Hamkorlik izotopi
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#264Aprel 2023

Hamkorlik izotopi

tarkibga qaytish

Novosibirsk kimyoviy konsentratlar zavodi (“TVEL” AJ tarkibiga kiradi) Braziliyaning Electronuclear kompaniyasiga, «Angra» AES reaktorlarini sovutush tizimida ishlatiladigan, litiy-7 gidroksidni yetkazib beradi. Mazkur yetkazib berish amaliyoti Braziliya va Rossiya atom sohalaridagi o‘zaro hamkorlik sarhadlarini kengaytiradi.

Izotop tayyorgarlik

Litiy-7 gidroksidi (bundan buyon – litiy-7) – och rangli mayda kristalsimon modda bo‘lib, undagi jami litiy izotoplari yig‘indisiga nisbatan xususan litiyning atom ulushi (spesifikatsiyasiga bog‘liq tarzda) 99,95% dan ortiq 99,99% gacha bo‘ladi. Litiy-7 reaktorlarning suvli birinchi konturining issiqlik tashuvchisiga suv-kimyoviy rejimni rostlab olish uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari litiy-7 – bosim ostidagi suvli reaktorlarning issiqlik tashuvchisini tayyorlab olish uchun ishlatiladigan, yadro klassidagi ionalishtirgich membranalarni tayyorlab olish uchun foydalaniluvchi asosiy tarkibiy qismdir.

Litiy-7 yetkazib berish tanderida ishtirok etish tashabbusini «Rusatom – Xalqaro tarmoq» (RXT) ko‘tarib chiqdi. Mazkur kompaniya Rosatom tasarrufida bo‘lib, uning manfaatlarini xorijiy bozorlarda taqdim etadi. «Bunday biznes-imkoniyat ushbu mahsulotni olg‘a surish bo‘yicha sa’y-harakatlarimiz sharofati bilan paydo bo‘ldi. Biz Braziliya AES operator-kompaniyasi bo‘lgan, Eletronuclear bilan bog‘landik, hamda o‘zimizning yangi mahsulot haqida gapirib berdik. Hamkorlarimiz an’anaviy yetkazib beruvchilari qatorida bizni ham uni yetkazib berish tenderida ishtirok etish uchun taklif qildilar. «Rosatom Lotin Amerikasi» mintaqaviy markazi va «Rusatom – Xalqaro tarmoq» markaziy ofisi jamoalarining bir yoqadan bosh chiqarib ish yuritganligi sharofati bilan biz g‘alabaga erishdik», – deb izoh beradi «Rosatom Lotin Amerikasi» mintaqaviy markazining biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Gonsalo Kastilo (Gonçalo Castillo). Yetakzib berish hajmi – 100 kg dan ortiq. Yaqin vaqt orasida yana bir shartnoma imzolanib, buyurtmachi litiy-7 mahsulotiga joriy yil davomida ega bo‘ladi.

«Rosatom – litiyli mahsulotlari jahon bozorining yetakchi o‘yinchilaridan biri va ishonchli yetkazib beruvchidir. Novosibirsk kimyoviy konsentratlar zavodi mana 60 yildan ortiq vaqt o‘tibdiki, hamon turli xil litiyli birikmalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mavjud bo‘lib, u buyurtmachilarning talablariga muvofiq yuqori darajali kimyoviy tozalikni ta’minlay oladi», – deb ta’kidlaydi «TVEL» «Maxsus kimyo» biznes-yo‘nalishi diretori Mixail Metelkin.

Hamkorlikning boyitilishi

Litiy-7 yetkazib berish – Rosatomning Braziliya bilan atom sohasidagi hamkorlik chegaralarini kengaytirishdir.

Jumladan, o‘tgan yilning dekabr oyida (Rosatom tasarrufidagi) «Texsnabeksporta» kompaniyasining Internexco GmbH sho‘ba kompaniyasi Braziliyaning Industrias Nucleares do Brasil (INB) davlat korxonasi bilan «Angra» AES uran mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini 2023-2027 yillar mobaynida to‘liq ta’minlab berish yuzasidan shartnoma tuzdi.

Shartnoma, 2022 yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan, ochiq xalqaro tender natijalariga ko‘ra tuzildi. Aynan Internexco GmbH uning g‘olibiga aylandi. Bu Rosatom tarixida, boyitilgan uran mahsuloti yetkazib berish yuzasidan tuzilgan, dastlabki uzoq muddatli shartnoma bo‘lib qoldi. U, 2019 yilda tuzilgan, niyat kelishuvi natijalaridan biri bo‘ldi. Kelishuv doirasida tomonlar yadro yoqilg‘ilik sikli segmentidagi qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishmoqda.

Bundan tashqari, litiy-7 yetkazib berish – izotop mahsulotlar segmentidagi hamkorlikni kengaytirish hamdir. Eslatib o‘tamiz, Davlat korporatsiyasi hozirgi paytda Braziliya tibbiy izotoplarga bo‘lgan ehtiyojining 50 foizgacha ulushini ta’minlab kelmoqda va mamlakat yadro meditsinasi ehtiyojlari uchun izotop mahsulotlar yetkazib beruvchilarning eng yiriklaridan biriga aylangan.

Bo‘lajak AES lar bilan bog‘liq umidlar

2022 yilning sentabr oyida Rosatom Braziliyaning ENBPar xolding kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv memomrandumini imzoladi. Kompaniya Eletronuclear orqali «Angra» AES ekspluatatsiyasini nazorat qilib turadi va gidroelektroenergetik loyihalarni olib boradi. Shuningdek, u uran qazib olish va yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda.

Memorandumi doirasida ENBPar va Rosatom, yuqori va kam quvvatga ega bo‘lgan, AES lar qurish va ulardan foydalanish, hamda yadro yoqilg‘ilik sikli sohasida hamkorlik qilishadi. Bundan tashqari, tomonlar, atom sohasi uchun xizmatlar ko‘rsatish va mahsulotlar yetkazib berishga yo‘naltirilgan, kompaniyalar klasterini shakllantirish uchun texnologiyalarni taqdim etish to‘g‘risida, gidroelektrostansiyalarni ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va modernizatsiya qilish sohasida birgalikda ishlash haqida, shuningdek aholining xabardorligini oshirish to‘g‘risida kelishib oldilar. «Biz Rosatom tajribasidan foydalanib, yadro energetikasidagi butkul ishlab chiqarish sikli haqida ko‘proq bilib olmoqchimiz va ushbu ilg‘or tajribani Braziliyada joriy qilmoqchimiz», – deb aytdi ENBPar prezidenti Ney Zanella dos Santos.

2022 yilning noyabr oyida Rosatom va ENBPar o‘zaro hamta’sirda bo‘lishni davom ettirdilar. Ney Zanella dos Santos «Atomekspo» anjumanining yalpi majlisida nutq qilib, modulli kichik reaktorlaridan Braziliyaning olis tumanlarida foydalanishning keng istiqbollari majudligi haqida xabar qildi. Mamlakat rejalariga shuningdek «Angra» AES uchinchi blokini qurib yakunlash (foydalanishga topshirish 2027 yilga rejalashtirilgan) va yana yangi bloklarni qurish kiradi. Keyingi 30 yil mobaynida Braziliya yana 10 GVt yangi atom quvvatlar qurishni taxmin qilinmoqda.

«Bundan tashqari, Eletronuclear bozorni tadqiq qilishda qatnashishni bizga taklif etdi, qaysiningki yakunlariga ko‘ra «Angra-1» va «Angra-2» AES larga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tender o‘tkaziladi», – deb yakunladi Gonsalo Kastilo.

Rusatom Xalqaro Tarmoq

Rosatom manfaatlarini chet elda ifodalovchi kompaniyadir. 14 ta xorijiy mintaqaviy markazlar, mamlakatga doir ofislar va biznes vakolatxonalaridan iborat tarmoq Rossiya atom sanoati korxonalariga, zamonaviy texnologiyalar yetakchisining xalqaro faoliyatga oid eng yuqori standartlariga javob bergani holda, butun jahon bo‘ylab o‘z sheriklari bilan samarali hamkorlik qilish imkonini beradi.

«Texsnabeksport» AJ (TENEX brendi)

Jahondagi yadro yoqilg‘ilik sikli (YaYoS) mahsulotlari yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalardan biridir. Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari – uran qazib olish («Texsnabeksport» tarkibiga uran qazib oluvchi Uranium One kiradi), Rossiya korxonalarining uran mahsulotlarini yetkazib berish, ishlatilib bo‘lgan yadro yoqilg‘isi bilan muomala qilish bo‘yicha xizmatlar va logistika xizmatlari. Shuningdek, «Texsnabeksport» litiy qazib olish va bioyoqilg‘i ishlab chiqarish loyihalarini ham rivojlantirmoqda.