«Akkuyu» – dastlabki nafas
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#265May 2023

«Akkuyu» – dastlabki nafas

tarkibga qaytish

«Akkuyu» AES maydonchasiga 1-sonli blok uchun yadro yoqilg‘isining birinchi partiyasi keltirildi. Aynan shu paytdan boshlab stansiya yadro ob’ektiga, mamalakat esa – atom energetikasi sohibiga aylanmoqda. Yoqilg‘ini yetkazib berish marosimida IAEA (Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik) rahbari Rafael Grossi, Rosatom Bosh direktori Aleksey Lixachev va Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Fotih Do‘nmez hozir bo‘ldilar. Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Erdo‘g‘onlar videoaloqa bo‘yicha marosimni kuzatib turdilar.

Bu hamma uchun juda hayajonli voqea. Agar siz buni inson hayoti bilan taqqoslasangiz, bu bolaning olgan birinchi nafasiga o‘xshaydi. Oldinda hali ko‘p narsalar bor: bola ism beriladi, teta-poya qilib yurishni, gapirishni o‘rganadi. Biroq birinchi nafas olish allaqachon sodir bo‘ldi va butun dunyoga sayyoramizda yana bir yadroviy ob’ekt paydo bo‘lganligi haqida e’lon qilindi”, – dedi Aleksey Lixachev.

Rosatom rahbari Fotih Do‘nmezga yoqilg‘i barcha xavfsizlik me’yorlari va talablariga muvofiq yetkazib berilganligini tasdiqlovchi sertifikatni topshirdi. Pirovardida – ramziy tadbir: Gulnor tumani aholisi – keksa avlod vakili, maktab o‘quvchisi va yosh atomchi-muhandis – Turkiya tinch atom energetikasini rivojlantirayotgan mamlakatlar qatoriga qo‘shilganligining belgisi sifatida, “Akkuyu” uzra tinch atom bayrog‘ini ko‘tardilar.

Turkiya, o‘z yadroviy sohasiga ega bo‘lgan, hamda sanoat va texnologiyalir taraqqiy qilgan davlatlar klubiga aynan, Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100 yilligi nishonlanayotgan, 2023 yilda qo‘shilayotganligi ramziy ma’noga ega”, – deya izohladi Vladimir Putin.

Rafael Grossi tadbir ishtirokchilariga murojaat qilib, quyidagilarni ta’kidladi: “Atom energiyasi mo‘may foyda keltiradi va shu bilan birga katta mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun IAEA “Akkuyu” AES loyihasini uning avvali-boshidanoq kuzatib bormoqda va xavfsizlik talablariga rioya qilinganlikni ta’minlash uchun ko‘mak berib kelmoqda. Bugun biz umidlarga to‘lib-toshganmiz va muvaffaqiyat sari ushbu qadamni ishonch bilan qo‘ymoqdamiz. “Akkuyu” AES 100 yil ichida toza energiya ishlab chiqaradi. Ushbu sa’yi-harakatlar yo‘lining har bir bosqichida IAEA qo‘llab-quvvatloviga suyanmog‘ingiz mumkin.

Yadro yoqilg‘isini yetkazib berilishi – blokning yuqori darajada tayyor ekanligining alomatidir. Aleksey Lixachevning so‘zlariga ko‘ra, bu yil birinchi blokda umumiy qurilish ishlari yakunlanadi. Noyabr oyida ishga tushirish-sayqallash ishlari boshlab yuboriladi. Avvalambor, ayrim tizimlar aprobatsiya qilinadi, so‘ngra ularni bir butun majmuini test-sinovidan o‘tkaziladi. Bundan keyingi bosqichlar – bevosita ishga tushirish-sayqallash va yoqilg‘ini yuklash ishlaridan iboratdir. “Bu ko‘p oylik muddatni band qiladi, biroq har qanday holatda ham, biz – xuddi bizning Turkiya Respublikasi bilan tuzgan hukumatlar aro kelishuvimizda tasdiqlanganidek – kelgusi yilda jismonan ishga tushirilishni: reaktor quvvatini boshqariladigan minimal darajasiga olib chiqish va 2025 yilga borib elektr energiyasini barqaror ishlab chiqara boshlash uchun reaktor quvvatini bosqichma-bosqich orttirib borishni rejalashtirmoqdamiz”, – dedi matbuot safari mobaynida Aleksey Lixachev.

Loyiha jadval bo‘yicha va hatto ba’zi bosqichlarda – so‘nggi yillarda “qora quv”larning aql bovar qilmaydigan miqdorda uchib kelganiga qaramay, muddatidan oldinroq ham olg‘a intilmoqda. Bunday hodisalar qatoriga pandemiya va sanksiyalar cheklovlari, shuningdek Turkiyadagi halokatli zilzilalarni kiritsa bo‘ladi. Aleksey Lixachevning ta’kidlashicha, Rossiya-Turkiya yakdil loyiha guruhining batartib ishi va har ikkala mamlakat prezidentlarining shaxsiy diqqat-e’tibori qurilishni davom ettirishga ko‘mak bermoqda.

“Bu lahzaning ahamiyati Turkiya sarhadlaridan tashqariga ham chiqib ketadi. Jahon yadroviy hamjamiyati yangi atom elektr stansiyalarini kerakli tezlikda va kerakli miqyosda yaratish g‘oyasiga ixlosmand bo‘lganligi sababli, “Akkuyu” AES – ushbu umumiy ixlosmandlikning baquvvat ramzidir. Yaqqol ko‘rinib turibdiki, birinchi energiya blokini taxminan 5 yil mobaynida qurilib bitkazilishi xalqaro hamkorlikning yorqin dalili bo‘lib, biz soha sifatida yadro reaktorlarini samarali ravishda qura olishimizni namoyish etadi”, – deb ta’kidladi WNA rahbari Sama Bilbao i Leon o‘zining tabrik so‘zida.

Qurilish yakunlanganidan so‘ng, stansiyaning to‘rtta bloki har yili 35 mlrd kVt·soat uglerodsiz elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Bu umumiy milliy ehtiyojlarning deyarli 10 foizini tashkil qiladi. Shunday qilib, “Akkuyu” Turkiyani chiqindilarning nolga teng bo‘lshiga erishish tomon olg‘a suradi, hamda mamlakat energetik mustaqilligini mustahkamlaydi.

“Akkuyu” – Moskva va Ankaralar aro dastlabki, biroq balki o‘zaro hamkorlikdagi tanho bo‘lmagan atom loyihasidir. Turkiya Respublikasi bir nechta yirik blokli AES qurilishini, shu jumladan ularni Sinop tumanida ham qurishni rejalashtirmoqda. “Albatta, biz Turkiya hukumatining rejalaridan xabardormiz, ularni qo‘llab-quvvatlaymiz va rasmiy muzokaralar boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Bizda texnik qiyofa va Turkiya hududida o‘ta mahalliylashtirilish bo‘yicha ham va iqtisodiy fabulaga ko‘ra – yangi loyihani boshqaruv nuqtai-nazaridan qay tarzda yo‘lga solish yuzasidan ham – o‘z takliflarimiz mavjud”, – deb aytdi Aleksey Lixachev. U yana shuni qo‘shib qo‘ydiki, davlat korporatsiyasi nafaqat yirik AES bo‘yicha, balki kichiklari yuzasidan ham hamkorlikka tayyor.

«Akkuyu» AES – Turkiya Respublikasidagi birinchi atom elektr stansiyasidir. «Akkuyu» AES loyihasi o‘z tarkibiga, Rossiya dizaynidagi 3+ avlodiga mansub SSER-1200 reaktorlarga ega bo‘lgan, to‘rtta energiya blokini kiritadi. Rosatom loyihaning 100 % ulushiga egalik qiladi va Hukumatlararo kelishuvga muvofiq 49 foizgacha bo‘lgan ulushni bitta yoki bir nechta investorlarga sotishi mumkin. «Akkuyu» AES bunyod qilinishi – bu butunjahon atom sohasida, Build-Own-Operate («qur-egalik qil-foydalan») modeli asosida ro‘yobga chiqarilayotgan, birinchi loyihadir.