Yillik yakunlar to’plami
Yangiliklar jo'natmasiga obuna bo'lish.
Obuna boʻlish
#261Yanvar 2023

Yillik yakunlar to’plami

tarkibga qaytish

2022 yil Rosatom uchun, butun jahondagi kabi, juda murakkab bo’lgan edi. Lekin davlat korporatsiyasi, qiyinchiliklarga qaramay, AES va boshqa yadroviy texnologiyalar ob’ektlarining qurilishi, mega-ilmiy loyihalar uchun yonilg’ini va qurilmalarni yetkazib berish, Shimoliy dengiz yo’lini rivojlantirish, VES qurish va elektr energiyasini ishlab chiqarish bo’yicha o’zining majburiyatlarini bajarishda davom etdi Biz sizga Rossiyaning va butun jahonning atom sohasi tarixining bir qismiga aylanib ulgurgan, o’tgan yili bo’lib o’tgan asosiy voqealar haqida hikoya qilamiz.

Xorijiy qurilishlar

2022 yilda to’rtta joyda birinchi poydevor betoni quyilgan – Xitoyda AES «Syuydapu» ning 4-blokida, Turkiyadagi AES «Akkuyu» ning 4-blokida va Misrdagi «El-Dabaa» ning birinchi va ikkinchi bloklarida rasmiy qurilish boshlangan. Bundan tashqari, avgust oyida Rosatom Vengriyadagi AES «Paksh-2» qurilishi uchun litsenziyaga ega bo’ldi. Shu oyning o’zida Rosatom Boliviyadagi yadroviy tadqiqotlar va texnologiyalar markazining birinchi va ikkinchi navbat ob’ektlarini — klinikadan avvalgi siklotron-radiofarmakologik tekshiruv majmuasini va ko’p maqsadli nurlanish markazini tajriba-sanoat foydalanishga topshirdi.

Finlyandiyadagi Fennovoima Oy Finlyandiyada AES «Xanxikivi» qurilishi bo’yicha shartnomani bekor qildi, va EPC-shartnomaning ijrochisi bo’lgan RAOS Project Oy (Rosatom tarkibiga kiradi) tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilishdan bosh tortdi. Nizolarni hal etish kengashi, mustaqil ekspertlik organi sifatida, Fennovoima Oy kompaniyasining harakatlari huquqiy emasligini tasdiqladi, va RAOS Project Oy kompaniyasining, Fennovoima Oy ning harakatlari bilan yetkazilgan zararlarni qoplash uchun undirilishini talab qilish huquqini tasdiqladi.

Rossiyadagi qurilishlar

Rosatom Rossiyada katta AES larni, ASMM va tadqiqot reaktorini qurmoqda. Jumladan, Kursk AES ning ikkinchi navbat qurilishida VVER-TOI reaktorlari bo’lgan ikkita blokning qurilishi davom etmoqda. 1-energoblokda reaktorning korpusi loyihaviy holatida o’rnatilgan, kuzda Rossiyada eng baland bo’lgan minorali bug’latish gradirnyani barpo etish yakunlandi. Leningrad va Smolensk AES maydonchalarida tayyorlov ishlari boshlangan, bu yerda ham ikkitadan yangi bloklar quriladi.

Xitoydagi bandargohda Baim GOK uchun RITM-200 reaktor qurilmalari negizidagi, Arktikaga moslashtirilgan turagi ikkita kema uchun atom energobloklarining korpuslari barpo etilishi boshlandi. Loyiha doirasida jami to’rtta atom kema energobloklari yaratiladi, ularning har birida ikkitadan reaktor qurilmasi o’rnatiladi.

Yakutiyada RITM-200 o’rnatiladigan yer usti ASMM loyihalashtirilmoqda, ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi olingan. Rosatom 2023 yilning boshida joylashtirish uchun litsenziyani olishni rejalashtirgan.

BREST-OD-300 reaktorli energoblokning qurilishi davom etmoqda. Qo’rg’oshinli issiqlik tashuvchisi bo’lgan betakror reaktor nitrid yonilg’ida ishlaydi. Sentyabr oyida poydevorga tushadigan yuklanishni tekislash uchun tayanch plitasi maydonchaga Shimoliy dengiz yo’li orqali yetib keldi. Yadroviy yonilg’ining fabrikatsiya-refabrikatsiya modulida jihoz-uskunalarni majmuiy sinovdan o’tkazish bormoqda.

Shuningdek, ko’p maqsadli tez tadqiqot reaktori (MTTR) barpo etilmoqda. Dekabr oyida reaktor yordamchi moslama – tekislagich ichiga o’rnatilgan. MTTR negizida reaktordagi va reaktordan keyingi tadqiqotlarni o’tkazish, texnologiyalarni takomillashtirish hamda elektr energiyasini va issiqlikni ishlab chiqarish uchun Xalqaro tadqiqot markazini barpoetish ko’zda tutilgan.

Rossiyadagi AES larda 2022 yilda 223,371 mlrd kVt·ch elektr energiyasi ishlab chiqarilgan – Bu 109 mln tonna miqdordagi SO2-ekvivalent chiqindilar chiqarilishini tejashga imkon bergan.

SMP rivojlanishi

2022 yilda, 22 noyabr kuni, 22220 loyihasining «Ural» nomli uchinchi muzyorar kemasida davlat bayrog’i ko’tarildi, «Yakutiya» nomli to’rtinchi muzyorar kema esa suvga tushirildi. Dekabr oyida «Ural» kemalarni kuzatish uchun ketdi. Shuningdek, bu yilda «Shimoliy dengiz yo’lining Bosh boshqarmasi» ta’sis etilgan, u suzishga ruxsatnomalar berilishi uchun mas’ul bo’lib, muz holati haqida axborot beradi va harakat yo’nalishlari yuzasidan tavsiyalarni beradi. Shimoliy dengiz yo’li bo’ylab yil bo’yi harakat 2024 yilda boshlanishi kerak. Shu yili tashilgan yuklarning hajmi 34  mln tonnadan ortiq bo’lgan. Bu avvalgi yildan (deyarli 35 mln. tonna) kam bo’lsa-da, rejadagi ko’rsatkichdan (32 mln. tonna) ko’proq.

Shamol energetikasi

Rosatom 60 MVt quvvatiga ega bo’lgan Berestov ShES dagi qurilish-montaj ishlarini yakunladi, u tarmoqlarga ulanib bo’ldi. Shamol parkini foydalanishga kiritish 2023 yil yanvar oyiga mo’ljallangan. Kuzminskaya va Trunovskaya ShES stantsiyalari qurilmoqda (uchalasi Rossiyaning janubida, Stavropol o’lkasida joylashgan). Rosatom bu mintaqaning o’zida quvvati 160 va 95 MVt bo’lgan yana ikkita ShES qurilishi uchun ruxsatnoma olgan. 2027 yilga kelib, Rosatom korporatsiyasidagi ShES larning jami quvvati 1,7 GVt ni tashkil etadi. Bundan tashqari, iyul oyida Rosatom Vetnamning An Xuan Energy kompaniyasi bilan shamol energetikasi loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik to’g’risida bitimni tuzgan.

Ilm-fan

Shu yilda «Rossiya Federatsiyasida atom energiyasidan foydalanish sohasida texnikani, texnologiyalarni va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish» ilmiy dasturi 2024 yildan 2030 yilgacha uzaytirilgan. Uning doirasida yuqori haroratli o’ta o’tkazgich va suyuq tuzli tadqiqot reaktori negizida tokamak qurilishi rejalashtirilgan.

Rosatom xalqaro loyihalarda ishtirok etishda davom etmoqda. Masalan, noyabr oyining boshida ITER termoyadroviy reaktorning loyihasi uchun Rosatomning ishtirokida tayyorlangan, PF1 poloidal maydon g’altagi Frantsiyaga yuborildi. U reaktorda plazmani ushlab turish uchun magnit tizimida ishlatiladi.

Birlashgan yadroviy tadqiqot instituti (BYaTI, xalqaro tashkilot) va Rosatom korporatsiyasi BYaTI ning Yuksak energiyalar fizikasi laboratoriyasida o’ta o’tkazuvchi kollayder — NICA uchun MSC‑230 o’ta o’tkazuvchi siklotron negizida tezlashtiruvchi kompleksni ishlab chiqish va tayyorlash yuzasidan shartnomani imzoladi.