Ustalar, ijodkorlar va izlanuvchilar kerak!
tarkibga qaytish«Rosatom» ko‘magida tashkil etilgan «Bilimlar muzyorar» loyihasining yettinchi mavsumi boshlandi. 14–16 yoshli o‘smirlar o‘rtasidagi ushbu tanlov Rossiya va dunyoning yana 22 mamlakatida bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar «G‘alabaning 50 yilligi» atom muzyorar kemasida Shimoliy qutbga ekspeditsiyaga jo‘naydi.
Bu yil ishtirokchilar uch yo‘nalishda bellashadilar: “Izlanuvchi” (bo‘lajak olimlar, tadqiqotchilar va ilmiy jurnalistlarga mo‘ljallangan); “Bunyodkor” (o‘zini muhandis, loyihachi va konstruktor sifatida ko‘radigan yoshlar uchun); “Usta” (ishchi mutaxassisliklarini egallashdan manfaatdor bo‘lganlar uchun). “Usta” yo‘nalishi tanlovga ilk bor kiritildi. “Bugungi kunda sozlovchilar, raqamli ishlab chiqarish tizimlari bo‘yicha mutaxassislar va boshqa ishchi kasblar vakillariga misli ko‘rilmagan darajada talab katta”, — deya ushbu yangilikni izohladi Rossiya Federatsiyasi maorif vaziri Sergey Kravsov.
Izlanuvchilar o‘z yo‘nalishini tanlab, “Rosatom” olimlari, muhandislari va mutaxassislari ishtirokidagi vebinarlarda qatnashdi. Har bir vebinar so‘ngida ishtirokchilar sinov savollariga javob berdi va buning uchun ularga ballar hisoblandi. Shundan so‘ng ular stressga chidamlilik, umumiy bilim darajasi va mavzuga oid keyslarni ijodiy hal etish bo‘yicha test sinovlaridan o‘tdi. Topshiriqlar atom sanoati amaliyotiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan edi. Rossiyada saralashda 73 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Keyingi bosqichga esa 240 kishi tanlab olindi va ular berilgan mavzu asosida videoroliklar tayyorladi.
Rossiyada saralash bosqichi ishtirokchilarning hududiy mansubligi hisobga olingan holda o‘tkazildi. Onlayn bosqichlarda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan 96 nafar maktab o‘quvchisi va talaba — Rossiyaning sakkizta federal okrugining har biridan to‘rt nafardan — an’anaviy yarim finallarga tashrif buyurdi. U yerda tanlov ishtirokchilari atom sanoati oldida turgan atom energetikasi, kvant texnologiyalari, yadroviy tibbiyot va Arktikaning barqaror rivojlanishi kabi sohalardagi amaliy vazifalarni yechdi. Iyun oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan finalda esa har bir okrugdan ikkitadan jamoa o‘zaro bellashdi. Eng yaxshi natija qayd etgan jamoa Shimoliy qutbga yo‘l oladi.

Armaniston, Bangladesh, Belarus, Boliviya, Braziliya, Vengriya, Vyetnam, Misr, Hindiston, Indoneziya, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Myanma, Namibiya, Ruanda, Serbiya, Tanzaniya, Turkiya, O‘zbekiston va Janubiy Afrika Respublikasi yoshlari «Bilimlar muzyorar» loyihasida ketma-ket uchinchi yil ishtirok etishdi. Joriy yilda tanlov 5-maydan 15-iyunga qadar uch bosqichda bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — ilmiy viktorina. Ikkinchisi — “Rosatom” uchun muhim mavzulardagi vebinarlar turkumi asosida topshiriqlarni bajarishdan iborat bo‘ldi. Dastlabki ikki bosqich yakuniga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan har bir mamlakatning o‘n nafar finalchisi yakuniy topshiriq mavzusida o‘z videovizitkasini tayyorladi. Natijada har bir mamlakatdan bittadan vakil muzyorar kemasida sayohatga yo‘l oladi.
“Katta tanaffus” tanlovi hamda boshqa xalqaro, federal, mintaqaviy va sohaviy ma’rifiy loyihalar yakunlariga ko‘ra yana bir necha kishi Shimoliy qutbga yo‘l oladi.
10 kun davomida maktab o‘quvchilari atom muzyorari bortida eng sara mutaxassislar, fan targ‘ibotchilari va blogerlar bilan birga Arktikani tadqiq qiladilar. Ishtirokchilarni mazmunga boy ta’lim dasturi kutmoqda. Kema tashqarisida esa — ayozli Arktika: aysberglar va muzliklar, oq ayiqlar, qushlar bozori va omad chopsa, kitlar.
«Bilimlar muzyorar» ilmiy-ma’rifiy loyihasi tabiiy-ilmiy bilimlarni va atom sanoati texnologiyalarini ommalashtirish, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish va kasbga yo‘naltirishga yordam beradi. O‘tgan olti mavsum davomida Arktika ekspeditsiyalarida turli davlatlardan 400 nafardan ortiq o‘quvchi va talaba qatnashdi. “G‘alabaning 50 yilligi” atom muzqayrari boshqa yetti atom muzyorari bilan bir qatorda “Atomflot” (“Rosatom” korxonasi) tarkibiga kiradi. Rossiya dunyoda atom muzyorar flotiga ega bo‘lgan yagona mamlakatdir.

