Elektromobillik: kelajakni yaqinlashtirmoqda
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#290Iyun 2025

Elektromobillik: kelajakni yaqinlashtirmoqda

tarkibga qaytish

Elektromobillik global trenddir. «Rosatom» xomashyo qazib olishdan tortib, elektr transport vositalari uchun batareya va qismlar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan butun texnologik zanjirni shakllantirmoqda. Elektromobillik sohasidagi yechimlar O‘zbekistonda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Toshkentda o‘tkazilgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasida «Rosatom» ushbu sohadagi asosiy loyihalarini namoyish etdi.

Xususan, stendda elektromobilning asosiy qismi hisoblangan litiyli-ion batareyasi, shuningdek, ixcham «sekin» zaryadlash qurilmasining namunasi taqdim etildi.

«Transport elektrlashtirish global trenddir. 2023-yildan boshlab yangi elektromobillarning yillik savdosi 9 million donadan oshdi», – dedi «Rosatom – Xalqaro tarmoq» kompaniyasi bosh direktori Vadim Titov O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusida. «O‘zbekiston ham bu sohani faol rivojlantirmoqda. Bu yerga har safar kelganimda, Toshkent va mamlakatning boshqa shaharlarida elektr transport vositalari soni ortib borayotganini kuzataman. Shu sababli, biz taqdim etgan zaryadlash stansiyalari, tortuvchi akkumulyator batareyalari va integratsiyalashgan elektr yuritma tizimlari ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarining jonli qiziqishiga sazovor bo‘ldi.»

Mahalliy ishlab chiqarish zanjiri

«Rosatom» elektromobil sohasi bilan 2019-yilda shug‘ullana boshlagan. «Rosatom» loyihalari ushbu sohadagi deyarli butun texnologik zanjirni qamrab oladi – xomashyo qazib olishdan va elektromobilning asosiy qismlarini ishlab chiqarishdan tortib, zaryadlash infratuzilmasini yaratish hamda ishlatilgan batareyalarni qayta ishlashgacha. Bularning barchasi elektr transportiga o‘tish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi,» – dedi «TVEL» AJning «Elektromobillik» biznes yo‘nalishi direktori Aleksandr Buxvalov.

Zanjirning har bir bo‘g‘ini haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Xom ashyo. Rossiyada «Rosatom»ning kon-metallurgiya bo‘linmasi Murmansk viloyatidagi Kolmozer litiy konida litiy birikmalari ishlab chiqarish loyihasini rivojlantirmoqda. Chet elda «Rosatom» tarkibidagi litiy yo‘nalishini «Uranium One Group» kompaniyasi olib bormoqda. U 2024-yilda Boliviyaning YLB (Yacimientos de Litio Bolivianos – «Boliviya litiy konlari») davlat korxonasi bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma doirasida «Rosatom» Potosi departamentidagi Uyuni sho‘rxokligida litiy karbonat ishlab chiqarish uchun sanoat majmuasini quradi. Loyihaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 14 ming tonna litiy karbonatni tashkil etadi.

Akkumulyatorlar. «Rosatom» Rossiyada yiliga 100 ming elektromobilni ta’minlay oladigan energiya to‘plagichlar ishlab chiqaruvchi ikkita gigafabrika qurmoqda. Bu yerda ishlab chiqarishning to‘liq jarayoni – litiy-ion elementlaridan to akkumulyator batareyalarini yakuniy yig‘ishgacha amalga oshiriladi. Dastlab Kaliningrad viloyatidagi gigafabrika ishga tushiriladi. «Rosatom» rahbari Aleksey Lixachev shunday dedi: «Biz 2025-yil oxirigacha tajriba-sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni, 2026-yilda esa birinchi turkum mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdamiz.

Shuningdek, joriy yilda «Rosatom» akkumulyatorlar uchun elektrolitlarni yiliga 3 tonna quvvatda tajribaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. «Rusatom kimyo» AJ bosh direktori Mixail Metelkin TASS agentligiga bergan intervyusida: «Shu bilan bir vaqtda, yiliga 10 ming tonna quvvatga ega bo‘lgan yirik ishlab chiqarish korxonasini loyihalashtirish ishlariga kirishamiz», deb aytdi. Bundan tashqari, «Rosatom» akkumulyatorlar uchun katodlar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yishni mo‘ljallamoqda.

Qismlari. «Rosatom» nafaqat batareyalar, balki elektromobillar uchun boshqa muhim qismlarni, jumladan, integratsiyalashgan elektr yuritmani ham ishlab chiqarmoqda. Bu yechim yagona sovutish tizimi bilan birlashtirilgan invertor, reduktor va elektr motoridan iborat bo‘lib, bitta korpusda joylashgan. «Rosatom» o‘zi ishlab chiqargan akkumulyatorlar bilan bir qatorda, bunday elektr yuritmalarni Rossiyaning «Atom» elektromobiliga seriyali tarzda o‘rnatadi. Shunday birinchi elektromobil allaqachon «Rosatom»ning «Bilim muzyorari» ma’rifiy ekspeditsiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Moskva bo‘ylab sayohat qildi.

Dizayn va loyihalash. «Rosatom» avtomobillarni loyihalash, dizaynini ishlab chiqish va tarkibiy materiallardan korpuslar yaratish jarayonidan ham chetda qolmadi. Bunday futuristik dizayndagi avtomobil konsepti «Atomekspo-2024» ko‘rgazmasida taqdim etildi.

Elektr quvvatlash infratuzilmasi. «Rosatom» butun mamlakat bo‘ylab elektr quvvatlash stansiyalari (EQS) tarmog‘ini kengaytirmoqda: hozirda u Rossiyaning turli hududlarida 160 dan ortiq EQSni o‘z ichiga oladi. 2030-yilgacha 12 mingdan ortiq EQS tarmog‘ini yaratish rejalashtirilgan. Shu bilan bir vaqtda, muqobil yo‘nalish – batareyani tez robotlashtirilgan almashtirish tizimini yaratish ham rivojlantirilmoqda.

Rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik

«Rosatom» hamkorlari bilan yaqin aloqada faoliyat yuritadi. Rossiya davlat tuzilmalari bilan birgalikda me’yoriy-huquqiy asoslarni ishlab chiqadi va elektr quvvatlash shoxobchalari tarmog‘ini yaratish bo‘yicha shahar loyihalarida ishtirok etadi. Elektromobil ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik modellarini rivojlantirmoqda, bu esa elektromobillarni yanada arzonlashtirishga yordam berishi kutilmoqda. Bundan tashqari, «Rosatom» iste’molchilar orasida elektromobillardan foydalanishni targ‘ib qilmoqda va foydalanuvchilar tajribasini o‘rganib, uni imkon qadar qulayroq qilishga harakat qilmoqda.

Xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik qilishning misollarini keltirish mumkin. Jumladan, «Rosatom» kompaniyasi Belarus trolleybus ishlab chiqaruvchilariga avtonomligi oshirilgan transport vositalari uchun litiy-ion akkumulyator batareyalarini yetkazib bermoqda. Bu trolleybuslar esa o‘z navbatida Sankt-Peterburg shahrining jamoat transporti parkini to‘ldirib, Rossiyaning shimoliy poytaxti yo‘lovchilarini qulay sharoitda tashimoqda.

«RENERA» kompaniyasining savdo bo‘yicha direktor o‘rinbosari Aleksandr Pavlyuk,
«Rosatom»ning energiya saqlash sohasidagi integratori, «Innoprom»da so‘zga chiqib, O‘zbekistonning o‘sib borayotgan bozor sifatida istiqbolli ekanligini ta’kidladi. U «Rosatom» hamkorlar bilan birgalikda malakalarni rivojlantirish uchun tayyor ekanligini ta’kidladi.