Rossiyaning kichik AESlarining katta taqdimoti
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#272Dekabr 2023

Rossiyaning kichik AESlarining katta taqdimoti

tarkibga qaytish

Kam quvvatli atom elektr stantsiyalari (KQAES) Rosatom uchun ham, butun dunyo uchun shu qadar muhim mavzuga aylandiki, BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasida (COP-28) ular uchun davlat tashkilotlarining alohida tadbiri, KQAES kuni tashkillandi. Rosatom shuningdek,  KQAESni qurish uchun loyihalarni ishlab chiqadi, muzokaralar olib boradi va shartnomalar tuzadi, atom elektr stansiyalarini qurish uchun hujjatlarni tayyorlaydi va boshqa mamlakatlarning yadro olimlarini kichik elektr stansiyalarining ishi va ulardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi.

KQAES kuni bu COP-28 doirasida Rosatom dasturining asosiy tadbirlaridan biri boʻldi. U Yakutiyada, Arktika ekotizimiga ehtiyotkorlik bilan integratsiya qilinayotgan yer usti atom elektr stansiyasi qurilishi haqidagi yorqin multimediya taqdimoti bilan boshlandi.

Shuningdek, tadbirda mehmonlar Pevekni (Rossiyaning eng shimoliy shahri, Chukotkada joylashgan) elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlaydigan “Akademik Lomonosov” suzuvchi elektr stansiyasiga virtual sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan sondaб biz dunyodagi ushbu birinchi suzuvchi atom elektr stansiyasiga yoqilgʻi quyilishi haqida gapirgan edik.

Ishonchim komilki, Rosatomning kichik miqyosdagi atom energetikasi boʻyicha takliflari, ilgari ma’lum bir sabablarga koʻra yadroviy energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻlmagan mamlakatlar uchun samarali va ekologik toza tanlovga aylanadi.”, dedi KQAES kuni ishtirokchilariga videomurojaat yoʻllagan Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachev.

Shartnomalar

Rossiya KQAESlari chindan ham boshqa mamlakatlarda qiziqish uygʻotmoqda. COP-28 doirasida, “Monatom” davlat kompaniyasi ijrochi direktori Dalayjargal Dorjdabalga Moʻgʻulistonda yer usti KQAES qurish konsepsiyasi taqdim etildi.

Avvalroq, noyabr oyining o‘rtalarida, Yagona energiya tizimidan ajralib qolgan Norilsk sanoat hududida atom elektr stansiyasini qurish maqsadida, hamkorlik shartnomasi Aleksey Lixachev va “Nornikel” kompaniyasi prezidenti Vladimir Potanin oʻrtasida imzolangan edi. Tomonlar, KQAESni joylashtirish uchun qulay boʻlgan joyni tanlab, stansiyani konfiguratsiya qilish va uni jihozlash hamda infrastrukturadan samarali foydalanish uchun loyihaning eng optimal realizatsiya qilish modelini tanlaydilar.

“Nornikel” va Norilsk sanoat hududi rivojlanmoqda, shu bois, 2030 yildan boshlab bizga koʻproq elektr energiyasi kerak boʻladi.” – deya izoh berdi Vladimir Potanin.

Eng yangi RITM-400 reaktor qurilmasiga asoslangan yuqori texnologiyali KQAES loyihasini ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida koʻrishimiz mumkin. Bizning kam quvvatli loyihalarimiz uzoq muddatga, prognozli tarifda, ishonchli elektr energiya manbasini taklif etadi. Bundan tashqari, atom energiyasi CO2 emissiyalari yoʻqligi sabab iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashga katta hissa qoʻshishi mumkin. Ushbu afzalliklar KQAES texnologiyalariga, yirik sanoat iste’molchilari tomonidan boʻlgan talabni oshishiga xizmat qiladi “- dedi Aleksey Lixachev.

“Kichik 10”

Dekabr oyining boshlarida “ЗиО-Подольск” (Rosatomning Mashinasozlik bo’limining bir qismi) “22220” loyihasidagi yangi avlod yadroviy muzyorar kemalari uchun umumiy hisobdagi oʻninchi RITM-200 reaktorini ishlab chiqardi. Bu reaktor, Rosatomning Peterburgdagi Boltiq zavodi buyurtmasiga binoan qurilayotgan toʻrtinchi seriyali «Chukotka» muzyorar kemasi uchun mo’ljallangan.

“RITM-200 reaktorlari bizning yangi universal yadroviy muzyorarlarimizda o‘zini yaxshi isbotlab, Shimoliy dengiz yo‘lida navigatsiyani yanada samaraliroq boʻlishiga xizmat qildi. Shunga oʻxshash reaktorlar beshinchi va oltinchi seriyali universal yadroviy muzyorar kemalariga ham oʻrnatiladi, ularni qurish toʻgʻrisida qaror Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan allaqachon qabul qilingan.”, dedi Aleksey Lixachev.

Oʻqitish jarayonlari

Noyabr oyida Rosatom texnik akademiyasining Sankt-Peterburg filialida, MAGATEning kichik modulli reaktorlar xavfsizligi bo‘yicha o‘quv kursi ham yakunlandi. Yangi yadroviy energetika dasturlarini yoʻlga qoʻyayotgan 13 hamkor davlat mutaxassislari KQAES texnologiyalari va MAGATEning xavfsizlik boʻyicha tavsiyalari bilan tanishdilar va ushbu tavsiyalarni turli turdagi KQAESlarda qanday qoʻllashni oʻrgandilar.

Tadbirda Rossiya me’yorlashtiruvchilari boʻlmish – Rostexnadzor, “ОКБМ Африкантов” (turli ijrodagi RITM reaktor qurilmalarini ishlab chiquvchisi) va Rosatom texnik akademiyasi mutaxassislari ishtirok etishdi. Rossiyalik mutaxassislar kichik modulli reaktorlarni qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yadroviy infratuzilma, litsenziyalash, shuningdek, jismoniy yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘yicha savollarga javob berdilar.

Kurs ishtirokchilari “Akademik Lomonosov” va “ОКБМ Африкантов”ga virtual sayohatlar bilan cheklanib qolmay, Rosatom Favqulodda Texnika Markaziga chinakam ekskursiyalar uyushtirishdi. U yerda, ishtirokchilar radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish tizimlari bilan tanishib, favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish kuchlari va vositalarining uygʻun harakatini oʻziga xos jihatlari haqida koʻnikmaga ega boʻldilar.

Himoya

“Atomenergomash” (davlat korporatsiyasining mashinasozlik bo‘limi) mutaxassislari, “Rosatom” ilmiy-texnik kengashida RITM-200N reaktor zavodi, AS-14-15 yadrosi va uning tarkibiy qismlarining texnik loyihalarini himoya qilishdi. RITM-200N Yoqutistondagi kam quvvatli atom elektr stansiyasiga o‘rnatiladi.

Ekspertlar, loyihalar yuqori ilmiy-texnik saviyada bajarilganligini va texnik shartlar talablariga toʻla javob berishini ta’kidlab oʻtdilar. Ayni paytda, reaktor qurilmasining ishchi konstruktorlik, foydalanish va qabul qilish hujjatlarini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.