Rossiya radiofarmini yanada yuqoriroq cho‘qqilarga ko‘tarish
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#264Aprel 2023

Rossiya radiofarmini yanada yuqoriroq cho‘qqilarga ko‘tarish

tarkibga qaytish

Joriy yilning mart oyida, Rosatom tomonidan Boliviyada qurilgan, radiofarm dori-darmonlar ishlab chiqarish bo‘yicha majmua Boliviyaning klinikalariga ftordezoksiglyukoza yetkazib berishni boshlab yubordi. Rosatom xodimlari JAR (Janubiy Afrika Respublikasida), allaqachonlar Rossiyada saraton xastaligini davolashda qo‘llanib kelinayotgan, Aktiniy-225 haqida so‘zlab berdilar. Davlat korporatsiyasining radiofarm dori-darmonlar bozorida erishgan yutuqlari to‘g‘risida hikoya qilib beramiz.

Radiofarm mustaqillik yo‘lida

«Darhaqiqat, Ftordezoksiglyukozani chindan ham “asr molekalasi” deb nomlashadi. Uni badanning a’zo va to‘qimalarini pozitron-emissiyali tomografiya usulida tadqiq qilishda, ko‘pincha kompyuterli yoki magnit-rezonansli tomografiya usuli bilan uyg‘unlikda foydalanishadi”, – deb hikoya qiladi “Rusatom Oversiz” prezidenti Yevgeniy Pakermanov.

«Rusatom Oversiz» Boliviyadagi El-Altoda Yadro tadqiqotlari va texnologiyalari markazini qurmoqda. Uning bir qismi – siklotronli majmua bo‘lib, unda radioizotoplar (masalan, ftor-18) ishlashadi va radiofarm dori-darmonlar (masalan, ftordezoksiglyukoza) ishlab chiqarishadi.

Ftordezoksiglyukoza – shaffof steril eritma bo‘lib, bevosita qon tomirga yuboriladi. Uning vazifasi – tabiiy glyukoza molekulasinining, ftor-18 bilan tamg‘alangan, o‘hshashini tadqiq qilinayotgan joyga yetkazib berishdir. Badan ichkarisiga kirib olgach, radioizotop, bamisoli fonarcha singari, glyukozani singdirish haddan ziyod jadal kechayotgan, hosilalarni yaqqol yoritib beradi. Bu, metabolizmi sog‘lom hujayralardan ko‘ra faolroq bo‘lgan, xavfli hujayralarning o‘zga xos xususiyatidir. Shuningdek, glyukozaning bir joyda to‘planib qolishi – masalan, infarktdan keyingi chandiqli o‘zgarishlarda o‘ziga xos nishon bo‘lib xizmat qiladi.

Bemor tomografda bo‘lib turgan bir paytda, radiolog-shifokor o‘z kompyuterida yarqiroq, tim-qora va me’yoridagi s’hanlarni kuzatadi. Mazkur uslub diametri atigi 4-5 mm bo‘lgan xastalangan joylarni ham ko‘ra olish imkoniyatini beradi.

«Endilikda bizda eng zamonaviy infratuzilmali yadro meditsinasi markazi mavjud bo‘libgina qolmay, balki saraton xastaligini tashxis qilish uchun shu kunlargacha biz import qilishga majbur bo‘lgan, radiofarm vositalarni mustaqil ravishda ishlab chiqarish imkoniyatiga egamiz. Hozirda Boliviya shunchalik ilg‘or texnoligiyalarga egaki, endi biz radiofarm dori-darmonlarni qo‘shni mamlakatlarga eksport qila olamiz. Shu bungandan boshlab, biz onkologiya bilan yanada samaraliroq kurasha olamiz!» – deb aytdi, yetkazib berishlarning boshlanishi sharafiga uyushtirilgan tadbirda so‘zga chiqqan, Boliviya prezidenti Luis Alberto Arse Katakora.

Yadro tadqiqotlari va texnologiyalari markazi (YATTM) ishlab chiqaradigan radiofarm dori-darmonlar qatori tobora kengaytirilib boriladi. «Biz yana uchta tibbiy radioizotoplar negizidagi radiofarm vositalar mahsuldor qatorini test-sinovlari rejimida ishlab chiqdik va ularning sanoat miqyosida ishlab chiqarishi mumkinligi tasdiqladik. Uglerod-11 bosh miya shishlarini, texnesiy-99m – jigar va bosh miyani, yod-123 esa  qalqonsimon bezga taxshis qo‘yishda ishlatiladi. Tamal toshi qo‘yildi, bundan keyingisi qaysi radiofarm vosita bo‘lishligi – bu buyurtmachining ixtiyorida», – deb izohladi Yevgeniy Pakermanov.

YATTM yiliga 5000 dan ortiq tadqiqotlar o‘tkazish uchun radiofarm vositalar ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Kelajakda Boliviyaning uchchala yadro tibbiyoti markazlari ham mahalliy radiofarm dori-darmonlar bilan ta’minlanadigan bo‘ladi.

YATTM yana bir ob’ekti bo‘lgan, Ko‘p yo‘nalishli nurlantirish markazi (KYNM) tajribaviy foydalanish rejimida ishlamoqda. Bu yerda turli xildagi mahsulotarning debocha partiyalariga ishlov berlmoqda. Unumdorlik – bir kecha-kunduz mobaynida 70 tonna. «KYNM ayni paytda buyurtmachiga topshirish uchun tayyorgalik ko‘rish bosqichida bo‘lib, uni tez orada foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda. Markazda aynan qanaqa mahsulot va tovarlarga ishlov berish mumkinligi to‘g‘risidagi qarorni, albatta, buyurtmachi qabul qiladi», – deb ta’kidladi Yevgeniy Pakermanov. Jahon amaliyotida bular, asosan, don, sabzovot, meva-cheva, kosmetika va meditsina mahsulotlaridir.

YATTM uchinchi va to‘rtinchi navbatlari ham qurilmoqda. Bu radiobiologiya va radioekologiya laboratoriyalari, hamda issiqlik quvvati 200 kVt bo‘lgan, basseyn xilidagi suv-suvli tadqiqot reaktoriga ega bo‘lgan, reaktorli majmualardir. Ushbu ob’ektlarni 2025 yilda foydalanishga topshirish rejalanmoqda.

Tanishib qo‘ying, aktiniy-225

Rosatom ishlab chiqarilyotgan radiofarm vositalar qatorini yanada kengaytirayotgan bo‘lib, ulardan eng katta qiziqish uyg‘otadigani – aktiniy-225. Uni saraton xastaligining operatsiya qilib bo‘lmaydigan metastatik shakllarini, avvalambor – prostata bezini davolash uchun ishlatiladi.

2023 yil fevrali oxiri – martning boshlarida «V/O Izotop» (Rosatomning izotop yetkazib beruvchisi) va Fizika-energetika instituti (FEI RF DIM, Rosatomdagi tibbiy izotoplarni ishlab chiqaruvchilaridan biri) mutaxassislari posterli taqdimotlar bilan chiqishlar qilishdi. Keyptaunda (JAR) bo‘lib o‘tgan, targetli alfa-terapiya bo‘yicha 12-xalqaro ilmiy anjuman qatnashchilari aktiniy-225 negizidagi dori-darmonlarning klinik sinovlari mobaynidagi mayl-rag‘batlar va ishlab chiqarishning, qaysiningki sharofati bilan FEI RF DIM tomonidan izotop ishlab chiqarish hajmlarini sezilarli darajada oshirishga erishilgan, optimallashtirilgani to‘g‘risida bo‘lib oldilar.

«Hozirgi kunda bu alfa-emitterlar aro arzandasidir. Davlat korporatsiyasi – dunyodagi uchta aktiniy-225 yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib, o‘z ishlab chiqarishini yanada kengaytirish rejalari mavjud. Biz uchun o‘z chiqishlarimizda bunga alohida urg‘u berish, aktiniy-225 ishlanmasi va uni yetkazib berishdagi eishgan yutuqlarimiz bilan bo‘lishish, shuningdek uning Rossiya va jahondagi iste’molini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shish o‘ta muhim edi», – deb ta’kidladi «V/O «Izotop» marketing bo‘limi boshlig‘i Olga Valzdorf.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jahondagi ko‘pgina tibbiyot muassasalari aktiniy-225 ishlatishadi – biroq uning qo‘llanilish imkoniyatlari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lmaganlari tufayli, xastaliklarning faqat ayrim guruhlarini davolash uchungina foydalanishadi, xolos. Rosatom esa, jahon tajribasiga tizimiy yondashib, ushbu masalani bir-biri bilan uyg‘unlikda o‘granib chiqmoqda. Bu aktiniy-225 sotuvlarini to‘g‘ri rostlab chiqish va ehtimoliy xaridorlarga, ular radiofarm dori-darmonlarning yana qaysi yo‘nalishlarida rivojlana olishlari yuzasidan, maslahatlar berishda ko‘mak beradi. «Qanchalik ko‘proq qo‘llanilish yo‘nalishlari o‘rganilib, klinik tadqiqotlar o‘tkazilib turilsa, aktiniy-225 ga bo‘lgan talab-ehtiyoj shunchalik ortib boraveradi», – deb ishonch bildirdi Olga Valzdorf.

Aktiniy-225 ishlanmalariga bir nechta amerika kompaniyalari o‘z sarmoyalarini investitsiyalamoqdalar, bular jumlasiga Terra Power, Cardinal Health, Northstar kompaniyalari kiradi. Avvallari ko‘proq olimlarnigina qiziqirib kelgan, mazkur anjumanga esa, endilikda – Bayer, Surium, Cardinal Health, Siemens va boshqa yirik tijorat kompaniyalar ham tashrif buyurdilar. «Bu qaysidir ma’noda aql bovar qilmaydigandek ko‘rinsa ham biz uchun raqobatdoshlarimizning izzati-nafsoniyatdorliklari o‘ta foydalidir, chunki ular o‘z harakatlri bilan iste’molchilar muhitini sug‘orib-undiradilar, izotopni ommaashtiradilar va hatto o‘z yetkazib berish zaxiralarini to‘ldirib olish uchun bizdan aktiniy-225 sotib olishlari mumkin», – deb ta’kidlaydi Olga Valzdorf.