Reaktorlar juft bo‘lib safarga otlandi
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#265May 2023

Reaktorlar juft bo‘lib safarga otlandi

tarkibga qaytish

Aprel oyining oxirida “Atommash” (Rosatom mashinasozlik divizioni bo‘lgan, “Atomenergomash” tarkibiga kiradi) atom elektr stansiyalari uchun uskunalarning ikkita asosiy majmuini yuklab jo‘natdi. Bu jami ikkita reaktor va sakkizta bug‘ generatorlaridir. Bunday hajmdagi uskunalar bitta ishlab chiqarish maydonidan jahon atom energetikasi tarixida birinchi marotaba yuklab jo‘natilmoqda.

Avvaldan tayyorgarlik

Albatta, bunday qizg‘in ishga “Atommash”da oldindan tayyorgarlik ko‘rila boshlanagan edi. Vazifaga har tomonlama izchil yondashilib, uni bir necha jihatlarga ko‘ra: ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, biznes jarayonlarini optimallashtirish, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha hal qilindi.

2018 yildan boshlab, “Atommash” tomonidan o‘nlab payvandlash uskunalari, metall qirqish dastgohlari va sifat nazorati operatsiyalari o‘tkazish uchun uskunalar sotib olindi va modernizatsiya qilindi. Masalan, 2020 yilda zavodda vazni qariyb 600 tonna va ishchi sirtining uzunligi 40 m bo‘lgan, gorizontal frezalash-yo‘nish RDB li dastgohi ishga tushirildi. Dastgohlar parkining yangilanishi bug‘ generatorlari va reaktorlarining tanavorlari va korpuslariga mexanik ishlov berish jarayonini tezlashtirishga imkon berdi.

2016-2022 yillar mobaynida “Atommash” ishchi-xizmatchilari soni bir yarim baravarga oshdi. Ular nafaqat yollanma bo‘lib, balki maxsus dasturlarga ko‘ra o‘qitilgan ham edi. Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish dasturi bilan muvofiqlashtirilgan murabbiylik va ildamlovchi o‘qitish uslublaridan foydalanildi.

“Atommash”da mahsulotlarning geometrik ko‘rsatkichlarni boshqarish uchun 3D-skanerlash texnologiyalari va zavod ichidagi tashish ishlarini optimallashtirish uchun axborot tizimi joriy etilgan. Bug‘ generatorlarini ishlab chiqarish oqimida ishlab chiqarish dasturi bo‘yicha hisoblash imkonini beruvchi va texnologik / nazorat operatsiyalarining amalda bajarilishi bilan taqqoslash bilan olib boriluvchi imitatsiyaviy modellashtirish tizimi qo‘llaniladi. Raqamli yechimlar va texnologiyalar xodimlarning holatini (bir joydan boshqa joyga harakatlanishlarni, sog‘liqning asosiy ko‘rsatkichlarini, IHV larning qo‘llanishini va h.k.) kuzatib turish uchun ham qo‘llaniladi

“Atommash” raqamli modellashtirish vositalaridan foydalanadi: nomenklaturaning 90 foizidan ortig‘i o‘zining yig‘ila olinishiga tekshirib ko‘rish imkonini beruvchi 3D-modellariga ega. Ishlab chiqarishni boshqarish “Direktor paneli” nomli axborot tizimi (web-ilova) vositasida olib boriladi. U o‘z ichiga asosiy dastgohlarning qanchalik darajada yuklantirilganligi, shartnomalar ijrosining nazorati, shoxobchalar bo‘yicha bir oylik dasturning bajarilishi va boshqa ko‘rsatkichlarni kiritadi.

Tig‘iz yuklantirilish

Bitta reaktor uskunasi uchun dastgohlar ishlab chiqarish muddati – ikki yildan ortiq. Murakkab ishlab chiqarish jarayoni ko‘p sonli nazorat nuqtalaridan o‘tib boradi. Masalan, atom reaktorining korpusi uchun bunday nuqtalarning miqdori – qariyb 300 tadir. Faqat bitta nuqtadan o‘tib bo‘lgachgina ishni keyingisigacha davom ettirish mumkin. Yuklantirilish darajasi ushbu bosqichlarni hisobga olgan holda baholanadi, hamda samarali ketma-ketlik tamoiliga muvofiq optimal jadval tuzib chiqiladi. Mahsulot bir bosqichdan boshqa bosqichga o‘tganda, ishlab chiqarish quvvatlari keyingisini qabul qilishi mumkin. Kompaniyaning ishlab chiqarish imkoniyatlari bir qator jarayonlarni parallel ravishda amalga oshirishga va bir vaqtning o‘zida bir nechta uskunalarni yakuniy bosqichga olib chiqishga imkon beradi.

Uskunalar qaerlarga jo‘nab ketdi

Bitta butlanma Hindistonga, qurilayotgan 5-sonli blok uchun “Kudankulam” AES maydonchasiga ketdi. Ikkinchisi – Xitoyga, “Tyanvan” AES 7-sonli energiya bloki uchun yuborildi. Yukning umumiy vazni – 3400 tonnani tashkil qiladi.

“Kudankulam” AES Hindistonning janubida, Tamilnad shtatida joylashgan. AES maydonchasida, SSER-1000 reaktorlariga ega bo‘lgan, to‘rtta energiya bloki – AES ikkinchi va uchinchi navbati qurilmoqda. “Tyanvan” AES Xitoyning szyansu viloyatida joylashgan. Rosatom, SSER-1000 reaktorlariga ega, hamda 3+ xavfsizlik avlodiga mansub bo‘lgan, ikkita energiya blokini qurmoqda.

Reaktorlarni qay tarzda tashildi

Dastavval, yuk simlyanskdagi kemalar kelib to‘xtashiga ixtisoslashtirilgan joyga avtomobil transporti vositasida olib kelindi. Tirbandlik yaratmaslik uchun yuklar faqat tunda tashildi. Yuk hajmi o‘ta yirik bo‘lganligi tufayli shahar xizmatlari yo‘llarni berkitib, elektr uzatish tarmoqlarini vaqtincha uzib turishiga to‘g‘ri keldi. Tranporterlarning tezligi atigi 2-7 km/soatni tashkil etdi.

27 va 29 aprel kunlari ular barjalarga ko‘chirib joylandi va daryolar bo‘ylab Sankt-Peterburgga jo‘natildi. Daryolar bo‘ylab syohat 3500 kmni tashkil etadi. Barjalar Saratov, Samara, Qozon, Nijniy Novgorod, Shlisselburg va boshqa shaharlar yonidan suzib o‘tadi.

Sankt-Peterburgda barjalar tunda Neva daryosi bo‘ylab ko‘tarib ochib qo‘yilgan ko‘priklar ostidan o‘tadi. Sankt-Peterburgdan uskunalar o‘z manziliga jo‘naydi. Yuk Baltika va Shimoliy dengizlar, Gibraltar, O‘rta Yer dengizi, Suvaysh kanali, Qizil va Arab dengizlari orqali o‘tib boradi.

Rekordlar davom etmoqda

“Atomenergomash” 2023 yilda ham rekordlar o‘rnatishda davom etdi. Yil oxiriga kelib, mashinasozlik divizioni korxonalari yana uchta atom reaktorini (bu safar ham “Atommash” zavodidan) va AES uchun boshqa asosiy va yordamchi uskunalarni, muzyorar reaktorlarni, shuningdek o‘nlab boshqa mahsulotlarni yuklab jo‘natishni rejalashtirmoqda. Hozirda, turli mamlakatlardagi jami 23 ta energiya bloklarining reaktor zallari uchun mo‘ljallangan, dastgohlar kompaniyaning buyurtmalar portfeliga kiritilgan. Holbuki, bunda STG-loyihalar, kemasozlik, neft-gaz kimyosi, YoEM, metallurgiya va boshqa sohalar uchun mo‘ljallangan uskunalar hisobga olinmagan.

Atomenergomash (AEM) – Rosatomning energetika bo‘linmasi va Rossiyadagi energetika uskunalari ishlab chiqaruvchilarning eng yiriklaridan biri bo‘lib, atom, issiqlik, neft, kemasozlik va metallurgiya sanoati uchun uskunalar loyihalash, ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasida majmuiy yechimlarni taqdim etadi.