БРЕСТ(QITTR) qo'llab-quvatlash oldi
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#274Fevral 2024

БРЕСТ(QITTR) qo'llab-quvatlash oldi

tarkibga qaytish

Dunyodagi birinchi tezkor neytronli reaktor qurilmasini o’rnatish boshlandi, uning xavfsizligi materiallarning tabiiy xususiyatlari va tabiat qonunlaridan foydalanishga asoslangan. Ushbu xususiyatlarga ega reaktorlar xavfsizlikning IV- avlodiga tegishli.

Yoqilg’i aylanishi davrini yopish

BREST-OD-300 («qo’rg’oshin sovutish suvi bilan tezkor tabiiy xavfsizlik reaktori 300 MVt tajriba-namoyish quvvatga ega») – Tomsk viloyatining Seversk shahrida Sibir kimyo kombinati maydonida tashkil etilgan tajriba-namoyish energetika kompleksining (TNEK) bir qismini tashkil qiladi. TNEK shuningdek, qayta ishlash moduli va yoqilg’ini qayta ishlab chiqarish modulini o’z ichiga oladi. Ular BREST(QITTR) uchun tvellar ishlab chiqarish uchun kerak. Aralash nitridli uran-plutoniy (ANUP) yoqilg’isi karbotermik sintez usuli bilan siyrak uran va energetik plutoniydan ishlab chiqariladi.

TNEK-atom energetikasi sifatini o’zgartirishga qaratilgan «Yorib o’tish» loyihasining birinchi amaliy jihatdan amalga oshirilishi: tezkor neytronli reaktorlarga asoslangan yadro yoqilg’i aylanma davrining yopilishi. «Yorib o’tish» kontsepsiyasi atom elektr stantsiyalari va nurlangan ashyodan yangi yadro yoqilg’isi ishlab chiqaradigan korxonalardan iborat yadro-energetika komplekslarini qurishni o’z ichiga oladi.

Kontsepsiyaga muvofiq, atom elektr stantsiyasining loyihasi atrofdagi aholini evakuatsiya qilishni talab qiladigan baxtsiz hodisalarni istisno qilishi kerak. Atom elektr stantsiyalari boshqa avlod turlariga nisbatan raqobatbardosh bo’lishi kerak. Yangi yoqilg’i partiyalarini ishlab chiqarish uchun nurlanishdan keyin olingan siyrak uran va yadro materiallaridan foydalanish yadro yoqilg’isi aylanishini yopishga imkon beradi. Shunday qilib, tabiiy uranning energiya potentsiali maksimal darajada qo’llaniladi va radioaktiv chiqindilar miqdori kamayadi. Xavfsizlikni oshirish va chiqindilar hajmini kamaytirish atom energiyasini yanada ekologik toza, iqtisodiy talabga ega va ijtimoiy jihatdan maqbul qiladi.

Maydondagi yangiliklar

Joriy yilning yanvar oyida reaktor blokining ichki elementlaridan yuklarni korpusning pastki qismidagi betonga to’grilaydigan po’lat tirgak plitasi o’rnatildi. Plitaning ikki bo’lagi Sankt-Peterburgdan tashib kelindi va qurilish maydonchasida birlashtirildi.

Bundan tashqari, quruvchilar issiqlikni izolyatsiyalovchi betonni ushlab turishi va issiqlik tashuvchining tashqi ko’rinish chegarasidan tashqarida qo’shimcha lokalizatsiya to’sig’ini hosil qilishi kerak bo’lgan yopiq strukturaning pastki qatlamini reaktor miliga yukladilar. Struktura yuzasidagi harorat 60 °C dan oshmasligi kerak, radiatsiya foni esa tabiiy qiymatlardan oshmasligi kerak.

«SSERning an’anaviy yengil suvli issiqlik reaktorlaridan farqli o’laroq, BREST(QITTR) tez reaktori integral sxemaga ega. Uning korpusi SSER singari butun metall konstruktsiya emas, balki birinchi kontur uskunalarini joylashtirish uchun metall bo’shliqlarni ta’minlaydigan metall-beton konstruktsiyadan iborat. Qurilish paytida bo’sh joylar orasidagi bo’shliqni bosqichma-bosqich beton plomba bilan to’ldiriladi«- deya tushuntiradi «Yorib o’tish» loyihasi yo’nalishi bosh mutaxassisi Vadim Lemexov.

Va shuningdek…

Reaktor qurilmasining deyarli barcha tarkibiy qismlari ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda yoki ishlab chiqarilmoqda. BHT (Boshqarish va himoya qilish tizimi) mexanizmlarining ba’zi elementlari allaqachon tayyor. Garchi ilgari bunday xususiyatlarga erishish mumkinligiga shubha bo’lgan bo’lsa ham sinovlar davomida tajribadan o’tgan bosh aylanma nasos agregati bir soniyada 11 tonnadan ortiq qo’rg’oshinni tortib chiqarishi mumkinligini ko’rsatdi. Bundan tashqari, ilgari ishlatilgan xorijiy kodlar Rossiya atomistlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi kodlar bilan almashtirildi.

Rosatom reaktor yoqilg’isi sinovlarining katta dasturini olib boradi: tvellar nurlanadi, so’ngra reaktordan keyingi tadqiqotlar o’tkaziladi. ANUP yoqilg’isini asoslash va uning yonishini oshirish bo’yicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqarish-qayta ishlab chiqarish modulida ANUP-yoqilg’i ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilmoqda.

ANUP yoqilg’isi uchun 1970-1990-yillarda ishlab chiqilgan plutoniy dioksidi ishlatiladi, u «Mayak» ishlab chiqarish birlashmasida saqlanadi. Boshlang’ich to’ldirish va qayta to’ldirish uchun yoqilg’ining zaxirasi yetarli miqdorda. Undan keyin yangi partiyalarni ishlab chiqarish uchun BRESTda nurlangan yoqilg’idan foydalaniladi.

BREST uchun xodimlarni yollash allaqachon boshlangan, ikkita trenajor tashkil qilingan, to’liq miqyosli trenajor ham albatta quriladi.

Rejalashtirilgan kelajak

«Bu yil tajribadan o’tgan asosiy aylanma nasos blokining sinovlarini yakunlashlari va energiya bloki uchun nasoslar to’plamini ishlab chiqarish uchun ruxsat olishlari kerak«- deb «Strana Rosatom» sanoat gazetasiga xabar berdi «Yorib o’tish» loyihasining ilmiy rahbari Evgeniy Adamov. Shuningdek, 2024 yilda yoqilg’ini ishlab chiqarish-qayta ishlab chiqarish modulini ishga tushirish tugallanishi kerak. Kelgusi yilning yanvar oyidan boshlab boshlang’ich shtat yadrosi ishlab chiqarilishi boshlanadi.

BRESTning jismoniy ishga tushirilishi 2026-yil oxiriga rejalashtirilgan.  Vadim Lemexovning Atominfo.ru portaliga bergan intervyusiga ko’ra, jismoniy ishga tushirish operatsiyalari to’rt oy davom etishi taxmin qilinmoqda.

TNEK (Tajriba – namoyish energetika kompleksi) qurilishi qizg’in davom etayotgan va hali ko’p ishlar olib borilayotgan bo’lsa-da, BR-1200 tijorat energiya reaktorini ishlab chiqish davom etmoqda. «Umuman olganda, biz amalga oshirgan barcha hisoblash va eksperimental asoslash BR-1200 ko’rinishini yuqori ehtimollik bilan bashorat qilishga imkon beradi«- deydi Vadim Lemexov. BR-1200 reaktorli AES 2045 yilgacha Janubiy Uralda paydo bo’lishi mumkinligi ehtimoldan uzoq emas.