“Rosatom” elektr harakatiga yetib keldi
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#278Iyun 2024

“Rosatom” elektr harakatiga yetib keldi

tarkibga qaytish

Elektr harakati – bu “Rosatom”ning ahamiyatli va tez o‘sib borayotgan yangi biznesidir. Batareyalar ishlab chiqarish boʻyicha ikkita yirik zavod qurilmoqda, kelasi yilda elektr dvigatellar ishlab chiqarish zavodi ishlay boshlaydi, elektr quvvati infratuzilmasi rivojlanmoqda. Bularning barchasi Rossiyada to‘laqonli elektromobil sanoatini rivojlantirishga yordam beradi.

“Rosatom” 2019 yilda elektromobillar mavzusi bilan shug‘ullana boshlagan. Ular ushbu yo‘nalish tez sur’atda o‘sishiga umid qilishgan. Elektromobillik shaharlardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beradi, shovqin darajasini pasaytiradi va shu bilan odamlarning hayot sifatini oshiradi. Bundan tashqari, elektromobillar – bu elektr energiyasining yangi va muhimroq iste’molchisi hisoblanadi. Muhimi, elektr energiyasi manbai ham toza bo‘lishi lozim. “Rosatom” misolida ham shunday bo‘lmoqda, chunki davlat korporatsiyasining atom elektr stansiyalarida uglerodsiz elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Barcha omillarni hisobga olgan holda, “Rosatom”da elektromobil segmenti uchun turli tarkibiy qismlar va mahsulotlarni rivojlanishga qaror qilindi. Asosiy yo‘nalishlardan biri – har xil elektr transport turlari uchun tortish batareyalari hamda sanoat va elektroenergetika korxonalari uchun elektr energiyasini to‘plash tizimlarini ishlab chiqarishdir. Hozircha korxonalarning ishlab chiqarish quvvati katta emas – yiliga 450 MVt⋅soat. Ammo 2025 va 2026 yillarda, ikkita (Kaliningrad va Moskvadagi) fabrika ishga tushirilgandan so‘ng u yiliga 8,5 GVt⋅soatgacha o‘sadi. Bu 100 mingga yaqin elektromobilni batareya bilan taʼminlash imkonini beradi. Shuningdek, 100 dan ortiq patent olgan uchta R&D-markazi ishlab turibdi.

Batareyalar Rossiyalik elektromobil ishlab chiqaruvchilari tomonidan katta talabga molik bo‘lishi allaqachon aniq. Bunday avtomobillar tannarxining 40%ga yaqini batareyaga toʻgʻri keladi, shuning uchun “Rosatom” o‘z hamkorlari bilan birgalikda “batareya xizmat sifatida” konsepsiyasini ishlab chiqmoqda: batareya elektromobil narxidan chiqarib tashlanadi, egasi esa u uchun har oy lizing to‘lovini amalga oshiradi. Muayyan buzilish darajasidan so‘ng batareya keyinchalik undan yumshoqroq zaryadlash va zaryadsizlantirish rejimlarida statsionar sharoitda foydalanishi mumkin boʻlgan ishlab chiqaruvchiga qaytariladi. Shunday qilib, ishlab chiqaruvchi batareyadan uning foydali ekspluatatsiya qilish muddatini uzaytirish hisobiga undan samaraliroq va ekologik tarzda foydalana oladi. O‘z navbatida, iste’molchi qulayroq xarid qilish sharoitlariga va o‘z elektromobilining xizmat koʻrsatish  muddatini uzaytirib, istalgan vaqtda batareyani yangisiga almashtira olishiga boʻlgan ishonchga ega boʻladi.

Xom ashyodan avtomobilgacha

Texnologik mustaqillikni ta’minlash uchun litiy xom ashyosidan boshlab to‘liq ishlab chiqarish zanjiri saf tortadi. Rossiyada “Rosatom”ning kon-ruda divizioni Murmansk oblastida joylashgan Kolmozerskiy litiy koni negizida litiy birikmalarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihani ishlab chiqmoqda. Xorijda “Rosatom” tuzilmasidagi litiy yo‘nalishini “Uranium One Group” kompaniyasi rivojlantirmoqda. O‘tgan yili u Boliviyaning YLB (Yacimientos de Litio Bolivianos) davlat kompaniyasi bilan litiy karbonati ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat majmuasini yaratish bo‘yicha ramkali bitimni imzoladi. Yonilg‘i divizioni yonilg‘i kataklarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan materiallar — katodlar, anodlar va elektrolitlar yaratish bilan shug‘ullanadi.

Ikkinchi yo‘nalish — elektromobillar uchun elektr uzatmalar ishlab chiqarish. Kelgusi yilda “Rosatom” elektr transportining yana bir muhim tarkibiy qismi – integratsiyalangan tortuvchi elektr uzatmalarni seriyaviy tarzda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ilk elektr uzatmalar 2025 yildan boshlab “Moskvich” avtomobil zavodida ishlab chiqariladigan “Atom” elektromobiliga o‘rnatiladi.

Faoliyatning uchinchi yo‘nalishi – elektron bloklar ishlab chiqarish.

To‘rtinchisi – avtomobillarni konstruksiyalash, dizayn qilish va kompozit materiallardan korpuslar yaratish. “So‘nggi milga” yetkazib beruvchi shunday avtomobil-furgonning futuristik dizayndagi konsepti – “Atomexpo-2024” ko‘rgazmasida taqdim etildi. Konseptning farqlovchi xususiyati – universal platforma bo‘lib, uning negizida hatto katta boʻlmagan hajmlarda (yiliga taxminan 2-10 ming dona) avtomobil ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan foydalidir.

Va nihoyat, beshinchi muhim yo‘nalish – elektr yonilg‘i quyish infratuzilmasini yaratish. O‘tgan yili “Rosatom”ga elektr yonilg‘i quyish majmualarini ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlari va vakolatlariga ega bo‘lgan, bozor yetakchisi hisoblangan “Parus Electro” kompaniyasi qo‘shildi. Ularning negizida “Rosatom” ham tez, ham sekin zaryadlash tarmoqlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Parallel ravishda muqobil yo‘nalish – tezkor robotlashtirilgan (2 dan 10 daqiqagacha) batareya almashtirish tizimini yaratish ishlab chiqilmoqda. Mijozlardan biri bilan tajriba loyihasi ishga tushirildi, ish parametrlarini qayta ishlash chiqilmoqda va ko‘lamlashtirishga tayyorgarlik bormoqda.

“Rosatom” elektromobillilik bozorining barcha asosiy segmentlarida taqdim etilgan, ammo sheriklar bilan yaqin o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Davlat tuzilmalari bilan birgalikda me’yoriy bazani ishlab chiqmoqda va elektr yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini joylashtirish bo‘yicha shahar loyihalarida ishtirok etmoqda. Elektromobil ishlab chiqaruvchilar bilan ular elektromobillarni hamyonboproq qilishlari va shu bilan ushbu bozor segmentini oshirish imkonini bershi kutilayotgan hamkorlik modellari ustida ishlamoqda. Va nihoyat, “Rosatom” iste’molchilar orasida elektromobillilikni ommalashtirmoqda va, uni iloji boricha qulayroq qilishga intilgan holda foydalanuvchi tajribasini o‘rganmoqda.

Xorijiy sheriklar bilan hamkorlik boʻyicha misollar keltirish mumkin. Demak, “Rosatom” Belarusiyalik trolleybus ishlab chiqaruvchilari uchun o‘z navbatida Sankt-Peterburg yo‘lovchi transporti saroyini to‘ldiradigan kuchaytirilgan avtonom yurishli to‘plagichlarni yetkazib beradi. Elektromobillilik segmentidagi yechimlar bilan tashqi bozorlarga chiqish – ushbu biznes vazifalaridan biridir. “Bizning barcha yo‘nalishlarimiz tashqi bozorlarga chiqishni ko‘zda tutadi. Bu juda muhim, chunki bu bizning jahon miqyosida raqobatbardosh ekanligimizni anglatadi”, – deb bfyonot berdi TVEL “Rosatom” yonilgʻi kompaniyasi prezidenti Natalya Nikipelova “Atomexpo” koʻrgazmasida.