Lyutetsiy-177 davolaydi
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#272Dekabr 2023

Lyutetsiy-177 davolaydi

tarkibga qaytish

Yadroviy tibbiyot olamidagi muhim yangilik – prostata saratoni bilan ogʻrigan birinchi bemorlarda Lyutetsiy-177 yordamida radionuklid terapiyasi oʻtkazildi. Hamma ijobiy dinamikaga guvoh boʻlmoqda. Biz Rosatomning izotop biznesidagi shu va boshqa yangiliklari haqida gapiramiz.

Lyutetsiy haqida

Ushbu terapiya, Dimitrovgrad Federal Tibbiy Radiologiya va Onkologiya ilmiy-klinik markazida (FTROILM) amalga oshirildi. Neyroendokrin oʻsmalar va prostata saratoniga qarshi kurashish uchun Lyutetsiy-177 asosidagi preparat Atom reaktorlari ilmiy-tadqiqot instituti (ARITI, Rosatom ilmiy bo’limining bir qismi) mutaxassislari ishtirokida, ular ishlab chiqqan texnologiyadan foydalangan holda ishlab chiqildi. Preparat sifat nazoratining barcha bosqichlaridan oʻtgan hisoblanadi.

«Biz, xomashyo ishlab chiqaruvchisi sifatida, Rossiya tibbiyot muassasalarining barcha ehtiyojlarini qondirishga va bizga kelib tushgan buyurtmalarni oʻz vaqtida, sifatli ravishda bajarishga tayyormiz.«, deydi ixtiro mualliflaridan biri, radionuklid manbalari va preparatlari boʻlimi boshligʻi Oleg Andryev. Hozirda preparat, Rossiyadagi toʻrtta tibbiyot markaziga yetkazib berilyapti.

Yadro tibbiyoti markazi rahbari, Radioterapiya federal ilmiy markazining rentgenologi (RFILM) Pyotr Sichevning so‘zlariga ko‘ra, davolash muolajalari muvaffaqiyatli o‘tgan va bemorlarning hech birida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan.

Muolaja jarayoni quyidagicha kechadi. Dastlab, shifokorlar bemorda hech qanday qarshi koʻrsatmalar yoʻqligiga ishonch hosil qiladilar, keyin esa preparatni tomir ichiga yuborishadi. Jarayon har ikki oyda bir marotbaa amalga oshiriladi. «Bemorlarimiz davolashning birinchi bosqichini yakunladilar va ularning barchasida prostata beziga xos antigen oqsili darajasi pasaygan va ular o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar.«, dedi Pyotr Sichev.

“B\O Изотоп” (“Rosatom”ga izotop mahsulotlarini yetkazib beruvchi kompaniya) bosh direktori Maksim Kushnaryevning “Вестник Атомпрома” jurnaliga bergan intervyusida ta’kidlanganidek, 2021-yildan beri Lyutetsiy-177 tibbiy izotopi Braziliyaga yetkazib berilmoqda.

Shu yilning sentyabr oyida Leningrad AES Lyutetsiy-177 ishlab chiqarish uchun litsenziya oldi. Shu sabab, ishlab chiqarilgan izotoplar assortimentini kengaytirdi – Leningrad AES ham yod-131, molibden-99 va kobalt-60 ishlab chiqaradi.

Kobalt moddasi haqida

Noyabr oyining oʻrtalariga kelib Leningrad AES sanoat nurlanish zavodlari uchun gamma nurlanish manbalarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan kobalt-60’ni yillik ishlab chiqarish rejasini bajarib boʻldi. Ushbu natijaga, Leningrad AESning Smolensk va Kursk AESlari bilan hamkorligi tufayli erishildi. “Keyingi yil bizning zimmamizda, kobalt-60 yetkazib berish boʻyicha bundanda oz boʻlmagan rejani bajarish vazifasi turibdi.”– dedi Leningrad AES direktori Vladimir Pereguda. “Bu yil jahon kobalt-60 bozorining qariyb 30 foiz ulushini, Rossiya atom elektr stansiyalarining atom energetika reaktorlarida ishlab chiqarilgan, sterillangan kobalti tashkil qiladi.”, – dedi Rosenergoatom bosh direktorining oʻrinbosari va biznesni rivojlantirish bo’yicha direktori Nikita Konstantinov.

Kobalt-60 sun’iy ravishda ishlab chiqariladi: kobaltli shimuvchilar, reaktor blokiga yuklanadi va 5 yil davomida nurlanadi.

Xalqaro hamkorlik haqida

Joriy yilda “B\O Изотоп” kompaniyasi Belarusdagi klinikalarga texnetsiy generatorlarini to‘liq yetkazib berish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi, ularni Armaniston va Qozog‘istonga yetkazib berish koʻlami oshirilib, Qirg‘iziston va Ozarbayjonga yetkazishni boshlash boʻyicha bir qancha ishlar qilinmoqda.

Rosatom uzoq chet davlatlari bilan ham oʻz faoliyati koʻlamini kengaytirmoqda. Iyul oyida Moskvada BRIKS davlatlarining xalqaro ekspert forumi boʻlib oʻtdi, unda koʻplab ishtirokchilar shaxsan yoki onlayn tarzda ishtirok etishdi. Keyin esa avgust oyida, Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan forumda yadroviy tibbiyot boʻyicha BRIKS ishchi guruhini tuzishga qaror qilindi. “Biz Rossiya, shunindek Rosatom ham, ushbu ishchi guruhda yetakchi rol o‘ynashini maqsad qilyapmiz. Bu birgina bizning baholashimiz emas, balki Janubiy Afrika vakilining hisobotida BRIKSda qayta taqsimlanishning butun zanjiri, boshlangʻich izotoplardan tortib to radiofarmasevtikagacha, faqat Rosatomda mavjud ekanligi ta’kidlanganida, bu biz uchun juda ham yoqimli boʻldi. Biz, butun dunyoda ham ushbu sohalarda vakolatlarni birlashtira olgan kam sonli kompaniyalardanmiz”, deya izoh beradi Maksim Kushnarev.

Rossiyada ishlab chiqarilgan germaniy-68/galiy-68 generatorlari Hindiston va Qozog‘istonga yetkazib berila boshlandi. Shuningdek, Hindistonga ikki yildan beri logistika qiyinchiliklari tufayli yetkazib berilishi to‘xtab qolgan molibden moddasini tashish jarayoni qayta tiklandi. Nafaqat tibbiy, balki sanoat izotoplari tufayli ham Xitoyga yetkazib berish hajmi oʻsib bormoqda. Bunga aeroportlarda ishlatiladigan geliy-3 izotop misol boʻla oladi. Yil oxirigacha Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi bir yarim-ikki baravar oshishi kutilmoqda.

Maksim Kushnarev ta’kidlaganidek, yevropalik hamkorlar yetkazib berishdan bosh tortishmadi va asta-sekin yuzaga kelgan barcha qiyinchiliklar yengib oʻtildi. Shartnoma asosida ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari muhokama qilinmoqda. Shimoliy Amerikaga yetkazib berish jarayonlari ham davom etmoqda.

Rosatomning izotop segmentini rivojlantirish loyihasi bu Obninskda GMP zavodini qurish boʻlib, u yerda yod-131, samarium-153 molibden-99, shungidek istiqbolli – lyutetsiy-177, aktiniy-225, radiy-223 izotoplari asosida keng turdagi radiofarmasevtika va faol moddalar ishlab chiqariladi.