Yangi degani, hali ilg‘or degani emas
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#264Aprel 2023

Yangi degani, hali ilg‘or degani emas

tarkibga qaytish

Mart oyining o‘rtalarida Yevropa komissiyasi chiqitlarning nol darajasi haqida qonun loyihasini (NZIA) qabul qilishni taklif etdi. Dekarbonizatsiya uchun, shu jumladan, «takomillashtirilgan» (advanced) yadroviy reaktorlaridan foydalanish rejalashtirilmoqda. Yevropada bular startaplarda ifodalangan. Ular rivojlanib bormoqda, ularga pul mablag‘lari solinmoqda, biroq ular, Rosatomda allaqachon «temirda» ro‘yobga chiqarilayotganilaridan farqli-o‘laroq, hanuzgacha faqat qog‘ozdagina mavjud, xolos.

Qisman ishga tushirilish

Yangi qonun loyihasining ko‘zlagan maqsadlari – «Yevropa Ittifoqida toza texnologiyalar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish va Yevropa Ittifoqining energetik o‘tishiga to‘liq tayyorgarligini ta’minlashdir». Qonunni ishlab chiquvchilar fikriga ko‘ra, tiklanuvchan energiyaning quyoshga oid fotoelektrik, quyoshga oid issiqlik, dengiz va yer usti shamol manbalari, akkumulatorlar va energiyani saqlash tizimlari, issiqlik nasoslari va energiyaning geotermal manbalari, elektrolizerlar va yoqilg‘i elementlari, biogaz/biometan, uglerodni ishg‘ol etib olish, energiyadan foydalanish va uni saqlab tura olish, elektr tarmoqli texnologiyalar, ekologiya jihatidan toza yoqilg‘ining muqobil turlari, minimal chiqindili yoqilg‘ilik sikliga ega bo‘lgan zamonaviy yadro texnologiyalari, modulli kichik reaktorlar va yoqilg‘ilarning tegishli ilg‘or turlari dekarbonizatsiyaga erishishga sezilarli hissa qo‘sha olishi mumkin.

Qonun loyihalar yaratish yo‘lidagi ma’muriy to‘siqlarni kamaytirishi, muddatlarni qisqartirishi va ruxsatnomalar berilishini soddalashtirishi kerak. Qonun, shuningdek, davlat xaridlari mobaynida chiqindilari nol darajali texnologiyalar uchun barqarorlik mezonlarini e’tiborga olib, hamda buning natijasi o‘laroq sotuvlarni ta’minlashni talab qiladi va mutaxassislarning malakasini oshirish uchun «nol darajali chiqindilar akademiyalar» (Net-Zero Industry Academies) yaratishni ko‘zda tutadi.

Biroq, atom energetikasi sohasidagi Nucleareurope savdo assotsiatsiyasi Nuclear europe atom texnologiyalarining Yevropa dekarbonizatsiyasiga qo‘shadigan bo‘lajak ulushi munosib tarzda baholanmagan deb hisoblaydi. Tashkilot bayonotida ta’kidlanishicha, «Yevropa komissiyasi yadro texnologiyalarini, aynan esa kichik modulli reaktorlarni (MMR) va takomillashtirilgan reaktorlarni Nol darajali chiqindilar haqidagi qonuniga (NZIA) qisman kiritishga qaror qildi. Bu to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam, biroq Nucleareurope faraziga ko‘ra, boshqa strategik texnologiyalar bilan bir qatorda butkul atom sohasini qonunga kiritish yo‘li bilan yanada sezilarliroq natijalarga erishish mumkin». «Biz butkul atom sohasini Nol darajali chiqindilar to‘g‘risidagi qonunga kiritish oson ish emasligini tushunamiz, shuning uchun qonun loyihasi matnida yadro texnologiyalar hech bo‘lmaganda eslatib o‘tilganligidan xursandmiz. Afsuski, bu hali etarli yemas», – deb aytdi Nucleareurope bosh direktori Iv Debazel.

Nucleareurope bayonotida, shuningdek, «NZIA sharofati bilan kelgusi yaqin yillar uchun tarmoq o‘yinchilari uchun o‘yin qoidalari o‘rnatiladi va energetik o‘tish uchun zarur bo‘lgan asosiy texnologiyalar yuzasidan Yevropa Ittifoqining strategik muxtorlik darajasi aniqlanadi. Shu munosabatga ko‘ra, atom sohasi 2050 yilga qadar uglerod neytralligiga erishish uchun zarur bo‘lgan texnologiyalarni taqdim etishga, ta’minot xavfsizligini ta’minlashga, Yevropa Ittifoqining barqarorligini va elektr energiyasining joizligini mustahkamlashga tayyor».

Biroq, aftidan, Yevropa amaldorlari faqat ilg‘or reaktorlar va KQAS – ya’ni mutlaqo yangi loyihalargina «ta’minot xavfsizligini ta’minlay olishi, Yevropa Ittifoqining barqarorligini va elektr energiyasining joizligini mustahkamlashi mumkin», deb hisoblar, shekilli.

Bunday loyihalar talaygina. Ushu yilning mart oyidayoq Yevropa atom startaplari to‘g‘risidagi uchta yangilik ovoza qilindi.

Startaplarga misollar. Buyuk Britaniya

Italiyaning Enel kopmpaniyasi, birinchi kichik AES ga bag‘ishlangan, Britaniyaning Newcleo startapida ulush sotib olimoqda. U, tezkor neytronlarda ishlaydigan, hamda qo‘rg‘oshli sovutilishga ega bo‘lgan, kichik modulli reaktorlarini ishlab chiqmoqda. Biroq, ushbu kompaniyaning veb-saytida 2022 va 2023 yillar mobaynida reaktorni ishlab chiqishda yuksalishga erishilgani to‘g‘risidagi birorta ham yangiliklar topilmadi. Faqat shunisigina ma’lumki, 2026 yilda kompaniya «suyuq metall, xususan, qo‘rg‘oshin bilan bog‘liq qiyinchiliklarni yengib o‘tish bo‘yicha» kompaniya yechimlarining test-sinovlarini o‘tkazish uchun uning elektrli prototipini qurishni rejalashtirilmoqda. 2030 yilda, quvvati 30 MVt bo‘lgan, minireaktor ishga tushirilishi kerak. Bu bilan bir vaqtning o‘zida kompaniya MOX-yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodiga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. 2032 yil uchun rejada – 200 MVt quvvatga ega bo‘lgan, qo‘rg‘oshinli issiqlik tashuvchili KQAS qurishdir.

Rossiyada, qo‘rg‘oshinli issiqlik tashuvchiga ega bo‘lgan, hamda nitridli uran-plutoniy yoqilg‘isida ishlaydigan, reaktorli kam quvvatli atom stansiyasi qurilishi allaqachon boshlab yuborilgan. QITTR (qo‘rg‘oshin issiqlik tashuvchili tezkor reaktor) kiritilgan, tajriba-sanoat namoyish energiya blokining poydevoriga dastlabki beton 2021 yilning iyun oyida solingan edi. Mazkur blok Seversk shahrida «Yorib o‘tish» loyihasi doirasida bunyod qilinmoqda. Sizga ushbu reaktor va quvvat blokining qurilishi haqida bundan keyingi nashrlarimizning «Reaktor texnologiyalari» ruknida batafsilroq so‘zlab beramiz.

Startaplarga misollar. Fransiya

Fransiya atom va muqobil energetika komissarligi (CEA) kichik modulli reaktorlarni ishlab chiqish uchun ikkita startap kompaniyasini tuzdi.

Ulardan biri – Hexana kompaniyasi. U, issiqlik energiyasining yuqori haroratli jamlovchisi bilan birgalikda ishlaydigan, tezkor natriyli kichik reaktorni yaratishi kerak. Stansiyada, har biri 400 MVt issiqlik quvvatiga ega bo‘lgan, ikkita KQR va uni elektr energiyasiga aylantiruv tizimiga ega bo‘lgan, issiqlik energiyasini jamlash bloki o‘rnatiladi. Reaktor uchun uran-plutoniy oksidli aralash yoqilg‘i ishlatilishi taxmin qilinmoqda.

Stansiya moslashuvchan bo‘lishi kerak – ya’ni tarmoqqa elektr energiyasini iste’mol miqyosiga qarab yetkazib berishi va gazli stansiyalar bilan raqobatlasha olishga qodir bo‘lmog‘i lozim.

Rossiyada atom sohasining deyarli boshidanoq tezkor natriy texnologiyalari o‘rganilib, rivojlantirila boshlagan edi. Ham tadqiqot, ham energetika reaktorlari qurila boshlagan edi. Biroq, energetika segmentidagi ganakni dov kichik reaktorlarga emas, balki katta reaktorlarga tikilgan bo‘lib, ularning quvvati izchillik bilan 350 MVt (BN‑350) dan to 800 MVt (BN-800) gacha oshirib borildi. Keyingi qadam – quvvati 1200 MVt bo‘lgan, BN-1200 reaktorli blokini qurishdan iborat. Yangi blok uchun mo‘ljallangan, maydonchada allaqachon – texnogen sharoitlarni tahlil qilish, aviatsiya vaziyati, suv-xo‘jalik sharoitlari bo‘yicha yaroqliligini baholash singari va boshqa muhandislik tadqiqotlari boshlab yuborilgan.

Fransiyaning bo‘lak startapini Stellaria kompaniyasi rivojlantirmoqda. U xloridlarda ishlaydigan reaktorli energetika tizimini ishlab chiqmoqda. Ushbu suyuq-tuzli reaktorning quvvati – 250 MVt, elektr quvvati – 100 MVt, faol soha hajmi esa – 4 kub. m. Reaktorda turli xil yoqilg‘ilardan – uranli, plutoniyli MOX-yoqilg‘isi, minor aktinidlar va toriylardan foydalanish mumkin deb chamalanmoqda.

Rosatom, shuningdek, suyuq-tuzli yo‘nalishni rivojlantirmoqda, biroq ftoridlar negizidagisini. 2022 yilning dekabr oyida, yoqilg‘i tuzi eritmasi aylanishda bo‘lgan, tadqiqot reaktorili (STTR) reaktor uskunasining xomaki loyihasi yakunlandi. Biz bu haqda Newsletter so‘nggi sonida yozgan edik.

Har ikkala kompaniya ham France 2030 tanlovida «Innovatsion yadro reaktorlari» yo‘nalishida ishtirok etishlari taxmin qilinmoqda. Ushbu dastur uchun 500 million yevro pul ajratilgan.

Ilg‘or reaktorlarning qiyinchiliklari

Yevropa komissiyasining nuqtai-nazari, mabodo u o‘zgarib qolmasa, halitdan mavjud reaktor texnologiyalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan, loyihalarni tartibga solish, xodimlar va marketingga doir ko‘maksiz qoldiradi. Bu, masalan, qaerdaki Framatome EPR reaktorlariga ega ikkita blok qurishni rejalashtirgan, bo‘lajak Sizewell S AES siga ham taalluqlidir., shuningdek, Polsha amerikalik Westinghouse ishtirokida bunyod qilishni rejalashtirayotgan yuqori quvvatli bloklar ham NZIA borti ortida bo‘lib qoladi.

Fransiya va Britaniyadagi startaplari haqidagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatib turibdiki, ularning reaktorlari ishlab chiqilishining dastlabki bosqichida ekanligi aniq-ravshandir. Oldinda – materialshunoslik tadqiqotlarining ulkan hajmi, tegishli hisob-kitoblar, takomillashtirishlar, sinovlar va asoslovlar taxlanib yotibdi. Bu esa nafaqat pul, balki vaqt va malakali mutaxassislarni ham talab qiladi.

Bundan tashqari, ba’zi loyihalar o‘zlarining maqsadga muvofiqligi yuzasidana shubha tug‘diradi. Bu, ayniqsa, xloridlar bo‘yicha suyuq-tuzli loyihalariga tegishlidir. Rossiyada ulardan foydalanish rejalashtirilmagan, chunki xloridlar konstruksiyaviy materiallarga bamisoli simob kabi ta’sir o‘tkazadi. U konstruksiyalarni juda tez yemirib, shu xususiyati borligi tufayli sobiq Sovet Ittifoqida atom texnologiyalari rivojlanishining ibtidosida undan voz kechishgan edi.

Loyiha ishlab chiqish darajasining pastligi – investorlar mablag‘larini haddan ziyod sarflanib ketishi yoki hatto loyihadan voz kechishdek xavflarni anglatadi. Chunonchi, shu yilning mart oyida Urenco kompaniyasi «strategik ustuvorliklarda noiloj o‘zgarishi tufayli», U-Battery gaz bilan sovitishga ega bo‘lgan, yuqori haroratli mikroreaktor (4 MVt) loyihasini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortayotganini e’lon qildi. Yana bitta misol: amerikalik NuScale olib borayotgan, CFPP loyihachining narxi 9,336 mlrd AQSH dollarigacha, elektr-energiyasi uchun sotuv narx-navosi – 58 dan 89 mlrd AQSH dollariga aylandi.

Albatta, reaktor texnologiyalarini rivojlantirish, yangi yechimlarni izlash, yangi konstruksiyalarni qo‘llab ko‘rish lozim. Biroq, har bir yangi loyihani «takomillashtirilgan» deb atayverish nojoizdir. «Yangi» hali mavjud bo‘lganlarga qaraganda o‘z-o‘zidan «yaxshiroq» degani emas, shuning uchun tushunchalarni almashtirib, yanglish fikrlarni qabul qilinishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Marketing maqsadlarida texnologik tushunchalarni obro‘sizlantirish bilan shug‘ullansh kerak emas. O‘z samaradorligini isbotlab qo‘ygan, hamda shu tufayli unga talab-ehtiyoj mavjud bo‘lgan, reaktornigina «takomillashtirilgan» deb nomlash mumkin. Bunday reaktorlar qatoriga, katta reaktorlar segmentida – SSER-1200, kichiklari segmentida esa – RITM-200 taalluqlidir. SSER-1200 uchta qit’ada bunyod qilinmoqda va qurilishga tayyorlanmoqda. RITM-200 esa Rossiya atom muzyorar kemalarida ishlatilmoqda. Yaqin yillar ichida RITM-200 reaktorlari Baimsk TBK ob’ektlarini elektr-energiyasi bilan ta’minlash uchun suzib yuruvchi energiya bloklariga ham o‘rnatiladi, uning yer usti versiyasi Yoqutistonda paydo bo‘ladi.

World Nuclear News portali nashrlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, reaktor texnologiyalariga nisbatan advanced atamasii 2014 yilda AQSHda qo‘llanila boshlagan edi. Avgust oyida Janubiy Koreyalik konstruktorlar Argonn Milliy laboratoriyasi bilan EBR-II prototipi negizidagi reaktorni ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar. Noyabr oyida esa beshta ilmiy-tadqiqot loyihasi AQSH DoE dan 13 million dollar mablag‘ oldi.