ROSATOM NEWSLETTER
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish

News

Elektr kuchi
2026-yil fevral oyida Xalqaro energetika agentligi (XEA) "Elektr energiyasi-2026" hisobotini e’lon qildi. 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun tahlil va prognozlar" (Electricity 2026. Tahlil va 2030-yilgacha prognoz). Ekspertlar prognoziga ko‘ra, elektr energiyasiga bo‘lgan talab avvalgidan tezroq o‘sadi. Ushbu talabni qondiradigan past uglerodli elektr energiyasi manbalari qatoriga atom energiya bloklari kiradi.
MBIRning jozibadorligi
Natriy issiqlik tashuvchisi bilan tez neytronlarda ishlaydigan ko‘p maqsadli MBIR tadqiqot reaktori xalqaro ilmiy hamjamiyatning tobora ortib borayotgan qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu bejiz emas: reaktor noyob xususiyatlarga ega bo‘ladi va unda o‘ziga xos tajribalarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Birinchi xonim — atom kema sardori
“Rosatom” Transarktika transport yo‘lagini yaratish doirasida Arktikada kemachilikni tizimli ravishda rivojlantirib kelmoqda. Bu Shimoliy dengiz yo‘li bo‘ylab yuk oqimini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, atom muzyorar floti muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kemaga sardor bo‘lish oson emas. Bu, odatda, erkaklar kasbi deb hisoblanadi. Biroq "Rosatom" bu stereotiplarni buzmoqda: o‘tgan yili Marina Starovoytova dunyodagi birinchi ayol - atom muzyorar kemasi sardori bo‘ldi. Quyida uning hikoyasini so‘zlab beramiz.
Additiv kviz
“Rosatom” Rossiyaning additiv texnologiyalar bozorida yetakchi mavqega ega bo‘lib, ushbu yo‘nalishni xorijiy hamkorlar bilan birgalikda rivojlantirib kelmoqda. Korporatsiya 3D-chop etish bo‘yicha yechimlar, materiallar hamda additiv texnologiyalarni ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish uslublarini taklif qiladi. Davlat korporatsiyasining additiv texnologiyalarni qanday rivojlantirayotgani haqida bir necha bor yozgan edik. Bugun sizga ushbu sohadagi bilimlaringizni sinab ko‘rishni taklif etamiz.
Xavfsiz sobiq konlar
MAGATE Markaziy Osiyo davlatlari - Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondagi uran merosi obyektlarini ekologik qayta tiklash bo‘yicha Strategik bosh rejaning uchinchi nashrini chop etdi. Bu mazkur obyektlarni xavfsiz holatga keltirish bo‘yicha turli tashkilotlar faoliyati tasvirlangan ma’lumotnoma hujjatdir. "Rosatom" ushbu ishning asosiy ishtirokchilaridan biri hisoblanadi.
Vengriya: ulkan qurilishning boshlanishi
Vengriyadagi "Paksh" atom elektr stansiyasining 5-energobloki poydevor plitasiga dastlabki beton quyish 2026-yil 5-fevralda boshlanadi. Yangi AES 1980-yillardan buyon ishlab kelayotgan bloklar o‘rnini egallaydi va mamlakat aholisi hamda sanoatini toza, ishonchli va arzon atom elektr energiyasi bilan ta’minlashni davom ettiradi.
SSER-TOA – har bir harfda eng yaxshisi
Rosatom nafaqat reaktor texnologiyalarini, balki atom energiya blokları qurilishiga bo‘lgan yondashuvlarni ham uzluksiz ravishda takomillashtirib bormoqda. Buning yorqin misoli sifatida Rossiyada SSER-TOA loyihasi asosida qurilgan va yangi 2026-yil arafasida ishga tushirilgan Kursk AES-2 ning 1-raqamli blokini keltirish mumkin. Ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan yangiliklar kelgusidagi loyihalarda ham qo‘llaniladi.
Kvant istiqbollari
Rossiya global kvant bozorining asosiy ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Rus olimlari sezilarli yutuqlarga erishdi - o‘nlab kubitli kvant protsessorlarini yaratib, ular yordamida namunali masalalarni yechish uchun dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshira boshladilar. "Rosatom" Rossiyada kvant hisoblashlarini rivojlantirish yo‘l xaritasi uchun mas’ul bo‘lib, mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan ittifoqlar tuzmoqda.
Atom energetikasining yangi davri
Kichik quvvatli AES loyihasining boshlanishi "Rosatom" va O‘zbekiston uchun 2025-yildagi markaziy voqea bo‘ldi, biroq yagona voqea emas. Hamkorlik har tomonlama, jumladan, katta energetika, ilmiy tadqiqotlar, radiatsiya texnologiyalari va ta’lim dasturlari yo‘nalishlarida rivojlanmoqda. Batafsil - bizning sharhimizda.