Izotoplar radiofarmpreparatlar pog‘onasiga ko‘tarilmoqda
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#262Fevral 2023

Izotoplar radiofarmpreparatlar pog‘onasiga ko‘tarilmoqda

tarkibga qaytish

20 yanvar kuni radiofarmpreparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropadagi eng yirik zavodning qurilishi boshlab yuborildi. Yangi korxona sharofati bilan Rossiyada onkologik, yurak-qontomir va neyrodegenerativ hastaliklarga tashxis qo‘yish va ularning terapiyasi uchun talab qilinadigan dori-darmon vositalarini ishlab chiqarish ko‘p karra ortmog‘i lozim.

Korxona Rosatom tasarrufiga tegishli Karpov nimidagi Fizik-kimyoviy ilmiy-tadqiqot institutining (bundan buyon FKITI) Obninsk shahridagi hududida qurilmoqda. FKITI – Rossiyadagi radiofarmpreparatlar ishlab chiqaruvichlar orasida eng yiriklaridan biridir. Uning olimlari tashxislovchi va terapevtik adiofarmpreparatlarning keng spektrini yaratish yuzasidan fundamental tadqiqotlar va ishlanmalar olib boradilar, hamda ularni ishlab chiqarishning radiokimyoviy texnologiyalarini takomillashtirib boradilar.

Yangi zavod 2025 yildayoq ishga tushishi lozim. Ishlab chiqarish to‘la-to‘kis GMP (good manufacturing practice) – meditsina preparatlari ishlab chiqarishni nazorat qilish xalqaro tizimi standartlariga mos bo‘ladi. «Biz dunyo bo‘ylab oz-muncha qurilishlar qilmaymiz va bu yerda ham eng zo‘r qurilish texnologiyalari qo‘llaniladi. Bundan tashqari, yadro meditsinasi markazlarini qurish borasida ham tajribaga egamiz. Masalan, o‘tgan yili Dmitriy Rogachev nomidagi Bolalar gemotologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi markazida xuddi shunday korpus qurilishini yakunladik», – deb aytdi Rusatom bosh direktori Aleksey Lixachev, zavodning poydevoriga dastlabki beton solish marosimidagi chiqishida.

Rosatom 21 ishlab chiqarish liniyasida o‘nlab yangi radiofarmpreparatlar va farmasevtik faol substansiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda. Ular orasida yod-131, samariy-153, molibden-99 izotoplari negizidagi – hammaga ma’lum va mashhur hamda o‘ta talabgirlari ham bor. Shuningdek zavod lyutesiy-177, aktiniy-225, radiy-223 va boshqa izotoplar negizidagi faol radiofarmasevtik substansiyalar va radiofarmasevtik dori-darmonlar ham ishlab chiqara boshlaydi.

Davlat korporatsiyasining mutaxassislari jahonda birinchilardan bo‘lib, lyutesiy-177 uchun birlamchi materiallar bo‘lgan – itterbiy-176 va lyutesiy-176 larning yirik sanoatbop ishlab chiqarishini yaratdilar. Shuningdek bevosita lyutesiy-177 olishning ham bir nechta texnologiyalari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq qilindi. Operatsiya uchun nobop shishlar va metastazalar terapiyasi uchun zarur bo‘lgan, targetli radiofarmasevtik preparatlarning ko‘pgina zamonaviy ishlanmalari aynan uning negiziga asoslangan. Hozirga vaqtda lyutesiy-177 Rosatomning ikkita korxonasida ishlab chiqariladi. Izotoplar negizidagi radiofarmpreparatlarning 30 % atrofidagisi rus xom-ashyosidan ishlab chiqariladi. Aktiniy-225 – xuddi lyutesiy-177 singari, saraton xastaligining operatsiya qilib bo‘lmaydigan metastatik shakllarini, shu jumladan, prostata bezini targetli terapiyasi uchun istiqboli porloq deb hisoblanadigan, yana bir izotopdir.

Umuman olganda, adiofarmpreparatlar neyroendokrin shishlarni, mieloidli kasalliklarni, ichki a’zolar, suyak to‘qimalari saratonini, bosh miya shishlarini, soloidli shishlarni, neyrblastomalarni, nexojin limfomalari va boshqalarni davolash uchun foydalaniladi.

«Davlat korporatsiyasi hozirda — tibbiy izotoplarni ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchilardan biridir. Biroq bu bor-yo‘g‘i dori-darmon ishlab chiqarish uchun xom-ashyo, xolos. Biz ularning ham 10 ga yaqin nomlanishini ishlab chiqaramiz. Ammo ularning miqdori va hajmlari ko‘p karra ortiqroq bo‘lmog‘i lozim. Obninskda yangi zavod yaratilishi xuddi shu vazifa uchun yo‘naltirilgan», — deb ta’kidlab o‘tdi Aleksey Lixachev.

Rosatom Rossiyaning ichki bozoriga mahsulot yetkazib berish bilan bir qatorda, meditsina uchun mo‘ljallangan hamda jahon bozorida sertalab bo‘lgan, 20 dan ortiq maqsadli radionuklidlarni yigirmadan ortiq mamlakatlarga yetkazib beradi, dori-darmonlarning tugal shakllarini yasalishini va radioizotoplar generatorlarini ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Xususan, 2021 yilda Rosatom Yevropa, Lotin Amerikasi va Yaponiyaga lyutesiy-177 va aktiniy-225 yetkazib berish yuzasidan o‘rtacha muddatli shartnomalar tuzdi. Umuman olganda, hozirgi paytda Rosatomning meditsinaga taalluqli radioizotop mahsulotlari yiliga Rossiyaning o‘zida taxminan 1 mln., hamda butun dunyo bo‘ylab – 1,5 mln. tashxis va terapevtik muolajalar o‘tkazish imkonini bermoqda. Davlat korporatsiyasining ba’zi tibbiy izotoplar jahon bozoridagi ulushi 20-30 foizni tashkil etadi, ayrimlari bo‘yicha esa – hatto 100 foizgacha yetib boradi.

Rosatom radiofarmpreparatlar yaratish texnologiyalari ishlab chiqarishni va ulaning sifatini nazorat qilishni, qaysiningki bilan davlat korporatsiyasi hamkorlik va yaqin aloqada bo‘lish to‘g‘risida kelishuv imzolangan, Federal tibbiy-biologik agentligi (FTBA) bilan birgalikda olib borishni niyat qilmoqda. Tadqiqotlar dori-darmonlarning ta’sirli, xavfsiz va sifatli ekanligini tasdiqlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Kelishuv shuningdek FTBA ilmiy-klinik markazlarida klinikagacha va klinika oid tadqiqotlarni o‘tkazishni ko‘zda tutadi.

Tashxis qo‘yish radiofarmpreparatlari qay tarzda ishlaydi

(FKITI ma’lumotlariga ko‘ra)

Tashxis izotoplarning muayyan a’zolar va to‘qimalarda  saylanma tarzda to‘planib qolish qobiliyatiga asoslangan. Biriktirib qo‘yilgan radionuklidning radioaktiv nurlanishi preparatning badandagi jamlanish joyini va o‘zini qanday tutishini yuqori darajadagi aniqlik bilan oydinlashtirish imkonini beradi.

  • Texnesiy-99m biriktirilgan natriy pertexnotat qalqonsimon bezda jamlanib, tireoidli gormonlarni sintez qilishda ishtirok etmaydi. Shu tufayli undan qalqonsimon bezni antitireoidli preparatlarni qo‘llash mobaynida tadqiqot qilish uchun foydalanishadi. Bundan tashqari, natriy pertexnotatni qon tarkibidan chiqarib tashlanish tezligi turli a’zolardagi (bosh miyadagi, yurakdagi va h.k.) qon oqimining dinamik xususiyatlarini baholash imkonini beradi.
  • Qalqonsimon bezda yod-131 saylanma tarzda jamlanishi sharofati bilan ushbu izotopga ega natriy yodid yordamida qalqonsimon bezning funksional ahvolini aniqlash hamda radiometriya va skanerlash vaqtida uni ko‘zga tashlanadigan qilish imkonini beradi.
  • Yod-131 bilan “tamg‘alangan”, natriy o-yodgippurat aylanib turgan qondan buyraklar orqali tezda chiqarib tashlanadi. Preparatning buyraklar tomonidan jamlanish hamda chiqarib tashlanish kattaligi va vaqti bo‘yicha ularning funksional ahvoli oydinlashtiriladi.
  • Uglerodom-14 izotopiga ega «Ureakaps» preparati, inson organizmida mavjud bo‘lgan, Helicobacter pylori bakteriyalarini nafas olish testi yordamida oshkor qilishda foydalaniladi. Tashxislash uslubiyati negizida, bakteriya tomonidan ajratib chiqariluvchi, ureaza fermentini bilvosita o‘lchab ko‘rish yotadi. Modomiki me’yoriy holatda ureaza inson to‘qimalarida mavjud bo‘lmas ekan, ureazani tug‘diruvchi boshqa bakteriyalar esa odam oshqozonini butunlay egallab olmas ekan, ureazaning mavjudligi unda Helicobacter pylori’ning mavjudligini bildiradi.