashorat qilayotganida, xolos.

2023 yilning yanvarida litiyga bo‘lgan narx uning bir tonnasi uchun 70 ming dollarga tushib ketdi. Buning ikkita omili bor. Birinchisi – Xitoy tomonidan elektromobillar sotib olishni subsidiyalashning to‘xtalishi, hamda talabni rag‘batlantiruvchi boshqa, masalan, soliqqa oid choralarga qaramay, talabning kamayib ketishidadir. Ikkinchisi – ushbu yilda bozorga litiy yetkazib berishning keskin o‘sib ketishidir. Bloomberg boholoviga ko‘ra, u o‘tgan yildagi miqyosning, 22 dan 42 foizigacha bo‘lgan, miqdordan iborat bo‘lishi mumkin. Biroq yanvar oyida ham litiy bozorini baholashda yakdillik bo‘lmadi.

Litiyni hozirgi paytdagi eng yirik ishlab chiqaruvchisi – Avstraliyadir. Visualcapitalist.com loyihasining ma’lumotlariga ko‘ra, uning ulushi 52 foizni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda Chili, ushbu mamlakatga jahondagi yetkazib beruvchilarning chorak qismi to‘g‘ri keladi. Uchinchi o‘rinda Xitoy (13 %), to‘rtinchi o‘rinda – Argentina (6 %). Yana to‘rtta mamlakat (Braziliya, Zimbabve, Portugaliya va AQSh) jahondagi litiy hajmining 1 foizini ishlab chiqaradi. Dunyoning qolgan qismiga bor-yo‘g‘i 0,1 % ulush to‘g‘ri keladi.

Rossiyada

Rossiya hukumati mamlakat ehtiyojlarini 3 ming tonna deb baholaydi – 2021 yilda aynan shunchasi metallning turli birikmalari ko‘rinishida import qilingan edi. Ha, chindan ham, importning bir qismi boshqa birikmalar ko‘rinishida qaytib eksport qilinadi. Rossiyaning ichki ehtiyojlari 400-700 tonnani tashkil etadi. Litiy atom energetikasida, energiyani jamlash tizimlarini yaratishda, shuningdek tog‘-kon sanoatidagi cho‘michlar uchun toshqol shakllantiruvchi qorishmalar va moylar ishlab chiqarishda ham ishlatiladi.

Xususiy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalari ham mavjud. «2023-2030 yillar mobaynida Zavitinsk, Polmostundrovsk, Koviktinsk, Yaraktinsk va Kolmozersk konlarining uchastkalardagi litiy rudalarini qazib olish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini jadal tarzda ro‘yobga chiqarish ichki ehtiyojlarni litiy xom-ashyosiga bo‘lgan talabini sezilarli darajada qondirish imkoniyatini beradi», – deyiladi, o‘tgan yilning dekabr oyida qabul qilingan, RF metallurgiya sanoatini 2030 yilgacha rivojlantirish Strategiyasida.

Sanab o‘tilgan ob’ektlar ish yuritish uchun o‘ta murakkabdir. Masalan, Zavitinsk koni –muqaddam ishlatilgan kon. Bu yerda litiyni 1941 dan 1997 yillargacha qazib olishgan. Hozirda gap litiyni bu yerdagi chiqindilardan ajratib olish to‘g‘risida ketmoqda, Krasnoyarsk kimyo-metallurgiya zavoda litsenziya rasmiylashtirmoqda.

Koviktinsk koni – Rossiyaning sharqdagi eng yirik gaz konidir. Bundagi litiy yo‘ldosh sho‘r suvlarda uchraydi, hamda uni ajratib olish to‘g‘risidagi gap-so‘zlar bir necha yillar mobaynida davom etib kelgan. 2022 yilda jarayon jadallashdi, hamda Koviktinsk koni 2022 yilning oxirida foydalanishga topshirildi.

Rosatom shuningdek litiyni sho‘r tuzlardangina emas, balki rudalardan ajratib olishni ham rejalamoqda. Bu keng tarqalgan amaliyot bo‘lib – masalan, Avstraliyada ham pegmatit koni mavjud. U yerdagi asosiy mineral – spodumen.

Rosatomda, Murmansk viloyatida joylashgan, Kolmozersk konini juda qiziqish uyg‘otuvchi deb tan olishadi. Rosatom ushbu loyihani «Nornikel» bilan birgalikda rivojlantirishni rejalamoqda. Rosatom bilan 2022 yilning aprelida bitim imzolanishi munosabati bilan chop etilgan, relizda «Nornikel» kompaniyasining prezidenti Vladimir Potaninning: «Nornikel» mahsuloti allaqachonlardan beri jamlanuvchan energiya yaratishda mu him o‘rin tutadi. Litiy singari o‘ta muhim va talabgir xom-ashyo evaziga metallar qatorini kengaytira borib, biz akkumulator sohasi uchun eng muhim yetkazib beruvchi sifatidagi o‘z o‘rnimizni yanada mustahkamlamoqchimiz», – degan so‘zlari keltiriladi.

Hozirchalik konlar taqsimlanmagan jamg‘armada qolmoqda. Kolmozerskning R1 toifaga ko‘ra resurslari (eng katta asoslovga ega bo‘lgan, chamalanayotgan zaxiralar) 2022 yilning 1 iyuli uchun keltirilgan hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, o‘z tarkibida 152,6 ming tonna litiy oksidi, 1215 tonna tantal pentoksidi va 1485 tonna niobiy pentoksidiga ega bo‘lgan, 13,5 mln. tonna rudadan iborat.

Auksion komissiyasining 2023 yilnig 8 fevralidagi qarorga muvofiq Kolmozersk koni uchun yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi «Atomredmetzoloto» va «Nornikel» qo‘shma korxonasi – «Polyarniy litiy» MChJ ga o‘tkazib berildi.

Rosatom va «Nornikel» dastlabki rejalariga ko‘ra, Kolmozersk konidagi rudalardan qayta ishlab olinadigan turli xil litiyli mahsulotlar karbonatga o‘tkazib hisoblanganidagi hajmi yiliga 45 ming tonnani tashkil etadi.

Shunday qilib, kelajak bir necha yillar mobaynida Rossiyada qazilma boyliklar ishlab chiqaruvchi yirik loyiha ishga tushib, Rossiyaning litiy xom-ashyosiga bo‘lgan joriy ehtiyojini to‘la-to‘kis va hatto ortig‘i bilan qoplay olishga qodir bo‘ladi.

Jahondagi eng asosiy litiy ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan, Rockwood Lithium baholoviga ko‘ra avtomobilning, sig‘imi 25 kVt·soat bo‘lgan, batareyasiga 44 funt (deyarli 20 kg) liiy karbonati zarur. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, quvvati 4 GVt·soat bo‘lgan, korxona uchun ehtiyoj 3,2 ming tonna chamasidagi litiy karbonatidan iborat bo‘ladi. Bu degani, Kolmozerskning bir yillik quvvati bunga o‘xshash to‘rtta korxonaga nafaqat yetib-oshadi, balki yana boshqa iste’molchilarga sotish uchun ham qoladi.

Kolmozersk konining xususiyatlari

BMXI (Butunrossiya mineral xom-ashyo instituti) tomonidan chop etilgan, «Rossiya Arktika sarhadiing foydali qattiq qazilmalar mineral xom-ashyo bazasi» nomli jamoaviy monografiyasi ma’lumotlariga ko‘ra

Kolmozersk ruda maydoni o‘z takibiga 70 ta pegmatitli tomirlarni kiritib, ulardan 11 tasi saonat ahamiyatiga ega. Pegmatitli jinslar yer yuzasi qismida morena yotqiziqlarining yupqa (dastlabki metrlar) qatlamiga ega. Rudali jinslar plitasimon shaklda bo‘lib, yirik tomirlarning uzunligi 570 dan 1680 metrgacha, yo‘g‘onligi esa 10 dan 50 metrgacha o‘zgarib boradi. Tomirlar parallel tomirlanish sohalariga guruhlanib, ulardan eng yiriklari ikkita: Bolshoy va Maliy Potchevarak sanoat uchastkalarini tashkil etadi. Tarkibidagi Li2O miqdori 0,8 dan 1,3 foizgacha, o‘rtacha miqdori – 1,14 foizgacha o‘zgarib boradi. Konni ochiq usulda qayta ishlash chamalanmoqda. Kolmozersk rudalari uchun boyitishning gravitatsiyaviy-flotatsiyaviy texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.