100 yilga mo‘ljallangan uran
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#265May 2023

100 yilga mo‘ljallangan uran

tarkibga qaytish

Aprel oyining boshlarida IAEA ning “Uran-2022: zaxiralar, ishlab chiqarish va talab-ehtiyoj” mavzusidagi navbatdagi hisoboti nashr qilindi. Unda nafaqat 2020 yil yakunlari, hamda hisobotning avvalgi soni chiqqanidan keyin o‘tgan, ikki yil ichidagi o‘zgarishlarni qayd qilingan bo‘lib, balki uran bozoriga ta’sir ko‘rsatgan va nisbatan keyinroq bo‘lib o‘tgan, voqealarga ham baho berilgan. Bu Yevropadagi energetik inqiroz, ta’minot zanjiridagi uzilishlar va uran chala oksidining narxlari bir funtiga taxminan $50-51 gacha ko‘tarilganligi ta’siridir. Jami omillar yig‘indisi zaxiralarni balandroq xarajat bilan qazib olishni iqtisodiy jihatdan oqladi, hamda shu bilan atom elektr stansiyalarining ta’minlanganlik muddatini 100 yilgacha oshirdi.

Jahon uran sohasining ish yakunlariga ko‘ra, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) va Yadro energiyasi bo‘yicha agentlik (YAEA) tomonidan tayyorlangan, hisobot 2022 yilning oxiridayoq chiqqan bo‘lishi kerak edi, biroq uning nashri hayallab qoldi. Bunday kechikishga qaramay, hisobot yili o‘zgarmadi.

Zaxiralar

2019-2020 yillarda dunyo bo‘ylab uran zaxiralari 2 foizga kamaydi, holbuki bundan avvalgi ikki yillik ichida esa ular taxminan 1 foizga oshgan edi. Shu tariqa, uran qazib olish tannarxi $260/kg gacha ($100/funtgacha uran chala oksidi) bo‘lgan, o‘z ichiga shu jumladan past tannarxli zaxiralarni ham kirituvchi, aniqlangan zaxiralar (identified resources) 8 mln tonnadan sal ko‘proq uran miqdoridan sal kam 7,92 mln tonnagacha kamaydi. Pasayish 152,9 ming tonnadan yoki 1,9 foizdan iborat bo‘ldi. $40/kg ($15/funt uran chala oksidi) toifasidagi zaxiralar nisbatan ko‘proq, ya’ni 28,2 foizgacha – deyarli 1,1 mln tonnadan sal kam 776 ming tonnagacha kamaydi. $80/kg ($30/funt uran chala oksidi) toifasida pasayish atigi 0,8 foizni, bir kilogramm uchun $130 ($50/funt uran chala oksidi) toifasida esa – 1,1 foizni tahshkil etdi.

Ishonchli baholangan zaxiralar guruhidagi (reasonably assured resources, aniqlangan zaxiralar tarkibiga kiradi) $40/kg gacha bo‘lgan toifada sodir bo‘lgan o‘zgarishlar yanada larzaga soladiganroq bo‘lib – bundagi pasayish 38,6 foizni tashkil etdi, zaxiralar 744,5 ming tonnadan 457,2 ming tonnagacha kamayib ketdi. Boshqa toifalardagi pasayish ancha kam ahamiyatli bo‘ldi – $80/kg gacha toifada 2,6 foizga (1,21 mln tonnagacha); $130/kg gacha toifada – 0,6 foizga (3,81 mln tonnagacha) va $260/kg gacha toifada – 0,7 foizga (4,69 mln tonnagacha) pasayish ro‘y berdi.

“Bu pasayish asosan Qozog‘iston va Kanadadagi zaxiralarning kamayib ketishi va ularni toifalar bo‘yicha qayta taqsimlanishi oqibatida ro‘y berdi. Shuningdek, ushbu va boshqa uran ishlab chiqaruvchi mamlakatlardagi zaxiralarning pasayib ketishiga bortlanuv chegaralarini baholashning o‘zgarishi, kavlab olinuvchanlik to‘g‘risidagi yavnada mukammalroq ma’lumotlar, valyuta inflyatsiyasining ta’siri va bundan muqaddam aniqlangan uran zaxiralarini qayta baholash ta’sir ko‘rsatdi, – deb tushuntirish berishdi hisobot mualliflari. Jumladan, Kanadadagi qayta baholash o‘tkazilganidan so‘ng, $40/kg gacha toifada umuman zaxira qolmadi. Bunday zaxiralar mavjudligi to‘g‘risida faqat Argentina (2,4 ming tonna), Braziliya (138,1 ming tonna), Xitoy (73,2 ming tonna), Qozog‘iston (502 ming tonna), Ispaniya (8,1 ming tonna) va O‘zbekiston (52,1 ming tonna) mamlakatlari e’lon qildilar, xolos. Qolaversa, hisobot mualliflari eng past narxlarga mansub ikkita toifadagi ma’lumotlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga chaqirmoqdalar, “chunki arzon narxli manbalar bo‘yicha hisob-kitoblarni ba’zi mamlakatlar, asosan axbrotni sir saqlash nuqtai-nazaridan kelib chiqib, o‘zlarida hech qachon yoki yaqin paytlargacha umuman uran qazib olinmagan, boshqa mamlakatlar esa uran qazib olishga ketadigan, sarf-xarajatlarini ataylabdan pasaytirib baholashlari ham mumkin”.

Nisbatan yuqoriroq ($40/kg dan ortiq $260/kg gacha) tannarxga ega bo‘lgan, uchta toifalarda esa zaxiralar Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va MAR mamlakatlarida qisqarib ketdi. Mongoliya, Xitoy va Turkiya mamlakatlari uchun zaxiralar baholovi qayta ko‘rib chiqildi. Aynan o‘sha toifalardagi zaxiralarning o‘sgani haqida Gviana, Vengriya, Hindiston, Malavi, Mavritaniya, Mongoliya, Namibiya, Niger va Paragvaylar e’lon qildilar. Bular hanuzgacha davom ettirilyotgan geologik qidiruvlar va yangi kashflar natijasidir.

Qayta tiklanadigan zaxiralar uchun eng past narx kategoriyasida SEI uchun xom ashyo (457,3 ming tonnadan 291,56 ming tonna) ustunlik qiladi. Xarajatlari nisbatan yuqori bo‘lgan uchta toifada yer osti qazib olishning ahamiyati o‘sib bormoqda – zaxiralar uranning bir kg uchun $80 bo‘lgan toifada 1,21 mlrd tonnadan 549,6 mln tonnani tashkil etadi; $130/kg bo‘lgan toifada 3,81 mln tonnadan 2,14 mln tonnani va $260kg gacha bo‘lgan toifada 4,69 mln tonnadan 2,62 mln tonnani tashkil etadi. Har ikkita yuqoridagi toifada ham uyurib ishqorlab yuvish ulushi ortib bormoqda – ushbu texnologiya uchun zaxiralar mos ravishda 268,22 ming tonna va 323,57 ming tonnani tashkil etadi.

Qidiruv

Qidiruvga ketadigan sarf-xarajatlarini ishonchli baholash – o‘ta mushkul vazifadir, chunki hamma mamlakatlar ham zaruriy ma’lumotlarni taqdim etavermaydi. “Ba’zi mamlakatlar o‘z hisobotlariga chet ellarda sarflangan xarajatlarni kiritmaydi (yoki yaqin vaqtlargacha kiritmay kelgan), shuning uchun bunday ma’lumotlarni to‘liq deb aytish mumkin emas. Ma’lumki, Kanada va Avstraliyaning xususiy kompaniyalari mamlakat tashqarisiga sarmoya kiritgan, hamda ehtimol chet elda uran konlarini qidirish va o‘zlashtirishga eng ko‘p sarmoya kiritgan bo‘lishlari mumkin, ammo so‘nggi bir necha yil mobaynida ushbu mamlakatlar hukumatlari bu haqda hech qanday ma’lumotni ovoza qilmagan”, – deb ta’kidlaydi hisobot mualliflari. 2008 yildan buyon faqatgina to‘rtta mamlakat (Xitoy, Fransiya, Yaponiya va Rossiya) o‘z mamlakatlari hududidan tashqarida o‘tkazilgan geologik qidiruv ishlariga ketgan xarajatlar haqida ma’lumotlar taqdim etgan, xolos. Biroq qaralayotgan hisobot nashri uchun Xitoy ularni taqdim etmadi. 2019 yilda va, ehtimol, 2020 yilda ham xorijiy uranni geologik qidiruvlariga investitsiyalar kamida 2014 yildan beri eng past darajaga tushib ketdi. O‘za davrda sarf-xarajatlar $801 mln, 2019 yilda esa – atigi $56,82 mln bo‘lib – 14 karra pasayish ro‘y berdi.

2019 va 2020 yillar mobaynida o‘z mamlakatlarida uranni geologik qidirishga solingan investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 19 mamlakat yangiladi. Kiritilgan sarmoyalar miqdori 2015 yilga nisbatan 71 foizga– 2015 yildagi 876,5 mln dollardan 2020 yilda 251,3 mln dollargacha kamayib ketdi. Biroq, eng so‘nggi raqam Xitoy sarmoyalarini hisobga olmaydi, chunki Samo osti mamlakati 2020 yil uchun ma’lumot taqdim etmagan. 2019 yilda Xitoy $154 mln investitsiyalar hajmi bilan ikkinchi o‘rinda edi.

19 mamlakat orasida uran geologik qidiruviga investitsiyalar bo‘yicha yetakchi – Kanada bo‘ldi. 2019 yilda unga $210,7 mln sarmoya kiritilgan bo‘lsa, 2020 yilda esa – u $140,88 mln bo‘ldi. Hindiston mos ravishda $66,17 mln va $47,81 mln hajmidagi xarajatlar bilan 2019 yilda uchinchi va 2020 yilda ikkinchi o‘rinni egalladi. Jahondagi hammaga ma’lum oshkora sarf-xarajatlarning umumiy hajmi 2019 va 2020 yillarda mos tarzda $508,47 mln va $251,31 mln miqdorni tashkil etdi.

“Qizil kitob” yangi nashrining o‘ziga xos xususiyati burg‘ulash hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar umumlashtirilgan jadvalni nashr etilishidir. Axborot 15 mamlakat tomonidan jo‘natilgan, ammo ulardan 9 tasi – ma’lumotlarni faqat qisman keltirgan. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, 2018 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda faqat Namibiya va Misrlargina burg‘ulash hajmlarini oshirgan, qolgan mamlakatlarda burg‘ulash izchil ravishda kamayib borgan yoki yaqqol o‘zgarishlarni namoyon qilmagan. Ma’lumotlar, uzuq-yuluqligiga qaramay, ular baholanayotgan davrda “dunyo bo‘ylab o‘rtacha” burg‘ulash hajmlarining pasayayotganligini taxmin qilishga asos beradi.

Bundan tashqari, mualliflar 2021 yil uchun uranni geologik qidirish va burg‘ulashga solingan investitsiyalar hajmi to‘g‘risida ma’lumot to‘pladilar. Hatto dastlabki va to‘liq bo‘lmagan ko‘rsatkichlar ham uranni geologik qidirishdagi pul sarfi va burg‘ilangan metrlarimiqdori bir yil avvalgidan ko‘ra ko‘proq bo‘lganligini taxmin qilishga imkon bermoqda.

Talab-ehtiyoj

Hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan va jami elektr quvvati 393 GVt bo‘lgan, 442 ta atom energiya bloklari uchun yiliga taxminan 60,1 ming tonna (avvaldan ishlab kelayotgan reaktorning 1 GVti uchun 150 tonna) uran talab qilinadi. Jahon atom energetikasini rivojlantirishning pessimistik ssenariysi, 2040 yilga borib, ishlab turgan bloklarning umumiy quvvati “yo‘q deganda” 394 GVtni tashkil qilishini taxmin qiladi. Optimistik ssenariy – 677 GVt bo‘lib, bu 2020 yil darajasidan taxminan 70 % ko‘proqdir. Tegishli tarzda, uranga bo‘lgan ehtiyoj ham – ssenariyga bog‘lq ravishda, yiliga 63 ming tonnadan 108,2 ming tonnagacha o‘zgarab boradi. O‘rnatilgan quvvatlarning eng katta o‘sishi Sharqiy, Markaziy va Janubiy Osiyoda, shuningdek Yaqin Sharqda kutilmoqda. Yevropada atom quvvatlari, eng yaxshi vaziyatda, mavjud darajada qoladi, pessimistik ssenariyda – u hozirgi hajmining choragigacha tushib ketadi. Afrika, Markaziy va Janubiy Amerikada kamtarona o‘sish kutilmoqda. Shimoliy Amerikada chamalovlar diapazoni quvvatlarning 42 foizga qisqarib ketishidan tortib, to 2020 yil miqyosiga nisbatan 3 foizga o‘sib borishlar aro variatsiyalanadi.

Talab va takliflar aro nisbatlar

“Qizil kitob” ushbu bo‘limi uran miqdori AES lar ehtiyojlarini qondirish uchun yetarlimi yoki yana qachongacha yetarli bo‘la oladi, degan savolga javob beradi.

Mutaxassislar tomonidan qayd etilgan moyilliklardan biri – reaktorlar ehtiyojlarining umumiy hajmida tabiiy uran ulushining kamayib borayotganligidadir. Xususan, agar 2019 yilda u 86 foizdan iborat bo‘lsa, 2020 yilda – 79 foizgacha kamayib ketdi. Biroq, qazib olish hajmlarining qisqarishi AES larni yoqilg‘i bilan ta’minlanishiga ta’sir ko‘rsatmadi. Kamomad, “ikkilamchi” deb ataladigan, manbalar tomonidan qoplandi. Ikkilamchi ta’minotning bunday manbalariga davlat va tijoratning ortiqcha zaxiralari, avval ishlatilgan yoqilg‘ini qayta ishlash, uranni boyitish fabrikalari tomonidan sotilishi, kuchsizlashgan uran chiqindi-qoldiqlarini qayta boyitish natijasida olingan uran, shuningdek yuqori darajada boyitilgan uranni “aralashtirish” natijasida olingan kam boyitilgan uran kiradi. Bunday manbalarning hajmini taxmin qilish juda qiyin, chunki ular haqidagi ma’lumotlar yashirin holatda.

Takliflarning kengayishiga yana bir omil – narxlarning taxminan $50/funt uran chala oksidi darajasigacha ko‘tarilishi sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Uning ta’siri ta’riflab o‘tilgan ikki yildan so‘ng ta’sir qila boshladi, ammo 2040 yilgacha bo‘lgan bashorat qilishda e’tiborga olindi. Bundan tashqari, 2020 yilda – pandemiya, 2021 yilda – Yevropadagi energiya inqirozi va 2022 yilda – Rossiyaga qarshi sanksiyalar zug‘umi oqibatida yetkazib berish zanjirlarining uzilishi tufayli xaridorlar uran yetkazib berilishini o‘zlari uchun kafolatlab olish niyatida uzoq muddatli shartnomalarni imzolash tartibiga qayta boshladilar. Bu omillarning barchasi uranni yuqoriroq narxlarda qazib olishni iqtisodiy jihatdan foyda keltiruvchan qilib qo‘ydi. Agar ilgarilari yadro yoqilg‘isi aylanish siklining uran bilan ta’minlangan ekanligini baholash uchun faqatgina $40/kg, maksimum – $80/kg gacha toifadagi zaxiralarni ko‘rib chiqish biror ma’noga ega bo‘lgan bo‘lsa, endilikda tannarxi $130/kg gacha bo‘lgan uranni qazib olish iqtisodiy jihatdan ma’noga ega bo‘lib qoldi. Agar narx-navo 2019-2020 yillar darajasida, ya’ni $78/kg dan pastroqligicha qolgan taqdirda, unda 2040 yilga kelib, mualliflarning baholovlariga ko‘ra, tannarxi $80/kg dan past bo‘lgan qazib olinadigan aniqlangan zaxiralarning 80 foizi qazib olingan bo‘lar edi. Qazib olinish tannarxi qimmatroq bo‘lgan, qazilmalarni qayta ishlashga jalb qilish imkoniyatini ta’minlay oladigan, joriy narx-navolarda, $130/kg gacha toifa mansub bo‘lgan, aniqlangan qazilma zaxiralar atigi 26 foizga kamayadi, xolos. “Demakki, bunday bozorga oid va iqtisodiy sharoitlarda, har bir kilogramm uran uchun $80 dan pastroq (bu bir funt U308 uchun $30 ga mutanosib bo‘lib, ya’ni uranning 2021 yil boshidagi o‘rtacha narxi ekvivalentdir) toifaga mansub bo‘lgan, aniqlangan qayta tiklanadigan zaxiralar reaktorlar uchun uranga bo‘lgan umumjahon ehtiyojlarini faqat taxminan 30 yil davomida (uranga bo‘lgan umumjahon talabining 2020 yil darajasida saqlanib qolgan iaqdirda) qoplab turish uchungina yetarli bo‘ladi, xolos. Bir funt U308 uchun, 2021 yil o‘rtalaridan 2023 yil boshigacha bo‘lgan davr mobaynida shakllangan, o‘rtacha bozor narxlari taxminan $50 (bir kilogramm uran uchun $130) bo‘lgan taqdirda, tiklanadigan zaxiralar bazasining taxminan 75 foizini qazib olish iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lishi mumkin, bu taxminan uranga bo‘lgan ehtiyojlarni qariyb 100 yilga qoplay oladi”, – deb xulosa chiqaradi “Qizil kitob” mualliflari.

Shunday bo‘lsada, ular faqat uranga narx-navolarning oshishigina yetarli emas ekanligini yodga solishmoqda. Uni ishlab chiqarishning zaruriy miqyosini ta’minlash uchun qidiruv, konlarni qurishga va xom ashyo qazib olishga o‘z vaqtida investitsiyalar kiritish, shuningdek mutaxassislarning malakasi yuqori darajali bo‘lishi zarur.

Siyosiy va iqtisodiy vaziyatning shiddat bilan o‘zgarib borishi butun dunyo davlatlari tomonidan atom energetikasi angalb idrok qilinishining o‘zgarishiga olib keldi. “[Ushbu o‘zgarishlar] 2022 yilda Yevropadagi, geosiyosiy sabablar keltirib chiqargan, jiddiy energetik inqiroz oqibattda vujudga kelganligini e’tiborga olib, 2024 yildagi “Qizil kitob”da biz ushbu hodisalarning uranga bo‘lgan talab va takliflarga ko‘rsatgan ta’siri haqida to‘liqroq tasavvur berishga harakat qilamiz”, – deb va’da qiladi mualliflar.

Hozirchalik esa, ro‘y berayotgan o‘zgarishlar atom energetikasining foydasi tomon shakllanmoqda: “Ishlab chiqarishning qisqarishi, investitsiyalarning sekinlashishi va uranga bo‘lgan narx-navoning nisbatan past bo‘lgan davrdan so‘ng, tez o‘zgaruvchan bozor va siyosiy sharoitlar kelgusi yaqin o‘n yilliklarda uran bozorining sezilarli darajada kengayishi uchun rag‘bat yarata oladimi yoki yo‘qligini hali aniqlab olish zarur bo‘ladi”.