Kompozitlarning oson qadamlari
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#275Mart 2024

Kompozitlarning oson qadamlari

tarkibga qaytish

Kompozitlar ishlab chiqarish Rosatomning eng qiziqarli yangi bizneslaridan biridir. Ushbu materiallar boshqa narsalar qatorida, yangi transport va toza energiya, iqtisodiy samarali qurilish yechimlari va yuqori samarali sportni yaratish uchun ishlatiladi.

1970-yillarda SSSR kompozit materiallarni ishlab chiqarishda ham, iste’mol qilishda ham yetakchi uchlikdan biri edi. Ular uranni boyitish bo‘yicha sentrifuga ishlab chiqarish uchun ishlatilgan (va hali ham). 2016 yildan boshlab Rosatom doimiy ravishda Rossiya, MDH mamlakatlari va Sharqiy Yevropada, xom neftdan tayyor mahsulotlarga – kema korpuslari, avtomobillar, yoqilg‘i gaz balonlari, qurilish mahsulotlari liniyasi va sport uskunalarigacha bo‘lgan yagona to‘liq ishlab chiqarish zanjirini yaratmoqda. Hozirgi kunda Rosatom korxonalari PAN-prekursorlari, keng nomenklaturadagi uglerod tolalari, matolar, lentalar va prepreglar ishlab chiqarmoqda.

Rossiya kompozit bozori hali mutlaq raqamlarda katta emas – bu jahon bozorining taxminan 1% ni tashkil qiladi. Ammo u butun dunyo darajasida o‘sib bormoqda – yiliga taxminan 5-6%. Va agar biz davlat korporatsiyasi yetakchi o‘rinni egallagan uglerod kompozitlari yo‘nalishini alohida oladigan bo‘lsak, so‘nggi olti yil ichida Rossiya bozori 3,5 baravarga o‘sdi.

U, xususan, aviasozlik sanoatiga har xil turdagi uchadigan qurilmalarni ishlab chiqarish uchun yetkazib berish hisobiga o‘sishda davom etadi. Shuningdek, kemasozlikni rivojlantirish rejalashtirilgan. 2022-yil sentabrida Rosatom Uzoq Sharqda kemasozlik zavodini qurish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi. U yerda toʻliq kompozit baliqchilik, yoʻlovchi va kichik oʻlchamli yuk kemalari ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Rosatom shamol stansiyalari uchun o‘z dizayni bo‘yicha kuraklar ishlab chiqarish niyatida. Ular 90% shisha toladan bo‘ladi, yana 10% uglerod tolasi qattiqlashtiruvchi moddalardan bo‘ladi. Birinchi to‘plam joriy yilning oxirigacha tayyor bo‘lishi kerak. Rejaga ko‘ra, kuraklarni nafaqat Rossiyaga, balki tashqi bozorlarga ham yetkazib berish rejasi mavjud, bir qator xalqaro loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

Rosatom avtobuslar, yuk mashinalari, gazni tashish va saqlash tizimlari va mobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun kompozit siqilgan gaz balonlari bo‘yicha Rossiya bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Eksport buyurtmalari ham bor. Shunday qilib, o‘tgan yili Minsk avtomobil zavodi (MAZ) birinchi bir yarim ming gaz balonlarni oldi. Keyingi bosqich – vodorod balonlarni ishlab chiqishni yakunlash, prototiplar allaqachon yaratilgan va sinovdan o‘tkazilmoqda. Vodorod va vodorod energiyasi uchun uskunalar ishlab chiqarishga qaratilgan davlat korporatsiyasi yengil va yuk mashinalaridan tortib dengiz gaz tashuvchilarigacha bo‘lgan turli o‘lchamdagi, turli iste’molchilar uchun mos bo‘lgan konteynerlar liniyasini ishlab chiqmoqda. Rosatom shuningdek, Rossiya elektromobillari uchun korpus elementlarini ishlab chiqmoqda.

Rossiyada, butun dunyoda bo‘lgani kabi, qurilish kompaniyalari va umuman, o‘z infratuzilmasini yaxshilaydigan kompaniyalar kompozitlardan tobora ko‘proq foydalanmoqda. So‘nggi 3-4 yil ichida «Rosatom» ushbu segmentdagi mahsulot liniyasini karrasiga kengaytirdi.

Rosatom sohilni himoya qilish uchun kompozit shpuntlar va lotoklar, binolar va inshootlarni modernizatsiya qilish va kapital ta’mirlash uchun tashqi mustahkamlash tizimlarini yetkazib beradi, mustahkam kompozit piyodalar uchun ko‘priklarini loyihalaydi, sanoat, texnologik va maishiy ehtiyojlar uchun qirg‘oqbo‘yi maydonchalarni quradi. Tashqi mustahkamlashdan foydalanish obyektlarni ishlashining to‘xtatmasdan ta’mirlashga imkon beradi. Bu daryo tufayli ikkiga bo‘lingan shaharlar uchun juda muhim – butun dunyoda bunday joylar juda ko‘p. Kompozit shpuntlar xavfli obyektlarni lokalizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Shpunt tishlarining yer ostiga botirilishi simob, neft mahsulotlari va boshqa ifloslantiruvchi moddalarning yer osti suvlariga tushishiga to‘sqinlik qiladi.

Sportda kompozit materiallar iste’moli ham ortib bormoqda. Rosatom uchun bu sohada kompozitlardan foydalanishning birinchi tajribasi professional xokkey tayoqlarini ishlab chiqarishdir. Va bu faqat boshlanishi: yaqinda yangi mahsulot paydo bo‘ldi – professional sapbord. Rossiyaning yetakchi sportchilari allaqachon unga yuqori baho berishgan.

Istiqbol

Rosatomning kompozit biznesini rivojlantirishning birinchi yo‘nalishi yuqorida muhokama qilingan tarmoqlarda tayyor kompozit mahsulotlar segmentida o‘z ishtirokini oshirishdir. Ikkinchi yo‘nalish – qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish. Uchinchidan, kompozit sanoat uchun mahalliy uskunalarni ishlab chiqish. To‘rtinchidan, bog‘lovchilar (nima?) uchun tarkibiy kimyoviy bazani yaratish. Beshinchidan, yangi texnologiyalarni ichlab chiqish, oltinchidan, resikling.

Shunday qilib, Rosatom qisman Rossiya uskunalaridan foydalangan holda uglerod va shisha tola ishlab chiqarish liniyalarini qurish va yuqori modulli uglerod tolalari ishlab chiqarishni ko‘paytirish niyatida. O‘tgan yili Rosatom 7 GPa mustahkamligiga ega birinchi namunalarni oldi. Bu ilg‘or ilmiy ishlanma, hozircha dunyoda faqat ikkita yapon kompaniyasi bunday tola ishlab chiqaradi. Bu yanada yengilroq tuzilmalarni yaratishga imkon beradi. Bu, masalan, har bir kilogrammni orbitaga chiqarish katta pul talab qiladigan koinot uchun muhim.

Resikling yo‘nalishi ham rivojlanmoqda. Rosatom ochib kesishdan keyin qolgan matolarni kesish uchun birinchi liniyani yo‘lga qo‘ydi. To‘g‘ralgan massa mahsulotlarni shtamplash uchun materialdir. Bu kompozit chiqindilarni qayta ishlash va ishlab chiqarishga jalb qilish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lib, davlat korporatsiyasi o‘z kompozitlarining ekologik toza bo‘lishi tomoniga yurishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Rosatom o‘zining yuqori texnologiyali kompozit mahsulotlari bilan yangi bozorlarni ta’minlash uchun xalqaro va mahalliy o‘yinchilar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish niyatida.

Jahon kompozit bozori (2023):

Hajmi ~ 100 milliard dollar

Shisha tola ishlab chiqarish ~ 12 million tonna

Uglerod tolasi ishlab chiqarish ~ 120 ming tonna