PXIF-2024: xalqaro hamkorlik davom etmoqda
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#278Iyun 2024

PXIF-2024: xalqaro hamkorlik davom etmoqda

tarkibga qaytish

Peterburg iqtisodiy forumida “Rosatom” bir qancha xalqaro bitimlarni imzoladi, davlat korporatsiyasining top-menejerlari asosiy manfaatdor taraflar bilan muzokaralar olib bordilar va yangi iqtisodiy aloqalarni qurish masalalari muhokama qilingan sessiyalarda ishtirok etdilar. Umuman olganda, Rosatom, misli ko‘rilmagan sanksiyalar bosimiga qaramay, xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni kuchaytirishda davom etmoqda.

Bitimlar

“Rosatom” Bosh direktori Aleksey Lixachev Burkina-Fasoning Energetika, shaxta va konlar vaziri Yakuba Zabre Guba bilan uchta memorandum imzoladi. Birinchisi – atom energetikasi bo‘yicha kadrlarni  o‘qitish va tayyorlash. Taraflar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantiradilar, qisqa muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etadilar, o‘qituvchilarning malakasini oshiradilar, o‘quv va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqadilar va talabalar bilan almashinadilar. Tadbirlardan maqsad – Burkina-Fasoda atom sanoati uchun bo‘lajak kadrlarni o‘qitishdan iborat.

Ikkinchi memorandum yadroviy infratuzilmani baholash va rivojlantirishga qaratilgan. Ishlar MAGATEning yondashuvlari va tavsiyalari hamda “Rosatom”ning eng yaxshi amaliyotlariga muvofiq olib boriladi. Uchinchisi – atom energetikasiga nisbatan ijobiy jamoatchilik munosabatini shakllantirish va Burkina-Faso aholisini yadroviy, jumladan, tibbiyot va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan noenergetik texnologiyalarning afzalliklari haqida xabardor qilish.

“Rosatom”ning mashinasozlik divizioni Gvineya Respublikasidagi hamkorlar bilan mamlakatni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun suzuvchi energetika bloklari loyihasi boʻyicha hamkorlikni nazarda tutuvchi maqsadlar toʻgʻrisidagi memorandumini imzoladi. Taraflar Gvineya Respublikasi uchun o‘zining ekspluatatsiya samaradorligini allaqachon isbotlagan RITM-200 reaktor qurilmali suzuvchi energetika bloklarini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar va loyiha muddatlari va shartlarini ishlab chiqadilar. “Afrika mintaqasida elektr ta’minoti muammosi nihoyatda dolzarb, va bizning bosh maqsadimiz – hamkorlarimiz uchun tezkor, ishonchli va ekologik toza yechim taqdim etishdir. Imzolangan memorandum dunyoda bizning texnologiyalarimizga boʻlgan qiziqish yuqori ekanligidan dalolat beradi”, – deb ta’kidladi mashinasozlik divizioni rahbarining oʻrinbosari Vladimir Aptekarev.

Rosatom va Xitoyning Hainan Yangpu newnew Shipping Co.Ltd yuk tashish kompaniyasi Shimoliy dengiz yo`llari akvatoriyasi foydalangan holda ikki mamlakat portlari o’rtasida yil davomida konteyner liniyasini tashkil etishga kelishib oldilar. «O’tgan yili kompaniya SHDY orqali yettita reysni amalga oshirdi, bu yil 12 ta reys bo`lishini kutmoqdamiz», dedi Rosatomning Arktikani rivojlantirish bo’yicha maxsus vakili Vladimir Panov.

Muzokaralar

Aleksey Lixachev Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Siyarto bilan uchrashdi. “Vengriya Rossiya Federatsiyasi bilan atom energetikasi sohasida oʻnlab yillar davomida hamkorlik qilib keladi va biz bu hamkorlikdan mamnunmiz. Atom energetikasisiz biz mamlakatimizda ishonchli elektr ta’minotini ta’minlay olmagan boʻlar edik”, – qayd qildi Piter Siyarto brifingdagi uchrashuvdan keyin. U atom ulushiga Vengriyada ishlab chiqariladigan butun elektr energiyasining yarmi to‘g‘ri kelishini, mamlakatdagi yagona bo‘lgan “Paksh” atom elektr stansiyasi uchun yadro yonilg‘isi esa Rossiyadan kelishini eslatib o‘tdi. “Yadro yonilg‘isiga qarshi sanksiyalarning joriy etilishi mamlakatimizni elektr energiyasi bilan xavfsiz ta’minlashni mutlaqo imkonsiz qiladi. Shu sababga ko‘ra biz nafaqat atom energetikasiga nisbatan sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamaymiz, balki Rossiya bilan yadro sohasidagi hamkorlikni yanada yaxshilashdan ham manfaatdormiz – chunki bunday hamkorlik bizning milliy manfaatlarimizga mos keladi”, — deb so‘zini yakunladi vazir.

Shuningdek, “Rosatom” rahbari Boliviya prezidenti Luis Arse bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda ular atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish va litiy sanoati sohasida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar. Aleksey Lixachev Boliviya El-Alto shahridagi Yadro tadqiqotlari va texnologiyalari markazi qurilishi qanday borayotganligi haqida gapirdi va uning barcha ob’ektlari qurilishini rejalashtirilgan muddatlarda yakunlash rejalarini tasdiqladi.

Sessiyalar

“Rossiya – Lotin Amerikasi” sessiyasida “Rosatom” – Xalqaro tarmoq” xususiy muassasasi (“Rosatom” tarkibiga kiradi) bosh direktori Vadim Titov davlat korporatsiyasi va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik turli yo‘nalishlar boʻylab rivojlanib borayotganini ta’kidladi. “Rosatom” ko‘p yillardan beri Lotin Amerikasi bozorlarida ishtirok etib, keng turdagi texnologik yechimlarni taklif etib kelmoqda. Biz allaqachon Braziliya va Meksikaning atom elektr stansiyalariga yonilg‘i uchun uran mahsuloti yetkazib berilishini ta’minlab kelamiz, energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbolini ko‘rib turibmiz. Biz Boliviyada faol ishlayapmiz: Yadroviy tadqiqotlar va texnologiyalar markazini qurmoqdamiz, litiy loyihalarini rivojlantiryapmiz”, – maʼlum qildi Vadim Titov. Lotin Amerikasi bozorida davlat korporatsiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri – yadroviy tibbiyotdir. O‘tgan yil yakunlari boʻyicha Davlat korporatsiyasining izotop mahsulotlari eksporti, jumladan, Lotin Amerikasi mamlakatlariga yetkazib berish hisobiga 15 foizga oshdi.

Yangi xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish mavzusi umuman PXIFda asosiy mavzulardan biri boʻldi. Bu sohada “Rosatom” ham rivojlangan vakolat va imkoniyatlarga ega: davlat korporatsiyasi dunyoning 60 ta mamlakatida ish olib boradi, koʻpchiligida mintaqaviy vakolatxonalar mavjud. Ularda mahalliy muhitni tushunadigan, asosiy manfaatdor taraflarni biladigan odamlar ishlaydi va “Rosatom” ushbu infratuzilmani baham ko‘rishga tayyor. “Biz o‘z vazifamizni inson, mamlakat va sayyoramizning yaxshiroq hayoti uchun ilg‘or yechimlarni joriy qiluvchi global integrator sifatida ko‘ramiz. Biz o‘z ishimizga faqat biznes sifatida qaramaymiz. Biz uchun bu, avvalambor, hurmat va tenglikka asoslangan, unda biz o‘z bilim va texnologiyalarimizni bajonidil boʻlishadigan hamkorlikdir”, deb maʼlum qildi “Rosatom” Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari, Taraqqiyot va xalqaro biznes bloki direktori Kirill Komarov “Texnologik ufq: xom ashyosiz eksport modellari” sessiyasida.

Aleksey Lixachev: “ Texnologiya va ilm-fan uchinchi o‘lchov – axloqiy qadriyatlarsiz insoniyatni fundamental rivojlantirish dvigateliga aylana olmaydi. Mening nazarimda, dunyoni adolat bilan bog‘liq g‘oya boshqarishi kerak, lekin sotsializm yoki kommunizmni soxtalashtirilgan holda tushunishda emas, balki inson rivojlanishi uchun uning iste’dodlarini maksimal darajada ochib beruvchi adolatli, teng sharoitlarni yaratish ma’nosida. Bu yoshlar uchun Yevropada ham, Osiyoda ham, Afrikada ham va Rossiyada ham dolzarbdir”.