Texnologik zanjirlar energiyani to’playdi
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#268Avgust 2023

Texnologik zanjirlar energiyani to’playdi

tarkibga qaytish

Iyul oyida xalqaro energetika agentligi (XEA) 2023-yilda muhim mineral xom ashyo bozori to’g’risida hisobot chiqardi (Critical Minerals Market Review 2023), unda elektr energiyasi va elektromobillar ishlab chiqarish va saqlashning yangi texnologiyalari uchun muhim bo’lgan metall bozorlaridagi asosiy tendentsiyalar tasvirlangan. Rosatom – Rossiyaning toza energiya bozoridagi asosiy o’yinchisi – ushbu tendentsiyalarga amal qiladi – barqaror yetkazib berishni ta`minlash choralarini ko’radi va geologik qidiruvdan tortib to yakuniy mahsulotlargacha – energiya to’plagichlari, elektromobillari va shamol parklarigacha bo’lgan texnologik zanjirlarni rivojlantiradi.

Jahonda

XEA hisobotida aytilishicha, 2017-yildan 2022-yilgacha bo’lgan besh yil ichida elektr energetikasi tomonidan talab litiyga uch baravar, kobaltga 70% va nikelga 40% o’sishini ta`minladi. Shunday qilib, 2022-yilda elektromobillarning savdosi 2021-yilga nisbatan 60% ga o’sib, 10 million donaga yetdi. Bu yilgi bashorat – yana 30% ga o’sib, 13 million donaga yetadi. O’tgan yili ShES (shamol elektr stansiyalari) ni ishga tushirish hajmi 2021-yilga nisbatan 20% ga, 75 Gvtgacha kamaydi, ammo bu yil 70% ga, 120 GVtdan ortiq o’sishi kutilmoqda.

Talabning o’sishi narxlar va ishlab chiqarish hajmining oshishiga turtki bo’ldi, shuning uchun elektr energetika sanoatining yangi segmentlari (quyosh, shamol, to’plagichlar va elektromobillar) uchun metallar bozori besh yil ichida ikki baravar ko’payib, 2022-yilda 320 milliard dollarni tashkil etdi. Ayrim metallar haqida gapiradigan bo’lsak, litiy bozori 6,7 barobar, nodir yer metallari (NYM) – 2,5 barobar, nikel – 3,1 barobar, kobalt – 1,9 barobar o’sdi.

2017-yildan 2022-yilgacha litiy ishlab chiqarish hajmi taxminan 45 ming tonnadan 130 ming tonnaga yaqin o’sdi, bunda toza energiya ehtiyojlarining ulushi 30% dan 56% gacha ko’tarildi. Nikel ishlab chiqarish hajmi taxminan 2,1 million tonnadan 3 million tonnaga yaqin, toza energiya ulushi esa 6% dan 16% gacha oshdi. Kobalt ishlab chiqarish 100 dan 170 ming tonnagacha, toza energiya ulushi 14% dan 40% gacha o’sdi.

2023-yilda ko’plab metallarning narxi pasayib ketdi, ammo ba`zilari hali ham 2010-yillarning ikkinchi yarmidagi o’rtacha ko’rsatkichlardan yuqori darajada qolmoqda. Bu ko’p darajada litiyga tegishli bo’lib, uning narxi 2016-2020-yillarning o’rtacha narxlari tonnasiga 20 ming dollar bo’lganda o’tgan yilning oxirida litiy karbonatning tonnasiga 70 ming dollarga yaqinlashdi. 2023-yilning ikkinchi choragidagi narx tonnasiga 40-50 ming dollar oralig’ida o’zgargan.

Beqarorlik sharoitida davlatlar va kompaniyalarning barcha kuchlari maksimal darajadagi ishonchli yetkazib berishga sharoit yaratishga qaratilgan.

Mineral xom ashyoni yetarli va barqaror yetkazib berishni ta`minlash uchun siyosiy choralar zarurligi g’oyasi tobora ko’proq e`tirof etilmoqda”, – deya hisobotda qayd etildi. So’nggi bir necha yil ichida elektr energiyasini ishlab chiqarish va saqlashning yangi texnologiyalari, ularni qayta ishlash va yetkazib berish, shu jumladan eksport va import cheklovlari uchun metallarga sarmoya kiritish bilan bog’liq 100 dan ortiq qonunchilik va me`yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Bunday metallarga investitsiyalar 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 20% ga, 2022-yilda esa 2021-yilga nisbatan 30% ga oshdi. “Biz tomondan keltirilgan energitik o’tish uchun foydali qazilmalarni qazib olishda muhim o’rin egallagan 20 ta yirik tog’ – kon kompaniyalarining investitsiyalari hajmining batafsil tahlili ekologik toza energiya manbalarini faol joriy etish bilan rag’batlantiriladigan muhim minerallarga investitsiyalarning sezilarli darajada oshganligidan dalolat beradi”, – deyiladi hisobotda. Geologik qidiruvga investitsiyalar o’tgan yilga nisbatan 20% ga oshdi. Asosiy o’sish litiyga to’g’ri keldi. Segmentdagi yetakchilar – Avstraliya va Kanada, shuningdek, Braziliya va Afrika mamlakatlarida ham geologik qidiruvga xarajatlar oshdi.

Rossiyada

So’nggi bir necha yil ichida Rossiyada elektromobil segmentini rivojlantirish va elektr energiyasini ishlab chiqarish va saqlashning yangi texnologiyalari uchun muhim bo’lgan metallarni ishonchli yetkazib berishni ta`minlash bilan bog’liq ishlar keskin faollashdi. 2020- yilda yo’nalishlaridan biri noyob va noyob yer metallari bo’lgan “Yangi materiallar va moddalar texnologiyalari” Yo’l xaritasi tasdiqlandi. 2022-yilda u aktuallashtirildi. 2021-yilda elektr transportini ishlab chiqarish va undan foydalanishni 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi qabul qilindi.

Rosatom – NM va NYM bo’yicha “Yangi materiallar va moddalar texnologiyalari” yo’l xaritasini bajarish uchun mas`ul tashkilot. Davlat korporatsiyasi, shuningdek, Rossiyaning to’plagichlar bozoridagi – ham energiya, ham elektromobil segmentlarida, shuningdek shamol energetikasi bozorida asosiy o’yinchisi. Rosatom izchillik bilan to’liq texnologik va ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish uchun vakolatlarini rivojlantiradi.

Rossiya elektr energiyasini ishlab chiqarish va saqlashning yangi texnologiyalari uchun zarur bo’lgan ko’plab materiallar bilan o’zini o’zi ta`minlaydi. Xususan, “Nornikel” dunyodagi asosiy nikel ishlab chiqaruvchilardan biridir. Shu bilan birga, kompaniya sof energiya uchun ham muhim bo’lgan kobalt, mis va platina guruhidagi metallarni ishlab chiqaradi. “Rusal” – jahon alyuminiy bozorida muhim o’yinchidir. Rossiyadagi bir nechta kompaniyalar mis ishlab chiqaradi, mamlakatda o’g’itlar uchun fosfatlar ishlab chiqarish rivojlangan. Ulardan elektromobillar uchun litiy ferrofosfatli batareyalarda ham foydalanish mumkin.

Hozircha Rossiyada o’zining litiy ishlab chiqarishi yo’q, ammo bu muammo hal qilinmoqda. Joriy yilning fevral oyida “Nornikel” va Rosatomning qo’shma korxonasi bo’lgan “Polyarniy litiy” Kolmozer litiy konini o’zlashtirish uchun litsenziya oldi. Rejalarga ko’ra, kon negizidagi korxona 2029-yilda ishga tushirilishi kerak. 2024-yil oxiriga qadar zaxiralarni hisoblashni yakunlash rejalashtirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, TKK quvvati yiliga 1,96 million tonna rudani tashkil etadi, 45 ming tonna karbonat va litiy gidroksid ishlab chiqariladi. Bu Rossiyaning ehtiyojlarini qondirish uchun ortig’i bilan kifoya qiladi, eksport uchun ham qoladi.

Rosatom litiy segmentida xorijiy hamkorlikni yo’lga qo’ymoqda. “Newsletter” ning so’nggi nashrida biz Rosatomga kiruvchi “Uranium Uan Group” Boliviyaning Yacimientos de Litio Bolivianos davlat kompaniyasi bilan Pastos Grandes salarida 25 ming tonna litiy karbonat quvvatiga ega sanoat majmuasini tashkil etish to’g’risida doiraviy shartnoma imzolaganligi haqida yozgan edik. Loyiha investitsiyalari hajmi – 600 million dollar.

Shuningdek, Rosatom NYM segmentida ishtirokini oshirmoqda. Shunday qilib, joriy yilning may oyida Lovozer TKK – Rossiyadagi yagona loparit kontsentrati – titan va birikmalar, tantal, niobiy va yengil guruhli NYM ishlab chiqarish uchun xom ashyo ishlab chiqaruvchisi – Davlat korporatsiyasiga topshirildi. Lovozer konsentratini Solikam magniy zavodi (SMZ) qayta ishlaydi. RF Prezidentining farmoniga muvofiq, SMZ aksiyalari ham Rosatomga o’tkaziladi.

Rosatom butlovchi qismlar ishlab chiqarishni ham rivojlantirmoqda. Masalan, TVEL (Rosatomning yoqilg’i divizioni) Glazovda (Udmurtiya) doimiy noyob yer magnitlarini katta tonnada ishlab chiqarishni tashkil etish niyatida. Bu elektr dvigatellari va shamol energetikasi generatorlarini ishlab chiqarishda muhim komponent hisoblanadi.

2028-yilga kelib korxona 1 ming tonnadan ortiq neodim-temir-bor magnitlarini ishlab chiqarishi kutilmoqda. 2030-yildan keyin ishlab chiqarish hajmini 3 ming tonnagacha oshirish mumkin. “Biz Rossiya iqtisodiyotining faol rivojlanayotgan tarmoqlarini qamrab oladigan noyob tuproq magnitlarini yetkazib berish bozorlarini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz: avtomobilsozlik sanoatidan tortib kosmik sanoatgacha, elektronikada qo’llanilishidan tortib kuchli generatorlarni yaratishgacha”, dedi “Rusatom MetallTex” (TVEL tarkibiga kiradi) bosh direktori Andrey Andrianov Udmurtiya ma`muriyati bilan shartnoma imzolashda.

Rosatom – Rossiyaning shamol energetikasi quvvatlarini qurish bozoridagi asosiy o’yinchilardan biri. “Novavind” (“Rosatom” ning shamol energetikasi divizioni) 940 MVt VES foydalanishga topshirdi. 2027-yilgacha Rosatom 1,7 GVt ga yaqin shamol energetikasini ishga tushiradi. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlarida shamol qurilmalari uchun uzellar va agregatlar ishlab chiqariladi. Magnitlardan tashqari, “Novavind” parraklarni ishlab chiqarishni boshlamoqchi.

Shuningdek, Rosatom akkumulyator ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish ustida ishlamoqda. “RENERA” kompaniyasi (shuningdek, TVEL tarkibiga kiradi) Kaliningrad viloyatida “gigafabrika” – katakchalar ishlab chiqarish korxonasini quradi, undan yiliga 4 GVt•soat quvvatga ega akkumulyatorlar yig’iladi. Iyun oyida RENERA loyiha hujjatlari bo’yicha ijobiy xulosa oldi, yaqin oylarda qurilishning faol bosqichi boshlanadi, tayyorgarlik ishlari bajarib bo’lingan. “Gigafabrika” 2025-yilda foydalanishga topshirilishi va keyinchalik shunga o’xshash korxonalar qurilishi kutilmoqda.

“RENERA”  Moskvada yig’ish bo’yicha ishlab chiqarishni ishga tushirgan va jamoat transporti uchun to’plagichlarni yetkazib bermoqda – masalan, Sankt-Peterburgda ishlaydigan ko’paytirilgan avtonom harakatlanishga ega trolleybuslar uchun.

“RENERA” shuningdek, Rossiyaning “Atom” elektromobili uchun akkumulyatorlar yetkazib beradi. Rosatom muhandislari u uchun nafaqat to’plagichlarni, balki ishonchli va nisbatan arzon dvigatelni ham ishlab chiqmoqdalar. Konstruktsiyada darhol boshqa elektromobillar modellari uchun dvigatellarning keng assortimentini shakllantirish uchun o’zgartirish imkoniyatlari yaratildi. “Atom” 500 km yo’l zaxirasiga ega bo’lishi va Rossiyaning sovuq iqlimiga moslashtirilishi kutilmoqda.

Elektromobilizatsiya quvvatlash infratuzilmasini rivojlantirishni ham o’z ichiga olganligi sababli, Rosatom quvvatlagichlar bilan ham shug’ullanadi. “Rosenergoatom” kontserni (Rosatomning elektr energetika divizioni) elektr bilan quvvatlash stantsiyalari tarmog’ini ishga tushirish niyatida. U Moskva – Sankt-Peterburg kabi ulkan shaharlar va  yirik yo’llardan boshlaydi. “2024-yilga kelib Rossiyada kamida 9,4 mingta quvvatlash stantsiyalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan, ulardan deyarli 3 mingtasi avtomobilni 20 daqiqada to’liq quvvatlaydigan tezkor quvvatlash stantsiyalari. Rosatom rejalarini amalga oshirish kompaniyani bozorda yetakchi o’yinchiga aylantiradi va mamlakatda elektr transporti infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi”, dedi “Finam Management” UK yetakchi mutaxassisi Dmitriy Baranov.

Uning so’zlariga ko’ra, umuman olganda, Rossiyaning elektr transport segmenti barqaror rivojlanmoqda: elektromobillar soni ko’paymoqda, yangi brendlar paydo bo’lmoqda, iste`molchilarning qiziqishi ortib bormoqda, ularni quvvatlash va ularga xizmat ko’rsatish uchun infratuzilma yaratilmoqda. Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirligining optimistik stsenariysiga ko’ra, 2030-yilga kelib elektromobillar ulushi bozorning 15%ni tashkil qiladi.

Va nihoyat, Rosatom akkumulyatorlarni utilizatsiya qilish yo’nalishini rivojlantirmoqda. Buning uchun davlat korporatsiyasi to’plagichlarni qayta ishlash zavodini tashkil etishni boshladi. Hozirgi vaqtda muhandislik tadqiqotlarini loyihalash va davlat ekspertizasi olib borilmoqda.

Shunday qilib, Rosatom yangi elektr energiyasini ishlab chiqarish va saqlash texnologiyalarini yaratishning ko’plab segmentlarida ishtirok etadi, elektromobillar segmentida esa butun texnologik zanjirni yaratish niyatida. Tajriba va texnologiyalarni rivojlantirishga hissa qo’shgan holda, davlat korporatsiyasi shu bilan Rossiyaga texnologik suverenitet va yuqori texnologiyalarni eksport qilish uchun ishonchli bazani taqdim etadi.