KMTTR: yengil, tezkor, noyob
tarkibga qaytishBiz o‘z mushtariylarimizni, Rusatom ishlab chiqarayotgan va qurayotgan, innovatsion reaktorli uskunalar bilan tanishtirishda davom etmoqdamiz. Ushbu lavhamiz qahramoni – KMTTR. 18 yanvar kuni KMTTR bunyod qilish maydonchasida reaktor korpusini loyihaviy holatga o‘rnatish yakunlandi.
KMTTR o‘zi nima?
«KMTTR» yoyilmasi «ko‘p maqsadli tezkor tadqiqot reaktori» ekanligini bildiradi. Uning loyihaviy quvvati 150 MVt. Reaktorlirni tadqiqot qilish uchun bu judayam yuqori ko‘rsatkich – u ishga tushirilgach, dunyodagi eng baquvvat reaktor blib qoladi. KMTTR «Atom reaktorlari ilmiy-tadqiqot instituti» Davlat ilmiy markazining maydonchasida qurilmoqda (ARITI DIM Rosatom takibiga kiradi, bundan buyon ARITI).
Rejadagidan tezroq
Qurilish o‘z grafigidan o‘zib ketgan holda davom etmoqda. 2022 yilning dekabr oyi oxirida bo‘lib o‘tgan, operativ qurilish shtabi majlisida, «Orgenergostroy» instiuti ishlab chiqrish dasturini 130 foizga bajarganligi ta’kidlab o‘tildi. O‘tgan yili reaktor shaxtasini betonlashtirish va drenaj nasos stansiyasini bunyod qilish bo‘yicha qurilish ishlari bajarilgan edi. Turboagregat poydevorini o‘rnatish yakunlanib, gradirnya qrilishi olib borildi. 2023 yil yanvarida gradirnyaning tepa yarusini montaj qilish yakunlandi, uning balandligi 52 metrga bo‘y cho‘zdi. Keyinchalik karkasni to‘qish ishlari boshlab yuboriladi.
2022 yil yanvarida reaktor korpusining nazorat ostida yig‘ish bo‘lib o‘tdi, aprelda esa uni maydonchaga olib kelishdi. Dekabr oyida, rejadagidan sakkiz oy avvalroq, korpus vertikal holatga keltirilib, stapelga o‘rnatildi. Himoya kojuxida tenzodatchiklar va termoparalar montaj qilindi, issiqlik izolyatsiyasi o‘rnatildi. So‘ngra reaktor korpusi shaxtaga jo‘nadi.
Korpusning nozik tafsilotlari
KMTTR reaktorining korpusi o‘ziga xosdir – uning qalinligi 25-50 mm, SSER dan (suv-suvli energiyaviy reaktordan) 6-12 barobar yupqaroq. Reaktor uzunligi – 12 m, maksimal diametri – 4 m, og‘irligi – 83 tonnadan ortiq. Barcha ko‘rsatkichlarga maksimal darajada aniq rioya qilish maqsadida, reaktor korpusi yasalgan, Atommashda (Rusatom mashinasozlik divizionining korxonasi) o‘zlari ishlab chiqargan, maxsus moslamalardan foydalanishgan.
Joriy yilning yanvar oyida reaktorga sakkiz tonnalik himoya qopqog‘i o‘rnatildi. U korpus ichi ukunalarining montajigacha konsevatsiya qilish uchun kerak. Montaj kelgusi yilga mo‘ljallangan, lekin quruvchilar ishlarni grafikdan o‘zib boshlab yuborishga umid qilmoqdalar.
«Reaktor korpusini loyihaviy holatiga o‘rnatish – olimlar, muhandislar, konstruktorlar va quruvchilardan iborat maslakdoshlar katta jamoasi ishining sezilarli natijasidir. Bu KMTTR reaktorini bunyod qilish butkul loyihasining, qurilishni yakunilanishini sezilarli darajada yaqinlashtiruvchi, muhim bosqichidir. Shunday ekan, nafaqat bizning mamlakatimiz, balki jahon atom sanoati ham tez orada ilg‘or va texnologik jihatdan mukammal tadqiqot infrastrukturasiga ega bo‘ladi», – deb ma’lum qildi Rosatom bosh direktorining ilm-fan va strategiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Yuriy Olenin.
Jahon ilm-fani uchun KMTTR ahamiyati
Avvalgi TTR-60 – «quvvati 60 MVt bo‘lgan tezkor tajribaviy reaktor» o‘rniga KMTTR kirib keladi. Bu, 1969 yilda ishga tushirilgan, ko‘p maqsadli ilmiy-tadqiqot reaktoridir. Biroq uning resursi tugab bormoqda, shu tufayli uni almashtirish zarur. ARITI direktori Aleksandr Tuzov Yosh olimlarning II Kongressida ta’kidlaganidek, KMTTR da reaktorda bajariluvchi va reaktordan so‘nggi materialshunoslik tadqiqotlari, hamda radioizotoplarni va modifikatsiyalangan materiallarni ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini sayqallash ishlari davom etadi. Bundan tashqari, reaktor elektr energiyasi va issiqlik ham ishlab chiqaradi.
Yuriy Olenin so‘zlariga qaraganda, KMTTR da ikki komponentli yadro energetikasi va yoqilg‘iga oid siklning qaytib tutashuvi texnologiyalarini o‘rganish kengaytiriladi. Xuddi shu yerning o‘zida to‘rtinchi avlod yadro energetikasi uskunalarini yaratishning asoslash olib borilib, keskin olg‘a suruvchi fundamental va amaliy tadqiqotlar bajariladi. «Rosatomning KMTTR tadqiqot reaktori hamda Rossiyaning megasayens-loyihasi bo‘lgan – Kurchatov institutining TTK (PIK) reaktori – bir-birini o‘zaro to‘ldirib, neytronga oid tadqiqotlarning imkoni bo‘lgan butun spektrini, ham neytronlar energiyasi qismida, ham tadqiqotlarning ehtimoliy ob’ektlari qismida ta’minlay oladi», – deb ta’kidlaydi Yuriy Olenin.
KMTTR negizida xalqaro tadqiqotlar markazi (KMTTR XTM) – tezkor reaktorlar bo‘yicha kompetensiyalar markazi yaratilmoqda. «Eng baquvvat va texnologik jihatdan mukammal tadqiqot reaktori uskunasini yaratish ilm-fandagi yutuqlarga erishish uchun rag‘bat va mamlakatimizning texnologik yetakchiligi uchun muhim element bo‘lib qoladi. KMTTR XTM, xalqaro «neytron landshafti»ni shakllantirish yuzasidan ilmiy hamkorlik platformasi doirasida biz jahonga kelajak yadro eneretikasi sohasidagi o‘z milliy dasturlarini rivojlantirish imkonini taklif etamiz», – deb ta’kidladi Rosatom xalqaro ilmiy-texnik loyihalar direktori va «KMTTR XTM» konsorsiumi yetakchisi» kompaniyasining bosh direktori Vasiliy Konstantinov
Yosh olimlarning II Kongressida u, halitdan 13 ta xalqaro tashkilotlarning vakillari xalqaro eksperimental tadqiqotlarning dasturlarini shakllantirish ustida ish olib bormoqdalar, deb xabar berdi. Aynan dasturlarning o‘zi keyingi o‘n yillikda start olishi mo‘ljallanmoqda.