Yangi dengiz qatnov yo'llari
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#274Fevral 2024

Yangi dengiz qatnov yo'llari

tarkibga qaytish

Davlat korporatsiyasining asosiy yangi bizneslaridan biri bu Shimoliy dengiz yo’lida (ShDY) yuk tashuvchilarga xizmat ko’rsatishdir. Rosatom bu – muzyorar simlari bilan va ularsiz ham xavfsiz suzishni ta’minlaydigan, portlar quradigan va Evropa va Osiyo o’rtasida yangi dengiz yo’nalishini rivojlantirish uchun xorijiy kompaniyalar bilan o’zaro manfaatli logistika hamkorligini rivojlantiradigan ShDY infratuzilma operatoridir.

Rosatomning ShDYdagi asosiy vazifasi g’arbiy Yevroosiyo va Tinch okeani o’rtasidagi ushbu eng qisqa yo’l bo’ylab kemalarning barqaror va xavfsiz suzishini ta’minlashdir. Uning uzunligi 5,6 ming mil. Murmanskdan Xitoy portlariga ShDY orqali to’liq yo’nalish 7 ming milni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Suvaysh orqali – 12,5 ming mil masofa bor.

Muzyorarlardan foydalanish – ShDY orqali xavfsiz o’tish uchun muhim shartdir. Ular Rossiyaningy yer osti boyliklaridan foydalanish sohasidagi yirik Arktika loyihalari – neft, gaz, ko’mir va mis qazib olish va qayta ishlash uchun yuklarni yetkazib berishini ta’minlaydi. Muzyorarlar ishlab chiqarilgan mahsulotlarni g’arbiy va sharqiy yo’nalishda olib chiqish uchun tankerlar, gaz tashuvchilar va quruq yuk tashuchlilar uchun yo’l ochadi. Bundan tashqari, atom muzyorarlari energiya ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari tufayli yoqilgan yoqilg’i chiqindilarini havoga chiqarmaydi va ko’proq quvvatga ega, ya’ni dizel yoqilg’isida yuradiganga qaraganda qalinroq muzlardan o’tadi.

Yanvar oyining oxirida «Baltika zavodi»da 22220 loyihasining yangi «Leningrad» muzyorari qurildi. Muzyorar qamal paytida Sankt-Peterburg (ikkinchi jahon urushi – Leningrad) himoyachilari va aholisining jasorati xotirasiga shunday nomlangan. Yangi muzyorarni yotqizish bo’yicha tantanali tadbir qamaldan ozod bo’linganligining 80 yilligiga bag’ishlandi. «Rossiya bugungi kunda dunyodagi noyob, eng katta muzyorar flotiga ega. Va bu bizning ulkan raqobatdosh ustunligimiz, logistika, sanoatni rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, Arktika shaharlari va shaharchalarini har tomonlama tartibga solish, global darajadagi loyihalarni amalga oshirish, hamkorlarimiz, do’stlarimiz bilan xalqaro hamkorlik qilish, Rossiya bilan ishlashni istagan va ishlashga tayyor bo’lganlar uchun ulkan imkoniyatlardir«-  dedi tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

22220 loyihasining uchta muzyorar- Arktika, Sibir va Ural kemalari ShDY bo’yicha kemalarga yo’l ochib yuribdi. Yana ikkita muzyorarlar – Yakutiya va Chukotka qurilmoqda va mos ravishda ular 2024 va 2026 yillarda foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, ushbu loyihaning yana bir muzyorar qurilishi rejalashtirilgan. U kelgusi yilda rejaga qo’yiladi. Shuningdek, Rosatomning atom muzyorar floti tarkibiga «Taymir», «Vaygach», «Yamal» va «G’alabaning 50 yilligi» atom muzyorar kemalari kiradi.

Umuman olganda, ShDYda yuk tashish hajmi sezilarli darajada oshdi. Agar 2013 yilda u atigi 3,93 million tonnani tashkil etgan bo’lsa, o’tgan yili u 36 million tonnalik rejada 36,254 million tonnani tashkil etdi. «Shimoliy dengiz yo’li bo’ylab yuk oqimining rekord ko’rsatkichlariga sheriklarimiz — birinchi navbatda, NOVATEK tufayli erishildi uning STG (suyultirilgan tabiiy gaz) yuki yuk oqimining yarmidan ko’pini tashkil etadi. Yuk tashish hajmini oshirishda «Gazprom neft», LUKOYL ham katta rol o’ynadi, ular o’z yuklarini g’arbdan sharqiy yo’nalishga yo’naltirdilar. Natijada, biz yangi yilga qadar rejalashtirilgan 36 million tonnaga erishdik«-  dedi Rosatom bosh direktori Aleksey Lixachev.

Tranzit ham o’sdi: «ShDYda tranzit tashish nafaqat 2021 yil darajasiga qaytarildi, balki yangi tarixiy maksimal darajani ham ta’minladi«- dedi Rosatomning Arktikani rivojlantirish bo’yicha maxsus vakili Vladimir Panov. 2023 yilda tranzit hajmi deyarli 2,13 million tonnani tashkil etdi. Asosiy yuklar neft, temir ruda konsentrati va STG edi. «Tranzit yuk oqimi Shimoliy dengiz yo’liga bo’lgan talabning belgisidir, shuning uchun uning dengiz logistika biznesi nuqtai nazaridan o’sishi eng muhim natijadir«- deb urg’u berdi Vladimir Panov.

Xorijiy yuk tashuvchilarda ShDYga qiziqish ortib bormoqda. Shunday qilib, Xitoyning NewNew Shipping Line yuk tashish kompaniyasi 2023- yilda ShDY uchun maxsus sotib olingan muz sinfidagi kemalarda sakkizta reysni amalga oshirdi va Xitoy portlari va Arxangelsk, Sankt-Peterburg va Murmansk o’rtasida 100 ming tonnaga yaqin yuk tashidi.

ShDY bo’yicha muntazam reyslar amalga oshirilishi boshlandi – Rossiyaning shimoli-g’arbiy va uzoq sharqiy portlari o’rtasida uchta kabotaj (yuk tashish turi) reyslari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Rosatom ShDYda port infratuzilmasini qurish bo’yicha xizmatlarni taqdim etadi va ushbu yo’nalishda rejalardan oldinlab ishlaydi. Arktika portlarining quvvati 40 million tonnaga yetdi. Rosatom Ob daryosi ko’rfazida chuqurlashtirish o’tkazdi, Siradasay ko’mir konidan ko’mir jo’natish uchun terminal qurishda ishtirok etdi va «Shimoliy Ko’rfaz» portida chuqurlashtirish ishlari va Nagleynin ko’rfazida suzuvchi energiya bloklarini to’xtab turishi uchun yuk terminali va prichal qurilishi uchun shartnomalar tuzdi.

Rosatom tarkibiga kiruvchi dengiz operatsiyalari shtabi optimal yo’nalishlarni belgilash uchun muz qoplamasi holati va ob-havo to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni birlashtiradi. Axborot manbaalari soni ko’payadi: an’anaviy sun’iy yo’ldosh ma’lumotlariga bort komplekslari va dronlar qo’shiladi. Muzyorar bortidagi o’rnatilgan majmualar kema atrofidagi muzlarni baholaydi va dronlar muzyorar uchish maydonlari nuqtasidan 100 km masofa oralig’ida ma’lumot to’playdi.

Rosatom kemalarning ShDY orqali o’tishini iloji boricha xavfsiz va qulay qilish uchun raqamli xizmatlarning yagona platformasini tuzdi. U ob-havo bashoratidan tortib suzish ruxsatnomalari, xabarlani rejalashtirish va favqulodda vaziyatlarni hal qilishgacha bo’lgan barcha ma’lumotlarni to’playdi va qayta ishlaydi.

O’tgan yili dengiz operatsiyalari shtabi 1218 ta suzish ruxsatnomasini berdi (2022 yilda – 1163). «Leningrad» muzyorarini ishga tushirish tadbirida Aleksey Lixachev Shimoliy dengiz yo’li Rossiya uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, dunyoda barqaror, ishonchli logistika yo’llariga talab ortib bormoqda. «Biz sheriklarimizga aynan shunday – tez, xavfsiz va raqobatbardosh yo’lni taklif qilamiz«- deb xulosa qildi u.