«Temirda» ijro etilgan qo‘rg‘oshin reaktor
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#265May 2023

«Temirda» ijro etilgan qo‘rg‘oshin reaktor

tarkibga qaytish

BREST-TN-300 reaktori – qog‘ozda emas, balki “temirda” ijro etilgan, hamda qo‘rg‘oshin issiqlik tashuvchiga ega bo‘lgan, nitrid yoqilg‘isida ishlovchi birinchi o‘ziga xos tezkor reaktordir. Uning asosiy vazifasi – yadro yoqilg‘isi siklini tutashtirib yopila olinishining va eng yangi reaktor texnologiyalarining ro‘yobi imkoniyatli va muvaffaqiyatini ekanligini namoyish etishdir.

Reaktor qanday tuzilgan va qay tarzda ishlaydi

BREST-TN-300 – “tabiiy xavfsizlikka ega tezkor reaktor, tajribaviy-namoyishga oid, quvvati 300 MVt”, – deb so‘zma-so‘z yoyiladi. Bunda ishlatiluvchi issiqlik tashuvchi – qizdirib eritilgan qo‘rg‘oshin. Yoqilg‘i – aralash nitrid uran-plutonli (ANUP). Reaktorli bino poydevoriga dastlabki beton 2021 yilning iyun oyida yotqizilgan.

Yangi issiqlik tashuvchi maxsus konstruksiyadan foydalanishni taqozo qiladi. BREST-TN-300 da faol zona, suyuq qo‘rg‘oshin bilan to‘ldirilgan, temirbeton basseynning markaziy bo‘shlig‘ida joylashgan. Bug‘ generatorlari va sirkulyatsiya nasoslari esa – chetki boshliqlarda o‘rnashgan.

Issiqlik tashuvchining qizib erish va qaynash haroratlari, o‘zgacha fizik xususiyatlari, shuningdek reaktor o‘ziga xos xususiyatlari eritmani ovlab olinish tuzog‘idan va ko‘p miqdorli ta’minlovchi tizimlardan voz kechishga, shuningdek reaktorga taalluqli bo‘lmagan uskunalarning xavfsizlik klassini kamaytirishga imkon berdi. Reaktor uskunasining integral konstruksiyasi va fizikasi, aholini evakuatsiya qilishni talab qiladigan, falokatlar yuz berishi ehtimolini istisno qiladi.

Reaktor ikki konturli sxemaga ko‘ra ishlaydi: yadro yoqilg‘isi birinchi konturdagi qo‘g‘oshinni qizdiradi, u esa bug‘ generatorida issiqlikni ikinchi konturdagi suvga uzatadi, qaysiki bug‘ ko‘rinishida energiyani elektr-generatorga o‘tkazuvchi trubinani aylantiradi. O‘z navbatida, u elektr-energiyasini ishlab chiqaradi.

BREST-TN-300 – tajribaviy namoyish etish energetik majmuasining (TNEM) bir qismidir. TNEM tarkibiga shuningdek uran-plutonli yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha modul va ishlatilib bo‘lgan yoqilg‘ini qayta ishlash bo‘yicha modullar kiradi. Energetik plutoniyga kuchsizlantirilgan uranni qo‘shib, karbotermik sintez texnologiyasidan foydalangan holda yoqilg‘ining yangi-yangi porsiyalari ishlab chiqariladi.

TNEM uchta elementi yoqilg‘ini siklli tarzda ishlab chiqarilishi, undan foydalanish va IYAYO qayta ishlanishining barqarorligini namoyish qilishi kerak. Amalda, bu YAYOS atom stansiyasi maydonchasining o‘zidayoq tutashib yopilishi demakdir.

Rivojlanishning turli jihatlari

Aprel oyining oxirida, qaysiningki maydonchasida TNEM qurilayotgan, Sibir kimyo kombinatida (SKK, “TVEL” takibiga kiradi) qizdirib eritilgan qo‘rg‘oshinni quyish uchun nasos namunasini yig‘a boshladilar. Agregat uchun yuqori darajada legirlangan po‘latlar va sopol materiallaridan foydalanilgan bo‘lib, uning vazni 30 tonnadan oshadi. Nasosni maydonchaga 2023 yil mart oyining oxirida yetkazib berildi. U montaj qilib bo‘lganidan so‘ng, eritilgan qo‘rg‘oshin solingan kolonka ichidagi maxsus stendda sinab ko‘riladi. BREST uchun mo‘ljallangan nasos 11 tonna eritilgan qo‘rg‘oshinni reaktorning birinchi konturi orqali haydab berishga qodir bo‘lib, buni qo‘rg‘oshin yuklatilgan, o‘rtamiyona o‘lchamli yuk tashish mashinasi kuzovining hajmi bilan solishtirsa bo‘ladi.

Ushbu yil davomida mutaxassislar nasosning bosim-sarflanma xususiyatlarini tekshirib ko‘radilar. Olingan natijalar asosida, kirilishi ehtimol qilinadigan, yaxshilanishlarni hisobga olgan holda, seriyali to‘rtta nasos agregati ishlab chiqariladi.

Novosibirsk kimyoviy konsentratlar zavodi (NKKZ, Rosatom tarkibiga kiradi) imitatsiya zonasini – yonilg‘i kassetalarining maketlarini yaratish ustida ishlamoqda. 2024 yil oxirida u tayyor bo‘lishi va TNEM ga jo‘natilishi taxmin qilinmoqda.

Bungacha BREST-TN-300 uchun IAEL va IAB ko‘plab tadqiqotlar va sinovlardan o‘tdi. Mana bunga eng so‘nggi misol: 2022 yil sentyabr oyida IGR (Qozog‘iston) impulsli reaktorida IAEL maketlarini sinovdan o‘tkazish va reaktordan so‘ng tadqiqot qilish ishlari yakunlandi. Natijada, hatto musbat reaktivlilikni kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan, loyihaviydan tashqari vaziyatlarda ham IAEL fe’l-atvori tajriba yo‘li bilan o‘z tasdig‘ini topdi.

Shu bilan bir qatorda, olimlar yoqilg‘i xususiyatlarini yanada yaxshilaydigan yangi materiallarni o‘rganmoqdalar. “NMYUTIITI” AJ (Rosatom tarkibiga kiradi) mutaxassislari joriy yilning fevral oyida, qalinligi 0,3 mm bo‘lgan, ferrit po‘latidan qilingan himoya qatlamiga ega bimetall quvurlarning tajribaviy partiyasini yasashdi. Bunday quvurlar qo‘rg‘oshin issiqlik tashigichli reaktorning IAEL lari qobig‘i sifatida ishlatilishi mumkin. Ular, shuningdek, faol sohadagi oraliq qoldiruvchi panjara kataklarining asosiga aylanishi mumkin. Yangi qurilish materiallari kelajakda qo‘rg‘oshin issiqlik tashigachli tezkor reaktordagi ANUP yoqilg‘isining yonib borish chuqurligini 20-25 foizga oshirishga yordam beradi va natijada undan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshiradi.

Shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. TNEM fabrikatsiyasi / refabrikatsiyasi modulining 30 nafardan ortiq xodimi mart oyida mantiqiy trenajyorda ta’lim olishdi. Mutaxassislar texnologik liniyada ishlash ko‘nikmalarini, texnologik jarayonlarni o‘tashni mashq qildilar, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda bajariladigan amallar tartibi bilan tanishdilar.

Joriy yilda SKK mutaxassislari uchun Beloyarsk AES tasarrufida ikki haftalik stajirovkalar boshlanadi.

Reaktorni qurilishi, uskunalarni montaj qilish va ishga tushirish, hamda IYAYO qayta ishlash modulini loyihalash bo‘yicha ishlar jadval bo‘yicha olib borilmoqda. TNEM ni 2030 yilda to‘liq ishga tushirish taxmin qiinmoqda.