Yadro energetikasidagi hamkorlik
tarkibga qaytishUshbu ruknda biz odatda atom texnologiyalari va elektr energetikasi yo‘nalishlari haqida gapiramiz. Biroq, bu safar biz barcha ruscha narsalardan “xalos bo‘lish” qabilidagi (asosan soxta) xatti-harakatlar oqimidagi Rosatomning o‘rni haqida gaplashib olamiz. Dunyoning Rosatomga bog‘liqlik darajasi haqidagi maqola fevral oyi oxirida Nature jurnalining veb-saytida nashr qilindi. Darvoqe, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, pragmatizm va xayrixohlikka asoslangan hamkorlik haqida gapirish durustroqdir.
Maqola Nature Energy onlayn jurnali sahifasida chop etilgan. Bu “har oylik onlayn Internet-nashriyot bo‘lib, unda: elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlashdan tortib, to energetika texnologiyalari va siyosatining jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sirigacha bo‘lgan, energetika sohasidagi keng ko‘lamli ilg‘or tadqiqotlar nashr etiladi”. Biz bunday nashriyotning tahliliy nashrini e’tiborsiz qoldira olmadik.
Maqolaning eng tushunarli tezisi davlat korporatsiyasining jahon atom energetikasi uchun ahamiyati to‘g‘risidagi holatlar edi. Xabarda ta’kidlanishicha, Rosatom tashkil etilganidan beri uning xalqaro atom energiyasi bozoridagi faoliyati muntazam ravishda tobora o‘sib borib, unga asosiy xizmatlarning yetakchi yetkazib beruvchisi o‘rnini egallashga imkon berdi. 2007 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida Rossiyaning mazkur kompaniyasi 10 ta yangi reaktorlarning qurilishini boshlab yubordi va 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida esa bozorda joylashtirilgan 31 buyurtmadan 23 tasi sohibi bo‘ldi, uning ulushiga esa dunyoda qurilayotgan barcha bloklarning taxminan yarmi to‘g‘ri keldi. Rosatom o‘zining TVEL sho‘ba korxonasi orqali yadro yoqilg‘isini yetkazib berishni amalga oshirib, shu o‘rinda jahon uran konversiyasi quvvatlarining 38 foizini va uni boyitish quvvatlarining 46 fozini nazorat qiladi, shuningdek yadro inshootlarini ekspluatatsiyadan chiqarish va radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi. “Shunday qilib, 2000-2015 yillarda Rossiya AES qurish, reaktorlar va yadro yoqilg‘isini yetkazib berish, shuningdek, yadroviy inshootlarni ekspluatatsiyadan chiqarish va radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish bo‘yicha barcha xalqaro shartnomalarning qariyb yarmini ijrochisi siftida o‘zini namoyon qildi. Uning atom energetikasidagi asosiy raqobatchilari – Xitoy, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSH – birgalikda qolgan 40 foizni tashkil etdilar”, – deb ta’kidlaydi mualliflar. Na Fukusimadagi avariya, na siyosiy larzalar davlat korporatsiyasi tutgan vaziyatiga ta’sir qila olmadi.
Taajjubki, mualliflar hech qanday yaqqol vaj-korsonlarsiz aynan 2018 yilda to‘xtashgani g‘alati. Ma’lumotlarimizdagi yetishmovchiliklarni bir oz to‘ldirib olaylik. “Atomenergoprom” (davlat korporatsiyasining fuqarolik aktivlarini konsolidatsiyalaydi) yillik hisobotiga muvofiq 2021 yil mobaynida, kompaniya xorijda AES qurish (35 ta energiya bloki) va boyitish (jahon bozorining 38 foizi) loyihalari bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib, uran zaxiralari, shuningdek uni qazib olish bo‘yicha (jahon bozorining 15 foizi) dunyoda ikkinchi o‘rinni, hamda yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarish bozoridagi o‘zining 17 foiz ulushi bilan uchinchi o‘rinni egalladi. O‘shandan beri, Rossiyaga qarshi bir necha ming sanksiyalar kiritilishiga qaramay, faqat Finlyandiyagina Rosatom bilan hamkorlik qilishdan voz kechdi va davlat korporatsiyasi mashg‘ul bo‘lgan energiya bloklari soni kamayib, 34 ta bo‘lib qoldi.
Shuningdek, Rosatomning asosiy fazilati – xizmatlarning to‘liq qatorini tanho provayderi sifatida ishlaydigan “yagona darcha” tamoyili asosida ishlay olish qobiliyatida, deb ta’kidlanadi. “Rosatomning o‘z loyihalarini qay tarzda ishlab chiqishi, uni yadro sohasiga yangi kirib kelgan mamlakatlar uchun foydali sherik aylantiradi. Kelishuvlarning muayyan shartlari har bir holatdan-holatga variatsiyalanadi, biroq kompaniya, AES taxt qilinishidan tortib, to uni Rosatomning o‘zi tomonidan o‘qitib tayyorlanuvchi mahalliy atomchi-mutaxassislarga topshirishgacha bo‘lgan, butun jarayonni o‘z zimmasiga oladi”, – deyiladi maqolada. Ha, bu rost.
Mantiqiy ravonlikni yo‘qotish
Biroq, mualliflarning fikriga ko‘ra, Rosatomning ushbu fazilatlari u ishtirok etayotgan loyihalardan “siyosiy tayziq o‘tkazish va o‘z ta’sirini butun dunyoga tarqatish” uchun foydalanish imkonini berar emish. Ammo, birinchidan, “Rosatomning afzalliklari bor” degan fikrdan “Rossiya siyosiy tayziq o‘tkazmoqda” degan da’vo bevosita kelib chiqmaydi, ular o‘rtasida hech bo‘lmaganda tartib-qoida uchun qandaydir mantiqiy ketma-ketlik bo‘lishi kerak. Biroq, u yo‘q. Bundan tashqari, quyidagi jumlada maqola mualliflari bunga aynan teskari da’voni keltirishadi: “Minin va Vlcheklar, Rosatom faoliyatini va uning Rossiya rasmiy hokimiyati bilan munosabatlarini o‘rganib chiqib, mazkur davlat korporatsiyasi sezilarli darajada mustaqil va tobora o‘zini o‘zi ta’minlaydigan bo‘la borgani sari, avvalambor daromad qilish yo‘lida ishlaydi”. S. Tomas tomonidan maqola yuzasidan qilingan, Rosatomning barcha loyihalarni bajarga “qodir emasligi” haqidagi xulosasi esa yuqorida aytilgan nuqtai-nazarni na tasdiqlamaydi va na rad etmaydi, bu shunchaki boshqa mavzudagi suhbat, xolos. Shunday qilib, maqoladagi fikrlarning mantiqiy tarqoqligini, ba’zan esa o‘z-o‘ziga qarama-qarshiligini bayon qilish mumkin.
Xatolar va noaniqliklar
Nature maqolasida muayyan xatolarga ham yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, “Tarapur” AES Rosatom loyihalaridan biri sifatida tasniflanadi. Aslida, undagi qaynoq suvli reaktorlarga ega bo‘lgan, dastlabki ikkita blok amerika kompaniyalari tomonidan qurilgan. Og‘ir suvda ishlovchi reaktorlarga ega bo‘lgan, ikkinchi qo‘sh blok esa – Hindistondan keltirilgan.
Maqolada oldin “Rosatom 29 mamlakatda turli xildagi 29 loyihani amalga oshirayotgani” ta’kidlanadi, bir nechta satr quyiroqda esa – “Rossiya davlati atom energetikasi sohasida 54 mamlakat bilan aloqalar o‘rnatgan”, – deb aytiladi. Ikkinchi raqam haqiqatga yaqinroq.
Mualliflar, shuningdek, 2022 yilda Ukraina hududida boshlangan, maxsus harbiy operatsiya nafaqat Finlyandiyadagi, balki Iordaniya va Slovakiyadagi AES qurilishlarini ham bekor qilinishiga sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda. Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Iordaniya 2018 yildayoq o‘zlariga AES emas, balki KQAS zarur ekanligi haqida qaror qabul qildi, hamda may oyida “Rusatom Oversiz” (Rosatom tarkibiga kiradi) bilan KQAS loyihasini ishlab chiqish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Muzokaralar hanuzgacha davom etmoqda. Slovakiya yadro sohasi vakillari esa Nature maqolasini o‘qib, judayam hayron bo‘lishlari ajab emas, chunki o‘sha yilning 31 yanvarida Slovakiyaning, VVER-440 reaktoriga ega bo‘lgan, “Moxovse” AES uchinchi bloki elektr tarmog‘iga ulangan edi. Hali, oldinda shunga o‘xshash to‘rtinchi blokning ulanishi ham mavjud. Bu shuni anglatadiki, Slovakiya butun 2022 yil davomida rus dizaynidagi o‘z bloklarini qurib bitkazish bilan mashg‘ul bo‘lgan.
O‘zga tomon tayzig‘i
Slovakiyaga maqoladagi yana bir chigal voqea aloqador. Mualliflarning eslatishicha, Slovakiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan parvozlar taqiqlanganiga qaramay, Rossiyaning yoqilg‘iga ega samolyotlarini qabul qilgan. Ushbu misol, chamasi, “IAEL/Rosatom tomonidan yetkazib beriladigan, import qilinuvchi yadro yoqilg‘isiga qaramlik (vaholanki Bolgariya, Chexiya va Finlyandiyaga hamda Polshadagi tadqiqot reaktoriga yoqilg‘i yetkazib berish hali-hanuz davom etmoqda), sharoitga moslasha olmaydigan energetika tizimi va bittagina AES ulushining juda katta ekanligi bilan uyg‘unlikda ta’minot borasidagi uzilishlar yuzasidan zaiflikni orttiradi”, – degan fikrni tasdiqlashi kerak edi. Biroq mazkur misol buning aynan aksi bo‘layotganligi haqida dalolat beradi. Slovakiyaning zaifligi IAEL (issiqlik ajratuvchi elementlar) yetkazib berishga qaramligi tufayli emas, balki Rossiyadan uchayotgan samolyotlar uchun o‘z osmonini yopib qo‘ygan, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalariga bog‘liqligi tufayli kuchaya bordi.
Polshadagi tadqiqot reaktoriga yoqilg‘i yetkazib berishga tegishli bir nechta tafsilotlar: shartnoma 2015 yilda (ya’ni Qrim Rossiya tarkibiga kirgandan so‘ng) imzolangan. Bungacha Polsha reaktori fransuz yoqilg‘isida ishlayotgan edi. Ushbu tafsilotlarni hisobga olgan holda, ravshanki shartnoma tarixiy meros emasligini tan olish kerak, Polsha yetkazib beruvchini erkin tanlash imkoniyatiga ega edi – va u Rosatomni tanladi.
Maqola mualliflari The Insider portalida keltirilgan maqolada, Rosatomdan yoqilg‘i yetkazib berish mobaynidagi uzilishga bittagina misolni topdilar: “2005 yilda «zarg‘aldoq inqilob» muhitida Ukraina va Rossiya ommaviy axborot vositalari tomonidan e’tiborga olinmagan voqea yuz berdi: Ukraina, mayda-chuyda zoldirchalar bilan to‘ldirilgan, nuqsonli yoqilg‘i yig‘malarini oldi. Ularni reaktorga solish oqibatida deformatsiya ro‘y berishi kerak edi, ammo ukrainalik mutaxassislar nuqsonni o‘z vaqtida oshkor qildilar va yig‘malarni ishlab chiqaruvchiga qaytarib yuborishdi. Rasmiy ravishda, nuqson Rossiyadagi konveerda yuz bergan nosozliklar bilan izohlandi, shundan so‘ng tergov to‘xtatildi”.
Yuqorida keltirilgan holat shundan dalolat beradiki, hatto “energetik qurol-yaroq” mavzusiga bag‘ishlangan maqolada ham bo‘lib o‘tgan voqeaga texnik xatodan ortiq hech narsani yo‘yishning imkoni yo‘q. “Zarg‘aldoq inqilob” muhitida energetika va ayniqsa atom sohasidagi siyosiy tayziq yo‘nalishidagi hatto zarracha urinish ham e’tibordan chetda qolmagan bo‘lar edi. Hozir kunda yetkazib berish haqidagi eski xotiralar (maqola 2022 yilning kuzida nashr etilgan) – soyalar teatridan boshqa narsa emas.
Shunday qilib, Nature maqolasida va Rosatomning, buning uchun ishlatilgan, butun tarixi mobaynidagi manbalarda Rossiyaning atom energetikasi vositasida siyosiy tayziq o‘tkazayotganligi haqidagi birorta ham tayinli namuna topilmadi.
Xo‘sh, qaramlik mavjudmi?
Maqolaning negizi – ikonografikadan iborat bo‘lib, unda mabodo e’lon qilingan barcha loyihalar 2040 yilgacha yakunlangan taqdirda, Rossiya dizaynidagi AES’lardan yetkazib beriluvchi elektr energiyasining faraz qilinayotgan ulushi haqidagi fikr-mulohazalar, shuningdek, “Rossiya bilan yadro energetikasi sohasidagi hamkorlik miqyoslari” baholarining jadvali aks ettirilgan. Mazkur jadvallar mavjud vaziyatdan uncha-muncha boxabar kishining kulgisini qistaydi. Axir, Rosatom tomonidan BOO (build‑own-operate – “qur – egalik qil – foydalan”) sxemasiga ko‘ra to‘rt blokli “Akkuyu” AES’ni qurilayotgan, Turkiya hamda Rosatomning loyihalari mavjud bo‘lmagan, Ispaniyalar qanday qilib yonma-yon tura olishi mumkin, modomiki Rossiya dizaynidagi AES mavjud bo‘lib, yana yangisini qurish muhokama qilinayotgan, Armanistonga qaraganda Ispaniya yuqoriroq darajadagi hamkorlikka ega? Mualliflar bizni ma’zur tutsinlar-u, biroq jalb qilinish miqyosini hisob-kitob qilish uslubiyati hamda uni qo‘llanilish natijalari voqelikka zid bo‘lib, shu tufayli foydalanish uchun umuman yaroqsizdir.
Infografikaga kelsak, bu o‘z holicha ajib voqelikdir. Biroq unga qilingan sharhlar ham ko‘p savollar tug‘diradi. Rossiya dizayniga mansub generatsiyalarning ulushi yuqori bo‘lgan mamlakatlar haqidagi abzasda “ularning Yevropa Ittifoqi va NATO’dagi sheriklari judayam tashvishlanayotgani” haqida, generatsiyasi o‘rtamiyona ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar to‘g‘risidagi abzasda esa “qandaydir xalqaro, avvalambor Isroil va AQSH’dagi tashvishlanishlar” to‘g‘risida gapiriladi. Matndan shu kelib chiqadiki, qaramlik darajasi generatsiya ulushi bilangina emas, balki uchinchi shaxslarning tashvish darajasi bilan aniqlanadi. Nahotki, mana shu safsata bor haqiqatni aks ettirsa?!
Umuman olganda, qaramlik baholovlari bir-biriga judayam zid: yetkazib berish ulushi yuqori bo‘lgani holda, o‘zaro hamta’sir miqyosi o‘rtamiyona; qaramlik go‘yoki bordek bo‘lib tuyuladi, ammo Ukrainani misol qilib olsak, uni yengib o‘tish mumkinligini ham ko‘rish mumkin; bu o‘zaro hamta’sirning yuqori miqyosi – hamda shu bilan bir vaqtning o‘zida elektr ta’minoti ulushining pasayib ketishiga yorqin misoldir. Bunga o‘xshash ma’lumotlardan faqat bitta aniq-ravshan xulosa chiqarish mumkin: o‘zaro hamkorlik sifati, ya’ni atom energetikasi xavfsizligiga ta’sir o‘tkaza olish imkoniyati rus dizayniga mansub bloklardan elektr energiyasini yetkazib berishning kelajakdagi hajmiga ham, xususan – uning siyosiy ta’siriga ham mutanosib emas.
Pirovardida eng muhimi – energetik qurol-yarog‘lar haqida. Nature’dagi maqola mualliflari o‘zlarining yadro energetikasi qurol-yarog‘lari haqidagi tushunchalarida Karen Smith Stegen maqolasida keltirilgan ta’rifga tayanganlar: “ “Energetik qurol-yarog‘” atamasi energiya yetkazib beruvchi davlat o‘z resurslarini uning iste’molchilarini jazolash yoki majburlash uchun siyosiy vosita sifatida ishlatilishini (ba’zan esa – unisini ham, buniini ham birgalikda qo‘llanilganini) anglatadi”.
Biroq, AES qurilishi va yadro yoqilg‘isini yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan, hozirgi vaziyat o‘zgachadir. Qurol – ya’ni jazolash va majburlashning siyosiy vositasi – ham mijozlarga qarshi, ham yetkazib beruvchilarga qarshi uchinchi kuchlar tomonidan qo‘llanildi. Yevropa Ittifoqi o‘z osmonini uchishlar uchun berkitib qo‘ydi – hamda yoqilg‘i sotib oladigan mamlakatlarda ta’minot bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi. AQSH sanksiyalar kiritdi – hamda AES uchun yuk tashiyotgan, “Ruppur” nomli kema Bangladeshga kira olmadi. Ammo Rosatom xodimlari va boshqa mamlakatlar yadro hamjamiyati vakillarining yuqori darajadagi professionalligi sharofati bilan atom stansiyalari qurilishini, yoqilg‘i esa – rus dizaynidagi AES tomonidan sof elektr-energiyasini yetkazib berishni hanuzgacha davom ettirib kelmoqda.
Masalan, Rovno AES’ga yoqilg‘i yetkazib bergan ekspeditorlarga qarshi siyosiy jazo va majburlash vositasi ishlatilgan. Ularni bir oy davomida garovga olinganlar sifatida tutqunlikda ushlashgan va oxir-oqibat ularni, ya’ni aynan tinch aholini, harbiy asirlar singari almashtirishgan. Darvoqe, Rovno AES faoliyati, uning borligiga “bog‘liq” bo‘lgan, yoqilg‘i qaytarib berilmadi.
Yetkazib berish borasidagi, go‘yoki eng oliy tahdid deb baholanayotgan, xayoliy muammolar to‘g‘risida gapirganda, bir nechta muhim jihatlarni yodda tutmoq lozim. Birinchidan, biz bir necha bor ta’kidlaganimizdek, yadro yoqilg‘ilik siklining tezliklari uglevodorod bozori va siyosatdagiga nisbatan o‘zgacharoqdir. Haddan ziyot yuklanishlar har 12-24 oyda bir marotaba bo‘lib turadi, yoqilg‘i esa, odatda, blokka avvaldan rejalashtirilgan haddan ziyod yuklanishdan taxminan bir oy oldin yetkazib beriladi, ya’ni har doim qandaydir eng tang bosqichning yakunlanishini bir oz poylab kutib turish ham mumkin. Bundan tashqari, blokning ekspluatatsiya qilinish muddatlarini bir necha oyga uzaytirish maqsadida, faol zonani aynan o‘sha yoqilg‘i bilan qayta butlashning umumiy imkoniyati mavjud. Ikkinchidan, xayterlar na 2007 yildan buyon, na undan muqaddam Rosatom tomonidan siyosiy tayziq o‘tkazish va siyosiy natijaga erishish uchun – o‘z mijozlariga ataylab qandaydir muammolar tug‘dirgan ekanligini aniqlay olmadilar. Statistika nolga teng.
Ayrim xulosalar
Nature’dagi maqola – lingvistik nayranglarning bir qismi bo‘lib, bunda tijorat jihatidan o‘zaro manfaatli hamkorlik – tibbiyot sohasiga tegishli bo‘lgan, hamda o‘z ma’nosida salbiy islar anqib turgan, “qaramlik” so‘zi bilan tavsiflanmoqda. Shu o‘rinda, asossiz ravishda so‘z o‘yinlariga qo‘shilib qolib, g‘irt zararkunanda hissiyotlar tangligiga tushib qolgan, Nature mualliflari ustidan achinib qo‘yish mumkin, xolos.
Maqolada hisob-kitoblar va baholovlar mavjud. Biroq Rosatomning qandaydir mash’um niyatlari va siyosiy tayziq borasida guvohlik beruvchi biron-bir dalil-isbot yo‘q. Faktlar mavjud emasligi oqibatida, maqoladagi fikr “Rusatom – bu xavf-xatar” hamda “Rosatomga qaramlik haddan ziyod bo‘rttirib ko‘rsatilmoqda” degen tezislar aro, “Rosatomdan qutulish mumkin, ammo bu ko‘p vaqtni oladi” degan markaziy fikr atrofidagi parokandalikka duchor bo‘lmoqda.
O‘zimizdan qo‘shib qo‘yamiz: mablag‘ni ham. Rosatom tomonidan eltib berish va umuman olganda u bilan hamkorlik avvalambor tijorat va texnologik sabablarga ko‘ra manfaatli ekanligi to‘g‘risida Rosatom mijozlarining sharhlari guvohlik beradi. Mana bunga yangigina misol: Shvesiya Texnologiyalar qirollik instituti professori, hamda qo‘rg‘oshindan qilingan issiqlik tashuvchiga ega past quvvatli reaktorni ishlab chiquvchisi bo‘lgan, Blykalla kompaniyasining direktori Yanne Vallenius Ekot radiosiga xabar berishicha, reaktor uchun konstruksiyaviy materiallarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha Rosatom bilan hamkorlik to‘xtatib qo‘yilgan. Rossiyadagi sinovlarning muqobili – Belgiyadagi tadqiqot reaktorida sinovlarga tutish bo‘lib, ammo bu holatda sinov uzoqroq kechadi va uch baravar qimmatroqqa tushadi. Biroq, shved yadrochilari Rossiya bilan hamkorlikdan umuman voz kechishni rejalashtirayotgani yo‘q. “Biz urush yakunlanishini kutmoqdamiz”, – deydi shved olimi.
Shuni ob’ektiv ravishda tan olish kerakki, jahonda atom energetikasi sohasida ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lgan, bir nechta mamlakat mavjud, xolos. Agar biron-bir boshqa mamlakat ham, o‘z iqtisodiyoti taraqqiy etishini rag‘batlantiradigan, ushbu sof va ishonchli generatsiya turini rivojlantish niyatida bo‘lsa, u buni o‘zi mustaqil tarzda amalga oshirishi – yoki tayyor texnologiyani sotib olishi ham mumkin. Vaholanki, hatto mustaqil rivojlanish ham hamkorlikni ko‘zda tutadi. Chunonchi, Xitoy va yuqorida keltirilgan Shvesiya bilan bog‘liq misollar shuni ko‘rsatadiki, atom sohasi hamkorlikda rivoj topmoqda. Mabodo siz bitta yetkazib beruvchidan voz kechgan taqdiringizda ham, aslo mustaqillikka erisha olmaysiz, shunchaki o‘z zararingiz kasofatiga boshqa yetkazib beruvchiga qaram bo‘lib qolasiz, xolos. Buning qanday ishlashini gaz misolida ko‘rish mumkin: Yevropa mamlakatlari Rossiya gazidan voz kechib, amerikaning qimmatroq STG (siqilgan tabiiy gazini) sotib olishga majbur bo‘lishdi, bu esa AQSH’ga siyosiy va harbiy muteliklar qatoriga energetik mutelikni ham qo‘shib, unga nisbatan qaramlikni yanada og‘irlashtirdi.
Va xotima o‘rnida: Nature maqolasida Rosatom bilan turli qit’alaragi, har xil texnologiyaviy taraqqiyot miqyosiga, siyosiy tuzilishga va madaniyatga ega bo‘lgan, judayam turli-tuman mamlakatlar bilan hamkorlik qilayotgani yaqqol tasvirlangan. Ular Rosatom bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida turli yillarda kelishib olishgan, hamda hanuzgacha shartnomalar tuzib kelmoqdalar – biz o‘z mushtariylarimizga ushbu kelishuvlar haqida muntazam ravishda axborot berib kelmoqdamiz. Bas, shunday ekan, bular barchasi Rosatom bilan hamkorlik – bu ongli va erkin tanlov ekanligidan dalolat beruvchi, eng ishonarli omillardir.