Suv-suvli tabiiylik
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#264Aprel 2023

Suv-suvli tabiiylik

tarkibga qaytish

Ushbu sonda biz, SSER-I reaktoriga ega bo‘lgan, yangi kam quvvatli atom elektr stansiyasi haqida hikoya qilamiz. Bu issiqlik tashuvchisi tabiiy tarzda aylanuvchi integral xildagi modulli reaktordir. Uni «Gidropress» TKB ishlab chiqmoqda.

Korpus ostidagi o‘ziga xos xususiyatlar

SSER-I reaktori korpusida faol soha, tortish naychalari bloki, bug‘ generatorlari modullari va boshqa korpus ichi zaruriy qurilmalari joylashtirilgan. Issiqlik tashuvchi – suv – nisbatan yuqoriroq harorat va pastroq zichlikka ega bo‘lib, faqat reaktor korpusidagina aylanishda bo‘ladi. U reaktorning faol sohasidan bug‘ generatorlarining naychalararo bo‘shlig‘iga kiradi, u yerda soviydi va tushirish shoxobchasi orqali faol sohaga kiraverish tomon yo‘naltiriladi. Bug‘ generatorlari va faol sohaning joylashish balandliklari barqaror tabiiy aylanishni ta’minlaydi. Bug‘ generatorlaridan bosimi 3 MPa va harorati taxminan 290°S bo‘lgan, qizib ketgan bug‘ reaktor korpusi sarhadidan chetga chiqadi va turbinaga kelib tushadi yoki issiqlik almashinuvchilari orqali aylana boshlaydi. Birinchi kontur reaktor korpusiga shu tariqa integratsiyalangan. Negiziy ijrodagi reaktorning issiqlik quvvati – 250 MVt. Ammo o‘tkazilgan baholovlar shuni ko‘rsatdiki, reaktor korpusining balandligini yana 1,5-2 metrga ko‘tarish evaziga loyihani va bug‘ generatori modullarini sezilarli o‘zgarmay turib ham issiqlik quvvatini 400 MVt gacha ko‘tarish mumkin ekan. Bu esa buyurtmachilarning xohish-istaklariga moslashib javob qaytarish imkonini beradi.

Integrallashtirilgan joylashtiruvning afzalliklari

Integratsiyalashgan joylashtiriluv tufayli uskunalar soni kamayadi, reaktor bo‘linmasi ixchamlashadi. Bundan tashqari, katta diametrli quvuro‘tkazgichlardan foydalanish zarurati yo‘qoladi. Yuqori bosimli issiqlik tashuvchili SSER-I dagi quvuro‘tkazgichlarning eng katta diametri – 100 mm dan kamroq. Buning natijasida xavfsizlik tizimining tarkibi minimallashadi. Bundan yana bir inkor etib bo‘lmaydigan afzallik – xavfsizlik tizimlarini passiv ham qilish mumkinligi kelib chiqadi. Loyihada faol, inson tomonidan ishga tushiriladigan xavfsizlik tizimlari mavjud emas.

Modullilik tamoyili butkul reaktorga tegishlidir. Korpus ichida yettita modulli bug‘ generatorlari joylashtirilgan bo‘lib, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni ta’mirlash va zarurat tug‘ilganida almashtirish ham oson. Reaktorning modulligi umuman olganda bitta germetik qobiq ostida ikki-uchta reaktorni joylashtira olish mumkinligi tamoyili yotadi.

Tabiiy sirkulyatsiyaning afzalliklari

Yuqori quvvatli SSER reaktor uskunasi tabiiy sirkulyatsiyada nominal quvvatning 10 foizdan ortig‘ini – taxminan 300 MVt issiqlik quvvatini chiqarib olishga qodir. Buni tegishli sinovlar tasdiqlamoqda. Ushbu xususiyatni hisobga olgan holda, konstruktorlar, aylanish konturining gidravlik qarshiligini kamaytira borib, hamda barqaror tabiiy sirkulyatsiyani ta’minlash uchun boshqa sharoitlarni ham yarata borib, aynan o‘sha korpusning o‘zidayoq deyarli huddi o‘sha quvvatga ega bo‘lishmoqchi. CFD-model (Somputational Fluid Dynamics modeling) ushbu yechimning rostligini tasdiqladi. «Oxir-oqibatda sirkulyatsiya nasoslarini reaktor korpusiga qanday qilib integratsiyalash, ularni ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish haqida bosh qotirib o‘tirmasa ham bo‘laveradi. Mening nazarimda, murakkab dastgohlarning soni qanchalik kamroq va konstruksiya qanchalar soddaroq bo‘lsa – u shunchalik ishonchliroq bo‘ladi», – deb izohlaydi «Gidropressa» (Rosatom tarkibiga kiradi) Issiqlik fizikasi bo‘linmasi boshlig‘i Mixail Bikov.

Tekshirib ko‘rilgan yondashuv

Ishlab chiqish jarayonida «Gidropressa» mutaxassislari reaktor konstruksiyasi yuzasidan ko‘plab takliflarni ko‘rib chiqdilar. Natijada, biz vaqt sinovidan o‘tgan texnologiyalarda to‘xtashga qaror qildik, biroq ko‘plab yangi yechimlarni topishimizga to‘g‘ri keldi. «Reaktor korpusi, 1000 reaktor-yilidan mo‘lroq xizmat qilib qo‘ygan, SSER-1000 korpusiga o‘xshaydi. Uning ichida bug‘ generatorlarini va faol sohani joylashtirish kerak edi – vaholanki muammo paydo bo‘lib qoldi: issiqlik tashuvchi bug‘ generatorining naychalarini yuvishi kerakmi yoki aksincha, ikkinchi konturni quvurlararo bo‘shliqda tashkil qilgan ma’qulmi? Barqaror tabiiy sirkulyatsiyani ta’minlash uchun tortish shoxobchasini qanday yaratmoq lozim? Bunga o‘hshash ikkilanishlar va masalalar ko‘p jihatlar yuzasidan paydo bo‘lib turdi. Yoshlar bu ishlarga avval-boshidanoq ishtiyoq bilan qo‘shilganliklari juda zo‘r ish bo‘ldi», – deb ta’kidladi Mixail Bikov.

Yosh mutaxassislar o‘zlarining dadil g‘oyalarni taklif qilishdi, ayni o‘sha damdayoq darhol turli variantlarni hisob-kitob qilib ko‘rdilar, oqilona yechimlarni tanladilar. Tajribasi ko‘proq bo‘lgan, hamkasabalar esa ularni to‘g‘ri yo‘lga solib, maslahatlar berib turishdi. Natijada, SSER reaktor uskunasi uchun texnik taklif ushbu bosqich talab qilganidan ham jiddiyroq ishlab chiqilgan bo‘lib chiqdi. Ish yakunlariga ko‘ra, SSER-I xomaki loyihasini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq shakllantirildi.

Keyingi bosqich – reaktor uskunasining xomaki loyihasi. Bosh loyihachi va ilmiy rahbar birgalikda ishlov berganlaridan so‘ng, butkul atom elektr stansiyasining tashqi ko‘rinishi, uskunalar va tizimlarning hajmi paydo bo‘ladi. «Ishonamanki, biz birgalikda, iqtisodiy jihatdan diqqat-e’tiborni jalb qila oladigan, yuqori eksport salohiyatiga ega bo‘lgan, barcha zamonaviy xavfsizlik talablariga javob beradigan, kam quvvatli SSER-I atom stansiyasini yaratishga va Rosatomning ushbu bozor segmentidagi yetakchilik mavqeini yanada mustahkamlashga qodirmiz», – deb yakunladi Mixail Bikov.

“Gidropress” TKB

har xil turdagi atom elektr stansiyalari uchun reaktor uskunalarini yaratish bo‘yicha konstruktorlik, hisobiy-nazariy, tajriba-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlarining murakkab majmuini amalga oshiradi. Loyihalangan uskunaning bor butun xizmat qilib berish sikli mobaynida konstruktorlik ko‘magi amalga oshiriladi.