
Kelajak energetikasi uchun poydevor
tarkibga qaytishO‘zbekistonda kichik quvvatli atom elektr stansiyasini barpo etish loyihasi jadal sur’at kasb etmoqda. Qurilish maydonchasida montaj-qurilish bazasining dastlabki binolari qad rostlay boshladi. Bundan tashqari, «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Rosatom rahbari Aleksey Lixachyov O‘zbekiston Prezidentiga atom energetikasi va elektromobillik sohasidagi texnologik yechimlarni taqdim etdi.
O‘zbekistonning Jizzax tumanida Rossiya loyihasi asosida amalga oshirilayotgan RITM-200N reaktorli kichik quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) loyihasi doirasida qurilish-montaj bazasini barpo etish ishlari boshlandi. Qurilish-montaj bazasi loyihani KQAES energiya bloklarini qurish davrining boshidan oxirigacha barcha zarur yordamchi maydonlar bilan ta’minlaydi,
ma’muriy va ishlab chiqarish binolari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, maydonda ombor xo‘jaligi va yirik yig‘ish sexlarini joylashtirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonning Jizzax tumanida Rossiya loyihasi asosida amalga oshirilayotgan RITM-200N reaktorli kichik quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) loyihasi doirasida qurilish-montaj bazasini barpo etish ishlari boshlandi. Qurilish-montaj bazasi loyihani KQAES energiya bloklarini qurish davrining boshidan oxirigacha barcha zarur yordamchi maydonlar bilan ta’minlaydi, ma’muriy va ishlab chiqarish binolari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, maydonda ombor xo‘jaligi va yirik yig‘ish sexlarini joylashtirish ko‘zda tutilgan.
«Rosatomning muhandislik bo‘linmasi RITM-200N reaktor qurilmalari bilan jihozlangan kichik quvvatli atom elektr stansiyalari uchun hujjatlarni tayyorlash ishlarini davom ettirmoqda. Bu eng so‘nggi ishlanma bo‘lib, Rossiya dizaynidagi reaktorlardan foydalanishning ko‘p yillik tajribasiga asoslangan. Rossiyaning KQAES loyihasi O‘zbekistonni o‘n yillar davomida kafolatlangan elektr energiyasi bilan ta’minlaydi hamda butun mintaqada atom sanoatini rivojlantirish uchun ishonchli poydevor yaratadi,» – dedi «Atomstroyeksport» AJ vitse-prezidenti, O‘zbekistonda AES qurish loyihasi direktori Pavel Bezrukov.
«Vaqt sinovidan o‘tgan texnologiyalar va avariyasiz ishlash tajribasiga asoslangan RITM-200N reaktorli ushbu kichik quvvatli atom elektr stansiyasi ishonchli ekologik toza energiya manbai bo‘ladi. Ixchamligi, eng yuqori darajadagi xavfsizligi va samaradorligi tufayli RITM-200N mintaqa energetikasini barqaror rivojlantirish uchun ideal yechim hisoblanadi,» deya ta’kidladi AES qurilishi boshqarmasi direktori o‘rinbosari Otabek Amanov.
Eng yuqori ustuvorlik
KQAES qurilishi loyihasi O‘zbekiston prezidentining sinchkov nazorati ostida. Aprel oyining oxirida Shavkat Mirziyoyev «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasidagi Rosatom stendini ziyorat qildi. Rosatom rahbari Aleksey Lixachyov prezidentga atom energetikasi va elektromobillik sohasidagi texnologik yechimlarni taqdim etdi.
Davlat korporatsiyasi ko‘rgazmasida Rossiya dizaynidagi RITM-200N reaktorlari asosida qurilgan kichik quvvatli yer usti atom stansiyasining namunaviy maketi namoyish etilmoqda. Bu texnologiya Rossiyadagi atom muzyorar kemalarida o‘zining ishonchliligi va samaradorligini isbotlagan. O‘zbekistonda quriladigan atom stansiyasi mana shunday oltita reaktor bilan jihozlanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidentiga «Rosatom» kompaniyasining elektromobillik sohasidagi yechimlari namoyish etildi. Xususan, ko‘rgazma stendida elektromobilning asosiy qismi bo‘lgan litiy-ion batareyasi, hamda ixcham «sekin» zaryadlash qurilmasining namunasi taqdim etildi. «Rosatom» korxonalari elektromobil tarkibiy qismlarining 60 foizga yaqinini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Hozirda Rossiyada «Rosatom» yiliga 100 ming elektromobilni akkumulyatorlar bilan ta’minlay oladigan energiya to‘plagichlar ishlab chiqaruvchi ikkita ulkan zavod quryapti. Bundan tashqari, davlat korxonasi zaryadlash xablari va elektr zaryadlash stansiyalari tarmog‘ini qurish vazifasini o‘z zimmasiga oladi.
Aleksey Lixachev shunday ta’kidladi: «Bu yil biz muhim sanani — Sovet va Rossiya atom sanoatining 80 yilligini nishonlamoqdamiz. Bu nafaqat Rossiya, balki umumiy atom loyihamizni amalga oshirishga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston uchun ham bayramdir. O‘zbekiston bugungi kunda ham hamkorlikning ko‘plab yo‘nalishlarida Rosatomning asosiy sherigi bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yilning may oyida Jizzax viloyatida umumiy quvvati 330 MVt bo‘lgan Rossiya loyihasi asosidagi kichik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha imzolangan shartnoma dunyoda KQAES qurilishi bo‘yicha birinchi eksport shartnomasi bo‘ldi. Bu esa O‘zbekistonning past uglerodli texnologiyalarni rivojlantirishdagi yetakchiligini hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi mustahkam, ishonchli munosabatlarning yaqqol dalilidir.»
«O‘zbekiston hamkorlikning ko‘plab yo‘nalishlarida Rosatomning muhim sherigi hisoblanadi»
Aleksey Lixachyov
«Rosatom» boshqaruvchisi
Istiqbollar
Aprel oyida «Rosatom» davlat korxonasi bosh direktorining atom energetikasi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, «Atomqurilisheksport» AJ prezidenti Andrey Petrov amaliy tashrif bilan Toshkentda bo‘ldi. Tashrif doirasida tezkor shtab yig‘ilishi o‘tkazilib, unda KQAES qurilishi loyihasining borishi, shuningdek, yadro yoqilg‘isini yetkazib berish va ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
«MMFI» Milliy Tadqiqot Yadro Universitetining Toshkentdagi filialida 300 ga yaqin talaba ta’lim olmoqda. O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi doirasida KQAES mutaxassislarini nazariy jihatdan tayyorlash uchun noyob ta’lim infratuzilmasi yaratildi. Bu esa kadrlar tayyorlash xarajatlarini optimallashtirish va ta’lim sifatini oshirish imkonini beradi. «Rosatom» bilan hamkorlikda o‘zbek
mutaxassislarining ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish mexanizmi ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda katta quvvatli stansiya barpo etish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Bu jumladan, uni obyekt hududida joylashtirish bo‘yicha mumkin bo‘lgan variantlarni tahlil qilish, shuningdek energetika infratuzilmasining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan texnik va strategik jihatlarni baholashni o‘z ichiga oladi. Uni obyekt hududida joylashtirish variantlarini, shuningdek texnik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan strategik jihatlar energetika infratuzilmasi.